Elektronika va asbobsozlik




Download 1.68 Mb.
bet5/37
Sana19.09.2023
Hajmi1.68 Mb.
#82847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Amaliy elektronika ma\'ruzalar kursi
mirtA, ENGLISH 301-tests 2 course, 49773, Qutb koordinatalar sistemasi-fayllar.org, Biologiya online test
Diffuziya koeffitsienti. Yarimo’tkazgichda elektr toki hosil bo‘lishiga faqat elektr maydoni emas, balki harakatchan zaryad tashuvchilar gradienti ham sabab bo‘ladi. Yarimo’tkazgich hajmida teng taqsimlanmagan erkin zaryad tashuvchilar harakatining yo‘nalishi diffuziya harakati deb ataladi.
Elektron va kovak diffuziya toklarining zichligi quyidagiga teng:

(1.4)
bu yerda q – elektron (kovak) zaryadi, Dn i Dp – mos ravishda elektron va kovak diffuziya koeffitsientlari, dn/dx vadp/dx – mos ravishda elektron va kovak konsentratsiya grandientlari.
Dreyf va diffuziya harakati parametrlari o‘zaro Eynshteyn nisbati bilan bog‘langan:

(1.5)
(1.4) ifodadagi proporsionallik koeffitsientlari potensial o‘lcham birligiga teng(volьt) va issiqlik potensiali deyiladi. Xona temperaturasida (T=300K) = 0,026V = 26mV.
Yashash vaqti . Zaryad tashuvchining yashash vaqti deganda uning generatsiyasidan rekombinatsiyasigacha bo‘lgan vaqti tushuniladi. Yarimo’tkazgichning bu parametri yarimo’tkazgichli asboblarni (bipolyar tranzistorlardagi baza kengligi, maydoniy tranzistorlarda kanal uzunligi) konstruksiyalashda katta ahamiyatga ega. Yashash vaqtida zaryad tashuvchining diffuziya harakati natijasida diffuziya uzunligi deb ataluvchi, o‘rtacha masofasi ma’lum L ga teng bo‘lgan masofani bosib o‘tadi.
Yarimo‘tkazgich diod deb bir (yoki bir necha) elektr o‘tishlarga ega ikki elektrodli elektron asbobga aytiladi. Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar.
Barcha yarimo‘tkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: to‘g‘rilovchi va maxsus vazifalarni bajaruvchi.
To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish uchun qo‘llanadi. To‘g‘rilanuvchi tok shakli va chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga ajratiladi.
Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda r-n o‘tishlarning turli elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik hodisalardan, manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, o‘zgarmas kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
a) b) v)


Download 1.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 1.68 Mb.