MAVZU №7
DAVRIY VA UZLUKSIZ ISHLOVCHI ELEKTR QARSHILIK PECHLARI
VA ULARNING TURLARI. TOʻGʻRIDAN –TOʻGʻRI QIZITISH
QURILMALARI
Reja:
7.1. Davriy ishlovchi pechlar.
7.2. Uzluksiz ishlovchi elektr qarshilik pechlari.
7.3. Konveyrli elektr pechlari.
7.4. Toʻgʻridan–toʻgʻri (kontaktli) qizitish
7.5. Bevosita qizdirish pechlarininng qoʻllanilish sohalari
7.6 Nazorat savollari.
7.1. Davriy ishlovchi pechlar
Davriy ishlaydigan pechlarda qizdirilayotgan jism qizitish jarayoni davomida
oʻz oʻrnini oʻzgartirmaydi. Pech davriy ishlaydi: mahsulot yuklanadi, unga termik
ishlov beriladi, soʻngra ish kamerasidan olinadi.
Sanoat korxonalarida eng koʻp tarqalgan davriy ishlaydigan pechlardan biri, bu
kamerali elektr qarshilik pechlari hisoblanadi. Bu pechlarning keng qoʻllanilishiga
asosiy sabab konstruktiv tuzilishi oddiyligi va ishlatishda
foydalanish uchun
qulayligi hisoblanadi.
Kamerali pechlar yigirmadan ortiq turli oʻlchamli konstruksiya bilan yaratiladi,
ishchi fazosi, me’yorli ishchi harorati 300 dan 1500
0
C gacha boʻladi.
1-rasm. Davriy ishlovchi pechlarning sxemasi
a – daracha orqali yuklantiriladigan kamerali: b – kamerali surib chiqariladigan
taglikli; d - shaxtali; e - elevatorli; f - qalpoqli: 1 - futerovkali pech qobigʻi; 2 –
qizdiriladigan jism (yuklash); 3 - eshikcha; 4 – Yuklash oraligʻI (daracha); 5 –
suriladigan taglik; 6 - rels; 7 - qopqoq; 8 – pastga tushuvchi taglik; 9 – tushirish
mexanizimi; 10 – dastgox; 11 – yechiladigan qolpoq
Strelkada pechlarning ishchi kengligiga yuklanish yoʻnalishi koʻrsatilgan.
Koʻpincha bitta pech bu sharoitda bir necha marotaba har-xil turdagi termik
ishlov berishlar uchun foydalaniladi,. Satxi ish rejimi ishchi haroratining
oʻzgarishi, jarayonning davomiyligi, muhit tarkibi va boshqa parametrlari bilan
koʻrsatilgan
Kamerali pech agregatlari va toʻplamlari oʻrta
va kam seriyali ishlab
chiqarishlarda, odatda xilma-xil va nisbatan kam miqdorda maxsus ishlab
chiqariladigan detallarga ishlov berishda qoʻllaniladi,
bu esa harorat va gaz
miqdorlari sarfi jarayonlarini oʻzgartirib turishni talab qiladi. Kamerali pechlar
mexanizatsiyalashtirilmagan shu sababli pechlarda solishtirma
elektr energiya va
nazoratlanadigan gaz sarfi yuqori boʻlishi tabiiy.
Strelkada pechlarning ishchi kengligiga yuklanish yoʻnalishi koʻrsatilgan (1-
rasm).
Koʻpincha bitta pech bu sharoitda bir necha marotaba har xil turdagi termitik
ishlov berishlar uchun foydalaniladi. Sathi ish rejimi ishchi haroratining oʻzgarishi,
jarayonning davomiyligi, muhit tarkibi va boshqa parametrlari bilan koʻrsatilgan
.
Kamerali elektr qarshilik pechlari. Elektr pech yassi shaklli tashqi metall
qobiqqa ega.
Qizdirish elementlari tag, ship va yon devorlarga joylashtirilgan
boʻladi, ba’zi hollarda ichki orqa devorga ham oʻrnatiladi. Bu ishchi harorati bir xil
va yuqori boʻlishi uchun qoʻllaniladi. Isitish QEP larida harorat 750
0
C
gacha
boʻlganida, kimyoviy termik ishlov berishda 1000
0
C larda ventilyator qoʻllaniladi.