• Gaz taqsimlash tarmoqlari
  • Mazvzu: Gaz taqsimlash va gaz iste’mol qilish tizimlari reja: 1




    Download 463.41 Kb.
    bet1/4
    Sana27.05.2023
    Hajmi463.41 Kb.
    #65846
      1   2   3   4
    Bog'liq
    181 10.08.2011
    Psixofiziologiya Majmua 1, Ozbekiston tarixi 7 uzb 2022, 77971902550398, Macos (Macintosh operatsion tizimi) bu Apple tomonidan ishlab ch-fayllar.org (1)

    

    MAZVZU: Gaz taqsimlash va gaz istemol qilish tizimlari

    REJA:
    1. Umumiy talablar. Gaz taqsimlash tarmoqlari
    2. Berkitish, rostlash armaturasi hamda saqlash moslamalari
    3.Gaz sozlash punktlari va qurilmalari
    Umumiy talablar
    Aholi yashash joylaridagi gaz taqsimlash va ishlab chiqarishlardagi gaz iste’moli tizimlari mazkur Qoidalar, amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
    Gaz taqsimlash va gaz iste’mol qilish tizimlari, xavfsiz gaz uzatish va zarur hollarda tezkorlik bilan gaz tarmog‘idan to‘xtatishini ta’minlashi lozim.
    Gaz taqsimlash tarmog‘idagi gaz quvurining tuzilishi gaz quvurlaridan xavfsiz va ishonchli foydalanilishi, gazni bosim va sarf bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq yetkazib berishi, shuningdek kondensatli tiqilmalar shakllanishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
    Texnik shartlarda, rejasida gaz taqsimlash tarmog‘idagi ulanish nuqtasi, undagi gaz bosimi, quvur diametri va tayyorlangan material, elektro-kimyoviy himoya vositalari (po‘lat gaz quvurlari uchun), shuningdek tuproqning emirilishga faolligi va daydi toklar manbai mavjudligi ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
    Gaz taqsimlash tarmoqlari
    Gaz quvurlarini yotqizish shartlari, gaz quvuri atrofidagi gorizontal va vertikal yo‘nalishda o‘tkazilgan muhandislik kommunikatsiyalar, shuningdek binolar, inshootlar, tabiiy va sun’iy to‘siqlarga nisbatan masofalarni belgilashda amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) talablari hisobga olinishi lozim.
    Gaz quvurlari konstruksiyasining mustahkamlik va turg‘unlik hisob-kitoblari, shuningdek gaz quvurlarining gidravlik hisob-kitoblari tegishli hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
    Gaz quvurlarining hisob-kitoblari unga ta’sir etadigan turli kuchlanishlar, jumladan ta’sir vaqti, yo‘nalishi, shuningdek tuproq va tabiiy sharoitlar (cho‘kishlar, seysmik ta’sirlar, hududlarda bajariladigan ishlar va boshqalar) keltirib chiqaradigan kuchlanishlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim.
    Gaz quvuriga ta’sir etadigan kuchlanishlarni hisob-kitob qilishda quvur va armatura vazni, gaz quvurining dastlabki kuchlanish ostidagi holati, haroratning keskin o‘zgarishi, ko‘chmalar va yog‘ingarchiliklardagi qo‘shimcha kuchlanishlar ta’sirini inobatga olish lozim.
    Yer ustidan o‘tkazilgan gaz quvurlari uchun, tebranma kuchlanishlar mavjud bo‘lgan hollarda yoki gaz quvurining seysmik hududda joylashishida gaz quvurining harakatlanishini ta’minlaydigan va shu bilan birga uning ustunlardan tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan mahkamlanishini ko‘zda tutish lozim.
    Gaz quvurini yer ustidan o‘tkazishda standart harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan tayanch qismlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilishi lozim.
    Ustunlar oralig‘idagi masofani, ustunlarning tabiiy ta’sir keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan deformatsiyasini hisobga olgan holda belgilash lozim. Tuproqning deformatsiyalanishi istiqbolidan kelib chiqib, ustun konstruksiyasi, odatda gaz quvurining tiklanishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
    Yer usti gaz quvurlari yonmaydigan materialdan tayyorlangan ustunlar, estakadalar va o‘tkazgichlar orqali o‘tkazilishi lozim.
    Gaz quvurlarining ustunlari orasidagi masofa, gaz quvurlaridan chiqadigan kuchlanish, ustunlarga tuproqlarning ta’siri, shuningdek tabiiy ta’sirdan kelib chiqib belgilanishi lozim. O‘tkazish balandligi amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ)ga muvofiq tanlanishi lozim.
