• 3-Mavzu. Maydonli tranzistorlar. Reja: Maydoniy tranzistor haqida tushuncha. Maydoniy tranzistor turlari.
  • Elektronika va asbobsozlik




    Download 1.68 Mb.
    bet9/37
    Sana19.09.2023
    Hajmi1.68 Mb.
    #82847
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
    Bog'liq
    Amaliy elektronika ma\'ruzalar kursi
    mirtA, ENGLISH 301-tests 2 course, 49773, Qutb koordinatalar sistemasi-fayllar.org, Biologiya online test
    Nazorat savollari:
    1. Bipolyar tranzistor (BT) nima?
    2. BTning ishlash prinsipini tushuntiring.
    3. BT emitteri, bazasi va kollektorining vazifalari nimalardan iborat?
    4. n-p-n va p-n-p turli BTlar ishlash prinsipida farq bormi?
    5. BTning qanday ulanish sxemalarini bilasiz?
    6. BT asosiy ish rejimlarini ayting.
    3-Mavzu. Maydonli tranzistorlar.
    Reja:

    1. Maydoniy tranzistor haqida tushuncha.

    2. Maydoniy tranzistor turlari.

    3. Maydoniy tranzistor ish rejimlari.

    4. Maydoniy tranzistorning asosiy parametrlari.

    Tayanch iboralar: maydoniy tranzistor, unipolyar tranzistorlar, kanal, stok, istok, Zatvor, berkilish kuchlanishi, to‘yinish kuchlanishi, to‘yinish.
    Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli, kuchlanish bilan boshqariladigan yarimo‘tkazgich asbob maydoniy tranzistor (MT) deyiladi. MTlarda tok hosil bo‘lishida faqat bir turli asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan unipolyar tranzistorlar deb ataladi. MTlarda, BTlardagi kabi tezkorlikka ta’sir etuvchi injeksiya va ekstraksiya natijasida noasosiy zaryad tashuvchilarning to‘planish jarayonlari mavjud emas.
    p–n o‘tish bilan boshqariluvchi n – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va uning shartli belgilanishi 3.1-rasmda keltirilgan.
    n–turdagi soha kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan kontakt istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi. Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga kuchlanish berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini, natijada kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan bo‘lib kanal bilan p – n o‘tish hosil qiladi.
    a) b)


    Download 1.68 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




    Download 1.68 Mb.