• II.Tayanch soʻz va iboralar
  • I m a ‘ r u z a r ye j a s I: Kuchlanishlar nosinusoidaligi Kuchlanishlar nosimmetriyasi chastota og’ishi va tebranishi




    Download 382.32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana06.06.2023
    Hajmi382.32 Kb.
    #70265
      1   2
    Bog'liq
    To`garak azolari va arizasi, dt sifati, 10, 33 mavzu, 21.29. A. Dexqonova Gulshodaning-Navoiyshunoslik fanidan-Alisher Navoiyning ijdidagi kichk lirik janrlarining o’ziga xos jixatlari, gulbahor, 917, Jane Eyre , chala, Immunitet, Ochilova Nurzoda Tursunovna, A, Kompyuter grafikasi # rgb rang modeli qaerda ishlatiladi, Обучение метод 3


    12-MA’RUZA
    Tok va kuchlanish shakllarining nosimmetriyaligi va nosinusoidalligi 

    I.M a ‘ r u z a r ye j a s i: 
     
    1. Kuchlanishlar nosinusoidaligi
    2. Kuchlanishlar nosimmetriyasi
    3. CHastota og’ishi va tebranishi  
     

    II.Tayanch soʻz va iboralar: 
    Sinusoidal grafik, nosinusoidal grafik, yuqori tartibli garmonikalar, garmonika takibi, 
    chiziqsiz volptametr xarakteristika, boshqariluvchi toʻg’rilagich, elektr yoy pechlari, elektr
    payvandlash, toʻg’rilash fazalari soni, 1 fazali elektr ishlatuvchilari, faza kuchlanishi, fazalararo 
    kuchlanish, O nuqtaning siljishi, fazalar yuklamalarining xar xilligi. Aktiv quvvat kamchiligi, 
    chastota og’ishi, chastota tebranishining yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari, simmetriyalovchi 
    qurilma, filьtrlar. 
     
     
    1.Kuchlanishlar nosinusoidaligi (NS)
    Elektr stantsiyasidan elektr energiyasi kuchlanishi oniy qiymatining vaqt boʻyicha 
    oʻzgarishi sinusoida koʻrinishida chiqadi. Kuch transformatorlari, dvigatellar, toʻg’rilagichlar va 
    barcha oʻzgaruvchan EI lari sinusoidal kuchlanishda ishlashga moʻljallangan. Ba’zi xollarda, 
    agar korxonada volpt-amper xarakteristikasi chiziqli boʻlmagan (nochiziqli) EI lar mavjud 
    boʻlsa, elektr tarmoqlaridagi kuchlanish grafigi sinusoidadan farqli boʻlib qoladi. Bularga elektr 
    yoyli pechlar, elektr payvandlash mashinalari, boshqariluvchi va boshqarilmaydigan 
    toʻg’rilagichlar, elektrovozlar kiradi.
    Kuchlanishning nosinusoidal grafigi Furpe qatoriga yoyilsa, uni 

    -tartibli garmonika 
    sinusoidalar yig’indisidan iboratligini koʻramiz. 

    =1 garmonika asosiy garmonika deyiladi. 
    Tartibi 

    >2 boʻlgan garmonikalar-yuqori tartibli garmonikalar deyiladi. Koʻprik sxemali 
    boshqariluvchi toʻg’rilagichlar ulangan tarmoqlarda paydo boʻladigan yuqori garmoni-kalar 
    tartibi 

    quyidagicha topiladi: 

