• Diodni asosiy parametrlari: 1. Statik qarshilik [Om] ; 2. Differensial qarshilik [Om] ; 3. Xarakteristika tikligi [A/V] . Nazorat savollari
  • 2- Mavzu. Bipolyar tranzistorlar. Reja: 1.Bipolyar tranzistor haqida tushuncha. 2.Bipolyar tranzistor turlari.
  • Bipolyar tranzistor
  • – rasm. Yarimo‘tkazgich diodning shartli belgilanishi (a)




    Download 1.68 Mb.
    bet6/37
    Sana19.09.2023
    Hajmi1.68 Mb.
    #82847
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Amaliy elektronika ma\'ruzalar kursi
    mirtA, ENGLISH 301-tests 2 course, 49773, Qutb koordinatalar sistemasi-fayllar.org, Biologiya online test
    1.4 – rasm. Yarimo‘tkazgich diodning shartli belgilanishi (a),
    tuzilmasi ko‘rinishi (b) va statik VAXi (v).

    Yarimo‘tkazgich diodlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi 1.4.a - rasmda, uning tuzilmasi ko‘rinishi 1.4.b – rasmda keltirilgan. Rasmlarda diodning chiqishlari A va K ko‘rsatilgan bo‘lib, ular diodning elektrodlari deb ataladi. Diodning r – tomoniga ulangan elektrod anod deb, n– tomoniga ulangani esa – katod deb ataladi. Diodning statik VAXi 1.4.v – rasmda keltirilgan.


    Yarimo‘tkazgich diodning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlaridagi qarshiliklari bir – biridan keskin farq qiladi: to‘g‘ri yo‘nalishda siljitilgan diodning qarshiligi qiymati kichik, teskari siljitilgan diodniki esa – katta bo‘ladi. Shu sababdan diod bir tomonga elektr tokini yaxshi o‘tkazadi, ikkinchi tomonga esa – yomon o‘tkazadi.
    Diodni asosiy parametrlari:
    1. Statik qarshilik [Om] ;
    2. Differensial qarshilik [Om] ;
    3. Xarakteristika tikligi [A/V] .

    Nazorat savollari:
    1. Yarimo‘tkazgichlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
    2. Yarimo‘tkazgich energetik zonalar diagrammasini tushuntiring.
    3. Erkin zaryad tashuvchi (EZT) deb nimaga aytiladi?
    4. Xususiy o‘tkazuvchanlik deganda nima tushuniladi?
    5.Yarimo‘tkazgich diodlarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?
    6. Yarimo‘tkazgich diod VAXini chizing va tushuntiring.

    2- Mavzu. Bipolyar tranzistorlar.
    Reja:
    1.Bipolyar tranzistor haqida tushuncha.
    2.Bipolyar tranzistor turlari.
    3.Bipolyar tranzistor ish rejimlari.
    4.Bipolyar tranzistorning asosiy parametrlari.
    Tayanch iboralar: legirlangan soha, emitter, zaryad tashuvchilar, o‘rta soha, injeksiya, kollektor, baza, p-n-p va n-p-n o‘tishlar, umumiy baza, umumiy emitter, umumiy kollektor.
    Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tish va uchta elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarimo’tkazgich asbobga aytiladi. Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar elektron va kovaklarning harakatiga asoslangan.
    Bipolyar tranzistor p-n-p va n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta Yarimo’tkazgichdan tashkil topgan (2.1.a va 2.1.b - rasm). Endilikda keng tarqalgan n-p-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.
    Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n+-soha) emitter deb ataladi va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (r-soha) injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (n-soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (2.2-rasm). Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa kollektor o‘tish deb ataladi.
    Tashqi kuchlanish manbalari (Ueb, Ukb) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda, tranzistor aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish xossalari namoyon bo‘ladi.
    Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi.


    Download 1.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 1.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Yarimo‘tkazgich diodning shartli belgilanishi (a)

    Download 1.68 Mb.