Kichik quvvatli pechlar toʻgʻridan toʻgʻri oyoqlarida yerga oʻrnatiladi. Yuqori
quvvatlilari kamera eshiklari qoʻlda yoki oyoq bilan harakatga keltiriladigan yuritma
bilan, katta quvvatlilari esa elektr yuritma bilan ta’minlanadi. Kamerali pechlar past
va oʻrta haroratli boʻladi. Bu pechlarda
detallarni yumshatish, quritish, toblash,
bosimli ishlov berishdan oldin qizitish va boshqa termik ishlar amalga oshiriladi.
Kamerali elektr pechlar, elektr ta’minot tarmogʻiga, quvvati 5 – 160 kVA va
kuchlanishi 380 – 220 V kuch pasaytirish transformatorlar orqali ulanadi.
2, 3 va 4 – rasmlarda kamerali pechlar keltirilgan,
kamerali pech davriy
ishlovchi boʻlib, yuklanishi va yuksizlantirilishi gorizontal yoʻnalishda amalga
oshiriladi.
Кamerali pechlarning ekspluatasiya qilishdagi asosiy kamchilik unga mahsulot
yuklash va olishdagi qiyinchilikdir. Pechning issiqlik boʻyicha foydali ish
koeffisienti texnologik jarayonga bogʻliq boʻlib, u koʻpincha 65-70% dan oshmaydi.
Shaxtali pechlar. Кamera pechlari bilan bir qatorda shaxta elektr pechlari ham
oʻzlarini soni jihatidan davriy ishlovchi umumsanoat
elektr pechlarining asosiy
qismini tashkil qiladi. Shaxta pechlari dumaloq, kvadrat yoki toʻrtburchak shaxta
shakliga ega boʻlib, ustki qismidan qopqoq bilan yopiladi.
Shaxta pechi
konstruksiyasining asosiy elementlari pech kamerasi, qizdirish elementlari, pech
tagi va tagligini koʻtarish mexanizmidan iboratdir. Tuzilishi va ekspluatasiya qilish
boʻyicha eng sodda mufelsiz pechlar hisoblanadi. Qizdiriladigan materiallar yuqori
qism shaxta darchasidan yuklanadi. Qizdiriladigan
buyumlarni maxsus issiqqa
chidamli qutilarda yuklab ishchi fazoga, uzun oʻlchamli buyumlarni vertikal holatda
osib qoʻyiladi. Qizitish vaqtini tezlashtirish va harorat bir xilligini yaxshilash uchun
shaxtali pechlar qalpogʻiga yoki tagiga ishchi gʻildirakli ventilyatorlar oʻrnatiladi.
Pech ichining butun devorlari futerovkasi barcha tomoniga qizdirgichlar
joylashtirilgan, tashqi qismi metall qobiq bilan qoplangan boʻladi. Shaxtali pechlar
chuqurligi 30 m, diametri 10 m gacha, ishchi fazodagi harorati 700, 1000, 1300
0
C
gacha, quvvati 1000 kVt gacha boʻladi. Bunday pechlar bir necha issiqlik muhitli va
har bir muhit haroratini avtomatik rostlanishga ega. Xromnikelli yoki temir –
xromnikelli qotishmali va karborundli QE qoʻllaniladi.
Кamera pechlariga nisbatan shaxta pechlari quyidagi afzalliklarga ega:
1) Кran-balka, telfer va boshqa universal koʻtarish mexanizmlarini qoʻllash
orqali maxsulotlarni qoʻyish va olishni mexanizasiyalashtirish imkoni mavjudligi;
2) Кamera foydali hajmidan yetarli ravishda
foydalanish;
3) Pech qobigʻini gaz oʻtmaydiganligi va qopqogʻini zichlashtirish qurilmasi
borligi tufayli kamera ishchi fazosini germetik yopiqligiga erishiladi,
shu orqali
detallarga termik ishlov berishda oksidlanishga yoʻl qoʻyilmaydi va issiqlik isrofi
kamayadi..
Bundan tashqari elektr shaxta pechlari uzun oʻlchamlarga ega boʻlgan
mahsulotlarga masalan vallar,
shtangalar, quvurlar, tortish aslahalari va boshqa
vertikal holatda ishlov
beriladigan mahsulotlarga, ishlov berishda juda muhim
hisoblanadi. Bu mahsulotlar pechda mahsus moslamalar yordamida osib qoʻyiladi
va bu qizdirishda minimal deformatsiya boʻlishni ta’minlaydi.
Shaxta pechining ish rejimi qizdirish elementlari orqali elektr toki oqqanda
issiqlik ajralib chiqishiga asoslangan.