    Yer ustidagi gaz quvurlarining turg‘un ustunlar orasidagi uchastkalarini joylashtirishda, ularga quvur devori harorati va bosimi o‘zgarishining ta’sirini hisobga olish lozim. Ushbu ta’sirlarni kompensatsiya qilish uchun gaz quvurlarining trassa burilishlaridagi burchaklari o‘z-o‘zidan kompensatsiyalanishi yoki zavodda tayyorlangan kompensatorlar (linzali, silfonli)dan foydalanish mumkin.
    Gaz iste’moli tizimlari hamda texnik qurilmalar uchun foydalaniladigan quvurlar, armaturalar, ulash detallari va mahsulotlari materiallarini tanlashda gaz bosimi, hisoblangan harorat va boshqa sharoitlarni hisobga olish lozim.
    Polimer materiallaridan tayyorlangan gaz quvurlarini quyidagi joylarda o‘tkazish mumkin:
    aholi yashash joylarida bosimi 0,3 MRa gacha bo‘lgan holda;
    aholi yashash joylaridan tashqarida (qishloqlararo) bosimi 0,6 MRa gacha bo‘lgan holda.
    Mustahkamlik zaxiralarining koeffitsiyenti kamida 2,5 ga teng bo‘lishi lozim.
    Polimer materiallaridan tayyorlangan gaz quvurlarini quyidagi joylarda o‘tkazish mumkin emas:
    foydalanish jarayonida quvur devorining harorati minus 15° S dan pasayib ketishi mumkin bo‘lgan hollarda;
    tarkibida aromatlashtirilgan va xlorlangan uglevodorodlar mavjud bo‘lgan gazlar, shuningdek suyultirilgan uglevodorodli gazlarning suyuq fazasi bo‘lgan gazlarni yetkazib berishda;
    seysmiklik darajasi 7 balldan yuqori bo‘lgan hududlardagi aholi yashash joylarida mustahkamlik zaxirasi koeffitsiyenti o‘lchanadigan uzunlikning 2,8 dan past bo‘lganda, payvandlanadigan birikma ulanishlarini ultratovushli usulda 100 foiz nazorat qilinmasdan;
    erdan, yer ustidan, bino ichidan, shuningdek tonnellar, kollektorlar va kanallardan o‘tkazishda;
    sun’iy va tabiiy to‘siqlar (temir yo‘llarning umumiy tarmoqlari va 1-Sh toifa avtomobil yo‘llari) orqali tezkor yo‘llar ostidan, umumiy maqsaddagi magistral ko‘chalar va yo‘llar orqali, shuningdek kengligi 25 metrdan katta bo‘lgan suv to‘siqlari va III toifa botqoqliklar orqali o‘tkazishda, mustahkamlik zaxirasi koeffitsiyenti 2,8 dan past bo‘lgan va quvur tashqi diametrining nominal nisbati, quvur devorining nominal qalinligiga nisbatan 11 dan yuqori bo‘lgan hollarda.
    Yer osti gaz quvurlarining boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishgan joylarida gazning ushbu kommunikatsiyalarga kirishi va ular bo‘ylab harakatlanishining oldini olishga qaratilgan himoya choralari ko‘rilishi lozim.
    Yer ustidagi gaz quvurlari yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr uzatgich simlari bilan kesishgan joylarida, elektr simlarining uzilish hollarida gaz quvurlari ustiga tushishining oldini olishga qaratilgan himoya choralari ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
    Gaz quvurining yerlashtirilgan qarshiligi va uning himoya qurilmasi 10 om dan oshmasligi lozim.
    Gaz quvurlari va elektr o‘tkazgich simlari kesishgan joylarida hamda ularni bir-biriga nisbatan parallel o‘tkazishda ular orasidagi masofa “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining 2005-yil 19-sentabrdagi 177-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari”ga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2005-yil 12-oktabrdagi 20-15-206/22-son xulosasiga muvofiq ushbu hujjat texnik hujjat deb topilgan) muvofiq bo‘lishi lozim.
    Gaz quvurlarini devor orasidan o‘tkazishda ularni po‘lat g‘iloflar orasidan o‘tkazish lozim. G‘ilofning ichki diametri bino va inshootlarning deformatsiyalanishini hisobga olgan holda, biroq gaz quvuri diametridan 10 mm dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Gaz quvurlari va g‘ilof oralig‘idagi bo‘shliq elastik materiallar bilan zichlanishi lozim.
    Berkituvchi armaturalar va kompensatorlar joylashtiriladigan quduqlarning kengligi, ularni montaj qilish va ularga xizmat ko‘rsatishni ta’minlashi lozim.
    Quduqlarning konstruksiyasi yer osti suvlariga nisbatan chidamli darajada tayyorlangan bo‘lishi lozim.

    Download 463.41 Kb.
      1   2   3   4




    Download 463.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mazvzu: Gaz taqsimlash va gaz iste’mol qilish tizimlari reja: 1

    Download 463.41 Kb.