|
1. Fotoelektrik stansiyalarining texnologik jarayonlarini loyihalash
|
bet | 1/6 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 8,83 Mb. | | #121234 |
Bog'liq 4-Mavzu Slayd
MAVZU. XONADON UCHUN O’ZGARUVCHAN TOK BILAN ISHLAYDIGAN FOTOELEKTRIK SISTEMA TUZILISHI ISHLASH PRINTSIPI YUTUQ VA KAMCHILIKLARI .
REJA:
1.Fotoelektrik stansiyalarining texnologik jarayonlarini loyihalash.
2. Fotoelektrik qurilmalarning butlovchi jixozlarini tanlash .
3. Fotoelektrik stansiyalar orqali binolarni yoritishda solishtirma quvvat usuli bo‘yicha hisoblash .
4. Fotoelektrik stansiyalarning tizimlarini hisoblash turlari .
5. Fotoelektrik stansiyalardagi invertorlarni hisoblash .
Quyosh panellari ishonchli elektr energiyasi manba’si bo‘lishi uchun u tizimda qo‘shimcha elementlar bilan ta’minlanishi zarur: kabellar, tizimning turiga (tarmoq bilan bog‘langan FES, avtonom, rezerv) bog‘liq ravishda struktura, elektron invertor, akkumulyator batareyalari to‘plami va zaryad-razryad kontrolleri. Bunday tizim butunligicha quyosh fotoelektrik sistema yoki quyosh stansiyasi deb nomlanadi.
Fotoelektrik sistemalarning 3 ta asosiy turi mavjuddir:
• Odatiy holda alohida uylarning elektr ta’minoti uchun qo‘llaniladigan avtonom FES
• Tarmoq bilan bog‘langan FES
• Rezerv FES
Avtonom fotoelektrik tizimlar: Avtonom fotoelektrik tizimlardan markazlashtirilgan elektr ta’minoti mavjud bo‘lmagan joylarda foydalaniladi. Sutkaning tungi vaqtlarida energiya ta’minoti va quyosh yaxshi nur sochmagan vaqtlar uchun akkumulyator batareyasi (AB) zarur.
Avtonom fotoelektrik tizimlar alohida uylarning elektr ta’minoti uchun tez-tez qo‘llaniladi. Kichik tizimlar asosiy yuklamani ta’minlashi mumkin (yoritish manba’i, ba’zan televizor yoki radio), o‘ta quvvatli tizimlar suv nasosi, radiostansiya, muzlatgich, elektrojihozlar va boshqalar. Bunday tizim quyidagilardan tashkil topgan.
Avtonom fotoelektrik tizim: 1 – quyosh paneli; 2 – kontroller; 3 – AB; 4 – yuklama
Tarmoq bilan ulangan quyosh fotoelektrik tizimlari: Markazlashtirilgan elektr ta’minot manba’lari mavjud bo‘lsa ham, gohida toza elektr energiya manba’idan foydalanishga hoxish bo‘ladi, bunda quyosh panellari tarmoq bilan ulangan bo‘ladi. Etarli miqdordagi quyosh panellari bir biri bilan ulanganda yuklamaning bir qismi uyda quyosh elektr energiyasidan ta’minlanishi mumkin. Tarmoq bilan ulangan fotoelektrik tizimlar odatda bir yoki bir nechta panellardan va invertor, kabellar, qullab quvvatlovchi tizim va elektrik yuklamadan iborat bo‘ladi.
Invertor quyosh panellarini tarmoq bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Shuningdek AS-panellar ham mavjud bo‘lib ularning orqa tomoniga invertor o‘rnatilgan bo‘ladi. Ortiqcha elektr energiyasi elektr tarmog‘iga uzatilishi mumkin. Agar quyosh elektr ta’minoti uchun maxsus kuchaytirilgan tariflar foydalanilsa unda 2 ta elektr hisoblagichi, biri generatsiya uchun, keyingisi iste’mol uchun o‘rnatiladi.
|
| |