|
Aholini ishga joylashtirish tizimida davlat va xususiy sheriklikning ahamiyati Reja
|
Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 243,68 Kb. | | #100558 |
Bog'liq Aholi bandligidan referat
Aholini ishga joylashtirish tizimida davlat va xususiy sheriklikning ahamiyati
Reja:
1.Kirish.
2.
3.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
1.4. Aholini ishga joylashtirish tizimida davlat va xususiy tuzilmalar sherikligining roli.
Davlat-xususiy sherikligi -davlat bilan xususiy subyektlar o‘rtasida nodavlat tashkilotlaming resurslaridan ijtimoiy vazifalami hal etish, xizmatlar ko‘rsatish, infratuzilmalarni modemizatsiya qilish va boshqa sohalarda foydalanish maqsadlaridagio‘zaro manfaatli hamkorlik tizimidir.
Ish bilan bandlik sohasidagi davlat-xususiy sherikligi uzoq tarixga ega. Personalni ishga yollash bo‘yicha birinchi xususiy xizmat Germaniyada XIX asrdayoq tashkil topgan. Biroz keyinroq Buyuk Britaniya va Fransiyada mutaxassislami ishga joylashtirish, ish beruvchilarning buyurtmalari asosida xodimlamiyollashbo‘yicharekrutingagentliklarifaoliyatyuritaboshlagan. 1848-yilda esa AQShning Massachusets shtatida jahonda birinchi mehnat birjasi tashkil topgan.
Hozirgi paytdarivojlangandavlatlardarekrutingagentliklariningbirnechaturi mavjud.Masalan,Yevropadaanashundayxizmatlar jamisonining10foizini torixtisosli yuqori malakali mutaxassislar va oliy bo‘g‘in menejerlarini izlash hamda ularga manfaatli ishjoylari taklifetish bilan shug‘ullanadigan «Executive Search» agentliklari tashkil etadi.
1946-yilda tashkil topgan AQShning «Boyden» va «Kelly» rekruting agentliklari birinchilar qatori kompaniyalarga ana shunday oliy bo‘g‘in menejerlarini izlash va tanlash bilan shug‘ullanadi. Hozirgi vaqtda «Kelly» AQShning eng yirik 500 firmasi ro‘yxatidan o‘rin olgan. «Adia» va «Asso» kadrlar agentliklarining birlashishi natijasidatashkil etilgan «Asso» kompaniyasi bugungi kundajahonning 63 ta mamlakatida o‘z boiimlariga ega.
Mehnatbozorininginfratuzilmasidahamdavlat,hamxususiyishbilan bandlik xizmatlarining mavjudligi ijobiy hoi hisoblanadi, zero, har qanday boshqa bozorlarkabi mehnat bozorida ham sogiom raqobat aholining ish bilan bandligini ta’minlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayni paytdapersonalni tanlashva yollash bilan shug‘ullanadigan xizmatlarning asosiy vazifasi ishsizlikka qarshi kurashemas, balki ish bilan bandlik sifatini hamda biznesning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Davlat ish bilan bandlik xizmatlari, asosan, mehnat bozorida teng raqobat qila olmaydigan mehnatga layoqatli aholiga har taraflama yordam ko‘rsatadi. Ulardan davlatmehnatbozorida o‘z faol siyosatini amalgaoshirishi uchunijtimoiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashlari talab etiladi.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash vazifasi Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari zimmasiga yuklangan. Tuman (shahar) bandlikka ko ‘maklashish markazlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Ushbu Markazlamingasosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholi bandligi darajasini fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha yosh-jins guruhlari bo‘yicha tizimli asosda chuqur tahlil qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish yillik dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, aholi bandligini va mehnat resurslari dan oqilona foydalanishni ta’minlash, ular bajarilishi doimiy monitoringini olib borish;
- band bo‘lmagan aholini, birinchi navbatda, yoshlar, ayollar va nogironlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlashni, kasbga o‘qitish va qayta tayyor- lashning samarali tizimini tashkil qilish,
- zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
- mehnat va bandlik sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, mehnat munosabatlari, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish.
Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish hamda aholining ish bilan bandligini ta’minlash sohasida quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:
-mahalliy davlat hokimiyat organining hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi bilan birgalikda, jamiyatni isloh qilishning maqsad va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmlari va vositalari asosida aholining ish bilan bandligini ta’minlash va hududiy mehnat bozorini izchil rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
-mahalliy davlat hokimiyat organining hududlarni kompleks rivojlantirish va
statistika bo‘limlari bilan birgalikda hududni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlari asosida mehnat resurslarining prognoz balanslarini va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi;
-hududiy mehnat resurslari soni hamda tarkibini o‘rganadi, uni
takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
-aholining bandligi darajasi va tarkibini to'liqroq va xolisona baholashni
ta’minlash, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat
bozorining ahvoli monitoringini tashkil etadi va shu asosda tarmoqlar va
fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha yangi ish o‘rinlari tashkil
etishning yillik buyurtmalarini shakllantiradi;
-ish o‘rinlarini tashkil etish va aholining ish bilan bandligini ta’minlash dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi va manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hududiy bo’linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ulami ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi;
-ish o‘rinlarini tashkil etish va aholining ish bilan bandligini ta’minlash dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha doimiy ishlovchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi, dastur ijrosi bo‘yicha tahliliy axborotlarni Bosh boshqarma hamda tuman (shahar) hokimliklariga kiritadi;
-ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj band bo‘lmagan aholi hisobini yuritadi;
bo‘sh ish joylari to‘g’risidagi ma’lumotlami yig'ish va tahlil qilishni tashkil etadi, belgilangan tartibda taqdim etiladigan bo‘sh ish joylari hisobini yuritadi va ular haqidagi ma’lumotlami axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga yetkazadi;
-tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan band bo‘lgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;
-aholi, shu jumladan, yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, ishdan bo‘shab qolgan xodimlar va aholining boshqa toifalari bandligi va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, bo‘sh ish joylari bo‘yicha ma’lumotlarning shakllantirilishini va tahlil etilishini tashkil qiladi;
-manfaatdor tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadrlaming va ta’lim muassasalarida mutaxassislaming kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
-mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan band bo‘lgan fuqarolarning ish bilan bandligini tartibga soladi, ro‘yxatlarini shakllantirgan holda monitoringini amalga oshiradi;
-ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda yoshlar va ish bilan band bo‘lmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
-ish bilan bandlik va ish o‘rinlari tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
-iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta tashkil etish davomida, shuningdek tashkilotlar qayta tashkil etilganda, bankrot bo‘lishi va tugatilishi natijasida ishdan bo‘shatiladigan xodimlami ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
-kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va aholining o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashining boshqa shakllari rivojlantirilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
-davlat va xo ‘jalik boshqaruvining mahalliy organlari bo‘linmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga korxonalar hamda fuqarolar o‘rtasida kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish va aholining o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashining boshqa shakllarini rivojlantirilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarida ko‘maklashadi;
-nodavlat-notijorat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga nogironlar uchun ish o‘rinlarini tashkil etishda va ulami ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi;
nogironlar mehnatidan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etishga va rivojlantirishga, nogironlaming ish bilan bandligini ta’minlashda kasanachilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