    = mk 


    bu yerda 

    = 0,1,2,...n - natural sonlar qatori; m-toʻg’rilash fazalari soni; Larionov 
    sxemasi boʻyicha ulangan 3 fazali toʻg’rilagich uchun m=6,12 ta tiristorli 2 ta koʻprikli sxema 
    uchun m=12 va xokazo. 
    Kuchlanish nosinusoidalligi quyidagicha salbiy ta’sir koʻrsatadi: 
    1).Elektr tarmoqlaridagi yuqori tartibli garmonikalar qoʻshimcha quvvat yoʻqotishlari
    xosil qiladi va elektr qurilmalarining ishlash muddati qisqaradi; 
    2).Avtomatika vositalarining ishi buziladi, elektr oʻlchovlari qiyinlashadi;
    3).Elektr aloqa kanallarida xalaqitlar paydo boʻladi; 
    4).Kondensator batareyalari qizishi va ishdan chiqishi mumkin. CHunki, 
    kondensatorning yuqori garmonikalarga qarshiligi garmonika tartibiga proportsional ravishda 
    kamayadi, bular nosinusodallikni kamaytirish uchun turli tadbirlar mavjud. Bularga
    quyidagilar kiradi:
    a). toʻg’rilagichlardagi m ni oshirib m = 12, 24, 36 sxemalariga oʻtib, 
    5,7,11,13,23,25,35,37 va xakazo garmonikalarni yoʻq qilish mumkin. 
    b). Eng yaxshi natija L-C filptrlarni qoʻllab olinadi (29.1-rasm). Bu filptrlar tarmoqqa 
    ketma-ket ulanuvchi past kuchlanishli reaktordan va parallel ulanuvchi kondensator
    batareyasidan iborat boʻlib, maxlum tartibli garmoniklarni yoʻqotishga mosla-nadi. 


    29.1-rasm. 5,7,11 va 13-garmonikalar filptrlarini ulash sxemasi
    L-C filptrlarning afzalligi ularning nosi-nusoidallikni kamaytirishdan tashqari reaktiv
    quvvatni oʻrnini qoplash uchun xam ishlatiladi. Kamchiligi katta gabarit oʻlchamlarga ega,
    og’irligi katta va narxi ancha qimmat. 
    Nosinusoidallik darajasi maxsus nosinusodallik koeffitsienti orqali belgilanadi : 
    K
    ns
    =
    1
    2
    2
    U
    U





    100 % 
    bu yerda U

    - tartibi


    2 boʻlgan kuchlanishlar, U
    1
    - asosiy garmonika 
    K
    ns

    5% boʻlsa, nosinusoidalning ta’siri kam boʻladi va yuqori tartibli garmonikalarni 
    yoʻqotish tadbirlari koʻrilmaydi. 
     
    2. Kuchlanish nosimmetriyasi 
    Agar U
    A
    =U
    B
    =U

    va fazalar kuchlanishlari vektorlari orasidagi burchak 120
    0
    ga teng 
    boʻlsa, simmetrik tizimga ega boʻlamiz. Agar yuqoridagi shartlar buzilsa, nosimmetrik tizim 
    xosil boʻladi. Kuchlanish nosimmetriyasi 2 ta fazaga yoki faza kuchlanishiga ulanadigan katta
    quvvatli 1 fazali EI larning ishi natijasida paydo boʻladi. Bunday EI larga elektr payvandlash
    mashinalari, qarshilik pechlari, 1 fazali induktsion pechlar, elektrlashtirilgan temir yoʻl
    transportlari va boshqalar kiradi. Nosimmetriya quyidagi koʻrinishda boʻladi : 
    1. Faza kuchlanishlarining oʻzaro teng emasligi. Bu bir fazali qarshilik pechlarining ishidan
    xosil boʻladi. 
    2. Faza kuchlanishlari oʻzaro teng emas va ularning vektorlari orasidagi burchak 120
    0
    dan
    farqli. 
    3. Nul nuqtasining siljishi. 2 va 3 punktlardagi nosimmetriya. payvandlash va induktsion
    pechlar ishlaganda xosil boʻladi. 
    Nosimmetriya natijasida kabel va simlarning tok oʻtkazish qobiliyatidan toʻla
    foydalanilmaydi, kuch transformatorlarining yuklanish koeffitsient-lari kamayadi,rele ximoyasi 
    va avtomatika xamda elektr aloqa kanallarining ishi yomonlashadi. 
    Nosimmetriyani matematik taxlil qilish uchun simmetrik tashkil etuvchilarga ajratish 
    usulidan foydalanamiz. Bunda xar qanday nosimmetrik tizim-ni uchta simmetrik tashkil 
    etuvchidan iborat qilib ajratish mumkin : 
    1).Toʻg’ri ketma-ketlikka ega boʻlgan simmetrik tashkil etuvchi: 
    U
    t
    =
    U
    aU
    a U

    B
    C


    2
    bu yerda:
    a
    e


    2
    3

    - operator 
    2.Teskari ketma-ketlikka ega boʻlgan simmetrik tashkil etuvchi: 
    U
    tes
    =
    U
    a U
    aU
    A
    B
    C


