21-mavzu. Nosinusoidal tok haqidagi tushunchalar.
Reja
1.Nosinusoidal davriy kuchlanish va toklar.
2.Uzluksiz davriy funksiyalarni Fure qatoriga yoyish.
3. Nosinusoidal qiymatlarini analitik yig`indi ko`rinishida ifodalash.
4.Nosinusoidal elektr miqdorlarining maksimal, effektiv va o`rtacha qiymatlari.
Davriy nosinusoidal kuchlanish, e.yu.k. va toklarning effektiv qiymatlari.
Davriy nosinusoidal tokning quvvati
1.Nosinusoidal davriy kuchlanish va toklar.
Elektrotexnikaga oid radiotexnika, elektronika, aloqa,avtomatika va
telemexanika, qisoblash texnikasi va avtomatik boshqarish soxalarida o`zgaruvchan elektr mikdorlari deyarli qech qachon sinusoidal bo`lmaydi. Bu o`zgaruvchan miqdorlarning oniy qiymatlari umumiy xolda i = (t) qonuniyat
bo`yicha o`zgarishi mumkin. Nosinusoidal miqdorlar xam ma’lum vaqt oralig`ida o`sha fazada qayta takrorlanganligi uchun u davriy qisoblanadi, ya’ni bu F(t) = F
(t +kt) shartni qanoatlantiruvchi formula vaqt funksiyasidir F(t) : bunda T – funksiyaning davri, k- butun musbat son.
0
t 0
t
T
v) g)
a) rasmda to`g`irlangan tok i (t) = i(t +kT) ,b) rasmda tiristorlar bilan boshqariladigan sinusoidal manbaning kuchlanishu (t) = u (t +kT):v) - rasmda amplituda –impuls modulyatsiyasi natijasida avtonom invertorlarning tashqi kismalarida xosil bo`lgan egri chiziqlar shunday nosinusoidal davriy kattaliklar jumlasidndir. Davriy bo`lmagan miqdorlar jumlasiga mikrofon orqali elektr to`lqinlariga aylantirilgan tovush to`lqinlarini kiritish mumkin. g – rasm.
|