-haq toianadigan jamoat ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
-ishsizlami va ish bilan band bo’lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitishni, qayta tayyorlashni va ulaming malakasini oshirishni tashkil etadi;
mehnat bozori infratuzilmasi faoliyati takomillashtirilishini ta’minlaydi;
vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazi faoliyatini tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralaming hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari filiallari bilan birgalikda o‘z biznesini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarni, shu jumladan, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini iqtisodiy jihatdan qoilab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablagiarini belgilangan tartibda tasarruf etadi va jamg‘arma mablagiaridan maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi;
ishsizlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablagiari hisobiga moddiy qoilab-quvvatlash ta’minlanishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
tashkilotlarda ish o‘rinlarining eng kam miqdori ajratilishi va ularga ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo’lmagan aholining ayrim toifalariga mansub shaxslarning ishga qabul qilinishi masalalarini o‘rganadi va tahlil qiladi;
dehqon va fermer xo‘jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan mehnat kafolatlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hamda boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazadi;
Qurolli kuchlardan bo'shatilgan fuqarolarga ularning bandlik sohasidagi huquqi haqida tushunchalar berish, ularning egallagan kasbi bo‘yicha ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi;
jazo muddatini o‘tagan, amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilgan fuqarolarni yangi, bo‘sh va zaxiralangan ish o‘rinlariga joylashtirishda
ko‘maklashadi;
ishdan bo‘shagan, shu jumladan, korxona tugatilishi yoki bankrotga uchraganligi munosabati bilan ishsiz bo’lgan fuqarolarni ro‘yxatga olib, ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi;
markazlarda ish bilan band bo’lmagan aholiga hududdagi, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida malumotlarni taqdim etadi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo’lmagan shaxslar uchun eng kam ish o‘rinlari band qilinishi bo‘yicha hokimliklarga takliflar kiritadi va mazkur yo‘nalishdagi mahalliy davlat hokimiyati organi qarorlarining bajarilishini nazorat
O‘zbekistonda yaqin vaqtga qadar xususiy kadrlar agentliklari ham ish olib borgan. Ammo ularning faoliyati, ayniqsa, davlat tuzilmalari bilan hamkorlik qilishmasalalari huquqiy tartibga solinmagan edi. 2018-yilning 1-iyunidan boshlab esa xususiy rekruting agentliklariga fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish sohasida pullik, ular tomonidan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyati amalga oshiriladigan hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida xizmatlar ko‘rsatish huquqi berildi.
Mamlakatda «Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham ishlab chiqilgan.
Xususiy rekruting agentliklari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda katta tajriba to‘plangan. Jumladan bu borada Singapurda «Employment agencies act,1958», Buyuk Britaniyada «Employment agenciesact,1973»,Avstraliyada«Employmentagentsact,1976», Malayziyada
«Private employment agencies act, 1981», Kanadada «Employment agencies act, 1990» qonunlari qabul qilingan. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasining 35-yalpi majlisida ham «Xususiy bandlik agentliklari faoliyati to‘g‘risida»gi namunaviy qonun qabul qilingan.
Xususiy rekruting agentliklari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi aholini ish bilan ta’minlashdayangi imkoniyatlaryaratishi bilan e’tiborlidir. Eng avvalo, bu aholini ish bilan ta’minlash sohasida raqobat muhitini vujudga keltiradi, xizmat ko‘rsatish sifatinioshiradi.Buishberuvchilargaham,ishqidirayotganshaxslarga hammanfaatlidir.
Amaldagi qonunchilikka binoan mehnat organlari ishga joylashtirish, yangi kasbga (mutaxassislikka) tayyorlash, vositachilik qilish, maslahat berish, mehnat bozoriholatito‘g‘risidaaxborotberishfaoliyatinibepulamalgaoshiradi.
Xususiy rekruting agentliklari haq evaziga xizmat ko‘rsatganligi uchun ulardan xizmatlari sifatini tubdan takomillashtirishi talab qilinadi. Shu bilan birga ushbu agentliklarmamlakatfuqarolarinichetellardaishgajoylashtirishhuquqiga ega bo‘lganliklari uchun noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish funksiyasini ham bajaradi. Buning odam savdosi bilan bog‘liq muammolarni hal etishga ham nafi tegadi.
