• FANIDAN MA’RUZALAR KURSI Farg’ona O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
  • 1-Mavzu. Yarimo‘tkazgich va yarimo‘tkazgichli asboblar. Reja: 1. Yarimo‘tkazichlarlar haqida tushuncha. 2. Qattiq jism zona nazariyasi haqida tushuncha.
  • Elektronika va asbobsozlik




    Download 1.68 Mb.
    bet1/37
    Sana19.09.2023
    Hajmi1.68 Mb.
    #82847
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Amaliy elektronika ma\'ruzalar kursi
    mirtA, ENGLISH 301-tests 2 course, 49773, Qutb koordinatalar sistemasi-fayllar.org

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI


    FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

    KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI FAKULTETI

    ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK” kafedrasi




    « AMALIY ELEKTRONIKA »

    FANIDAN MA’RUZALAR KURSI
    Farg’ona
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI


    FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

    KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI FAKULTETI

    ELEKTRONIKA VA ASBOBSOZLIK” kafedrasi



    « AMALIY ELEKTRONIKA »

    FANIDAN MA’RUZALAR KURSI

    FarPI uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan


    Bayon №__ «____»_________ 2022 yil
    Farg’ona– 2022
    Ushbu - 5310800 «Elektronika va asbobsozlik» yo’nalishi uchun «Amaliy elektronika» fanidan tayyorlangan ma’ruzalar kursi 5310800 “Elektronika va asbobsozlik” yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. Ushbu majmuada talabalarga kerak bo’lgan eng zarur va yangi ma’lumotlar keltirilgan.

    “Elektronika va asbobsozlik” kafedrasi


    Bayon №__ «____»_________ 2022 yil
    FarPI uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan
    Bayon №__ «____»_________ 2022 yil

    Tuzuvchi: katta o’qituvchi Nishonova M.M.



    Taqrizchi: t.f.n., dos. Axunov Q.
    Farg’ona 2022
    1-Mavzu. Yarimo‘tkazgich va yarimo‘tkazgichli asboblar.
    Reja:
    1. Yarimo‘tkazichlarlar haqida tushuncha.
    2. Qattiq jism zona nazariyasi haqida tushuncha.
    3. Yarimo‘tkazgichli diodlar.
    Tayanch iboralar: ta’qiqlangan zona, germaniy, kremniy, galliy arsenidi, dielektrik, ta’qiqlangan zona kengligi, metall, ruxsat etilgan zona, o‘tkazuvchanlik zonasi.
    Zamonaviy elektronika qurilmalari Yarimo’tkazgichli materiallardan tayyorlanadi. Yarimo‘tkazichlar kristall, amorf va suyuq bo‘ladi. Yarimo’tkazgichli texnikada asosan kristall Yarimo’tkazgichlar (1010 asosiy modda tarkibida bir atomdan ortiq bo‘lmagan kiritma monokristallari) qo‘llaniladi. Odatda Yarimo’tkazgichlarga solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi metallar va dielektriklar oralig‘ida bo‘lgan yarimo’tkazgichlar kiradi (ularning nomi ham shundan kelib chiqadi). Xona temperaturasida ularning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10-8dan105gacha Sm/m (metrga Simens)ni tashkil etadi. Metallarda =106-108 Sm/m, dielektriklarda esa =10—8-10-13 Sm/m. Yarimo’tkazgichlarning asosiy xususiyati shundaki, temperatura ortgan sari ularning solishtirma elektr o‘tkazuchanligi ham ortib boradi, metallarda esa kamayadi. Yarimo’tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi yorug‘lik bilan nurlantirish va hatto juda kichik kiritma miqdoriga bog‘liq. Yarimo’tkazgichlarning xossalari qattiq jism zona nazariyasi bilan tushuntiriladi.
    Har bir qattiq jism ko‘p sonli bir-biri bilan kuchli o‘zaro ta’sirlashayotgan atomlardan tarkib topgan. SHu sababli bir bo‘lak qattiq jism tarkibidagi atomlar majmuasi yagona tuzilma deyiladi. Qattiq jismda atomlar bog‘liqligi atomning tashqi qobig‘idagi elektronlarni juft bo‘lib birlashishlari (valent elektronlar) natijasida yuzaga keladi. Bunday bog‘lanish kovalent bog‘lanish deb ataladi.
    Atomdagi biror elektron kabi valent elektron energiyasi (W) ham diskret yoki kvantlangan bo‘ladi, ya’ni elektron energetik sath deb ataluvchi biror ruxsat etilgan energiya qiymatiga ega bo‘ladi. Energetik sathlar elektronlar uchun ta’qiqlangan energiyalar bilan ajratilgan. Ular ta’qiqlangan zonalar deb ataladi. Qattiq jismlarda qo‘shni elektronlar bir-biriga juda yaqin joylashganligi uchun, energetik sathlarni siljishi va ajralishiga olib keladi va natijada ruxsat etilgan energetik zonalar yuzaga keladi. Energetik zonada ruxsat etilgan sathlar soni kristalldagi atomlar soniga teng bo‘ladi. Ruxsat etilgan zonalar kengligi odatda bir necha elektron – volьtga teng (elektron – volьt – bu 1V ga teng bo‘lgan potensiallar farqini engib o‘tgan elektronning olgan energiyasi). Ruxsat etilgan zonadagi minimal energiya sathi tubi (Wc), maksimal energiya esa shipi (Wv) deb ataladi.
    1.1-rasmda Yarimo’tkazgichning zona diagrammasi keltirilgan. Ta’qiqlangan zona kengligi Wt Yarimo’tkazgichning asosiy parametri bo‘lib hisoblanadi.
    Elektronikada keng qo‘llaniladigan Yarimo’tkazgichlarning ta’qiqlangan zona kengliklari Wt (eV) quyidagiga teng: germaniy uchun – 0,67, kremniy uchun – 1,12 va galliy arsenidi uchun -1,38.



    Download 1.68 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 1.68 Mb.