    2
    3. Nolь ketma-ketlik tashkil etuvchi
    U
    U
    U
    U
    A
    B
    C
    0
    1
    3



    (



    Nosimmetriya oʻlchovi sifatida kuchlanish nosimmetriyasi koeffitsienti K
    nSD,u
    va 
    kuchlanish muvozanatsizligi koeffitsienti K
    0.u.
    ishlatiladi:
    %
    100
    U
    U
    н
    2
    ,


    u
    нсм
    К
    K
    o,u
    =
    %
    100
    0

    н
    U
    U
    K
    nSD.u

    2% ga yoʻl qoʻyiladi 
    Nosimmetrik tizimda teskari ketma-ketlik tashkil etuvchisi xosil qiladigan tok I
    tes 
    toʻg’ri 
    ketma-ketlik toki I
    t
    ga qoʻshilib, ETS elementlarida oʻta yuklanishi xosil qilishi mumkin. 
    SHuning uchun U
    tes

    2% yoʻl qoʻyiladi. Amaliy maqsadlarga ba’zan nosimmetriya koeffitsienti 
    topiladi : 
    K
    S
    S
    БЮ


    bu yerda: 
    S
    BYu 
    - 1 fazali EI lar yuklamasi
    S
    K
    - podstantsiya shinasidagi qisqa tutashuv quvvati. 
    Quvvatlar orqali nosimmetriya koeffitsienti-ning yoʻl qoʻyiladigan qiymati:


    5% 
    Nosimmetriyani kamaytirish yoʻllari quyidagi-lar : 
    1. Imkon boʻlsa, katta quvvatli bir fazali EI larni aloxida liniyalar bilan manbaga ulash. 
    Manba sifatida BPP yoki rayon podstantsiyasi boʻlishi mumkin. 
    2. Bir fazali EI larni fazalarga teng taqsimlash. 
    3. Maxsus simmetriyalovchi qurilmalar oʻrnatish. 
     
    29.2 – rasm. Bir fazali yuklamani simmetriyalash sxemasi (SHteynments sxemasi). 
    Agar katta quvvatli bir fazali EI lar nosimmetriya xosil qilsa, ular uchun maxsus 
    simmetriyalovchi qurilmalar ishlatiladi (21.1-raSD).
    Qurilmalardagi kondensator va reaktorlarni tanlash shartlari : 
    Q
    c
    = Q
    L

    P
    0
    3
    bu yerda R
    0
    - 1 fazali yuklamalarning aktiv quvvati. 
    3. CHastota og’ishi va tebranishi 
    Elektr toki chastotasining nominal qiymati 50 Gts (60 Gts) ga teng. CHastotaning 
    sekundiga 0.1 Gts dan kichik tezlik bilan uzgarishi chastota og’ishi deyiladi. CHastotaning 
    sekundiga 0.1 Gts dan ortiq tezlik bilan oʻzgarishi chastota tebranishi deyiladi. Nominal 
    chastotadan 

    0.1 Gts miqdorda chastota og’ishiga yoʻl qoʻyiladi (chastota 49.9

    50.1 Gts 


    oraliqda oʻzgarishi mumkin). 

    0.2 Gts miqdorda chastota tebranishiga yoʻl qoʻyiladi (49.8

    50.2 
    Gts oralikda chastota tebranishi mumkin). 
    CHastotaning 
    yoʻl 
    qoʻyiladigan 
    qiymatlaridan 
    pasayishi 
    energotizimning
    mustaxkamligini kamaytiradi va Iste’molchilarning koʻplab uzilishiga olib keladi. SHuni oldini 
    olish uchun ACHR (chastota boʻyicha avtomatik yuksizlash) qurilmasi oʻrnatilib, u axamiyati 
    kam boʻlgan is’temolchilarni uzib, aktiv yuklamani kamaytiradi va chastotani tiklaydi. 

    Download 382.32 Kb.
      1   2




    Download 382.32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I m a ‘ r u z a r ye j a s I: Kuchlanishlar nosinusoidaligi Kuchlanishlar nosimmetriyasi chastota og’ishi va tebranishi

    Download 382.32 Kb.
    Pdf ko'rish