Aholini ishgajoylashtirish tizimida davlat va xususiy tuzilmalaming o‘zigaxos sherikligi Fuqarolarni chet ellarda ishgajoylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviybyurofaoliyatidahamo‘zifodasinitopgan.Ushbumintaqaviy byurolar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan davlat korxonasi hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, endilikda u xususiy rekruting agentliklari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Xulosa
Mehnat bozorining davlat tomonidan tartibga solish jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy paydo ishsizlik oqibatlari mehnat sohasida davlat aralashuvi zarurligini olib keldi. Natijada, u o'z tartibga solishni amalga oshirish va bozor kuchlari erkinligini cheklash uchun, bandlik munosabatlarni o'zgartirish mumkin bo'ldi. elementi sifatida, u bandlik munosabatlarni tartibga orqali mehnat bozorining kuchli davlat huquqiy tartibga solish, yaratilgan (ish soatlari, xalqaro va milliy darajada off kun berish yollash va yonilg'i tartibini, va hokazo).
Davlat ikki shakllarda mehnat bozorini tartibga solish - faol (aholi bandligini, yangi ish o'rinlari yaratish va tufayli qayta-ta'lim va ishchilar tayyorlash uchun ishsizlik bartaraf) va passiv (ishsizlik bo'yicha nafaqa to'lash).
mehnat bozorining davlat tomonidan tartibga solish o'zini quyidagi vazifalarni qo'ygan:
Rivojlanishini oldini oladi to'liq ish bilan ta'minlash, ta'minlash, davriy ishsizlik uning tarkibiy va ishqalanish shakllarini hajmi bilan aniqlanadi ishsizlik darajasi, ham deb atalmish odatiy buzmasdan turib.
Iqtisodiyotning turli tashqi va ichki o'zgarishlarga moslashish imkoniyatiga ega mehnat bozorining yaratilishi.
Biz asosiy yo'nalishi haqida gapirish bo'lsa, mehnat bozori tartibga solish so'nggi davlat to'liq ish bilan ta'minlash maqsadida, har bir narsani qiladi. Buning uchun, masalan, qayta tayyorlash va malakasini iqtisodiyotda band bo'lmagan, qulay investitsiya qayta tayyorlash tashkilot sifatida choralarini qo'llash, bandlik xizmatlarini rivojlantirish, ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilish maqsadida kichik va oilaviy biznes, davlat ishlari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir, masalalar ko'rib chiqish, xalqaro mehnat migratsiyasi bilan bog'liq.
Bu mehnat bozorida ayniqsa huquqiy tartibga solish, davlat uchun zarur emasmi?. Uni tushunish, davlat siyosati ijobiy va salbiy tomonlari tahlil. mehnat bozorining davlat tomonidan tartibga solish mehnat shartnomalari tuzish bepul shaklida sodir va qonunga muvofiq emas, deb aslida olib keladi. Yaqin-yaqingacha, rasmiy qilgan emas taqdirda ish beruvchi mehnat shartnomasini uning xohishiga ko'ra ish haqi va ish sharoitlarini belgilash uchun mumkin. bunday qilmish nazorat ish sharoitlari va eng kam ish haqining to'g'risidagi qonun bilan cheklangan. Albatta, bunday bir tomon bir ortiqcha davlat tomonidan tartibga solish hisoblanadi. Biroq, boshqa tomondan, tartibga solish tarafdorlari bu qonunni moslashuvchan bo'lishi mumkin emas, o'tgan oxirida ish beruvchilar xarajatlarini o'sishiga olib keladi, deb aytish. Shunday qilib, bir necha joylarda, ayniqsa yuqori ishsizlik sabab, sabab. Buning sababi tashkilotlar va kompaniyalar uchun foydasiz qolgan, ish haqi va mehnat sharoitlari yuqori darajada tashkil o'zlari faqat ishchilar tomonidan rozi bo'lgan. Natijada, o'tgan yaxshi yo'q odamlarni ishga oldini olish "iz rekord." Ularning bu uzoq vaqt ishlagan yo'q yoki zarur fazilatlarga ega bo'lmagan odamlar, ishsiz qoladi, deb taklif qiladi. Shunday qilib, mehnat bozori tartibga solish davlat faqat ijobiy tomonda ko'rgan bo'lishi kerak.
|
| |