|
MRRT – kontrollerdan foydalanganda qo‘shimcha ravishda olingan energiya miqdori
|
bet | 4/6 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 8,83 Mb. | | #121234 |
Bog'liq 4-Mavzu SlaydMRRT – kontrollerdan foydalanganda qo‘shimcha ravishda olingan energiya miqdori.
Maksimal quvvat nuqtasida quyosh panelining kuchlanishi panelning har xil harorat kattaliklarida o‘zgaradi. Quyosh paneli qanchalik qizisa, kuchlanishi kamayib quyosh batareyasining ishlab chiqarish samaradordligi ham kam bo‘ladi. Qandaydir vaqtlarda maksimal quvvat nuqtasi (MQN) ning kattaligi AB dagi kuchlanishdan ham kichik bo‘lishi mumkin, bu holatlarda oddiy kontroller bilan taqqoslaganda hech qanday yutuq bo‘lmaydi.
Panel haroratiga bog‘liq ravishda maksimal quvvat nuqtasida quyosh paneli kuchlanishi
Bu quyosh batareyasiga qisman soya tushgan vaqtlarda yuz beradi. MRRTkontrollerlarning joriy narxi ularni 200 Vt quvvatdan boshlab quyosh panellarida yoki nostandart kuchlanishlanishga ega panellarda qo‘llash imkonini beradi. Fotoelektrik tizimlar uchun invertorlar; Invertorlar AB da doimiy tokni o‘zgaruvchan tokka o‘zgartirish yoki quyosh panellarida doimiy tokni markaziy elektr ta’minoti tarmoqlaridagi anolog tok kabi o‘zgartiradi. Tarmoq bilan bog‘langan tizimlarda invertorlar (tarmoq invertorlari) quyosh panellaridan energiyani qabul qilib ularni o‘zgaruvchan tokka aylantiradi, so‘ngra tarmoqqa ham uzatadi. Ko‘pchilik quyosh panellari doimiy tok ishlab chiqaradi. Integratsiyalashgan invertorlar bilan qo‘llaniladigan panellar ham bo‘lib ular mikroinvertorli AS panellar deb nomlanadi Ularning afzalliklari shundaki, oson sozlash, bunday panellarni fotoelektrik tizimga oson qo‘shish yuli bilan masshtabini kengaytirish imkoniyatidir. Bunday invertorlar faqat tarmoq bilan bog‘langan tizimlarda ishlatiladi. Avtonom tizimlarda standart maishiy qurilmalarni 220 V o‘zgaruvchan kuchlanish bilan ta’minlash uchun AB yoki quyosh panellaridagi tokni o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
Quyosh panelining orqa tomonida mikroinvertor.
Shuningdek, rezerv tizimlarda ham ushbu muammo – AB dagi doimiy tokni o‘zgartirish va odatiy jihozlarni ta’minlash. Ko‘pgina invertorlar mavjud bo‘lib ular quvvati va turlari bilan farqlanadi.
Ulardan ba’zilari – yuqori samaradorikka ega.
Agar invertor ko‘p hollarda yuklamasiz bo‘lsa, kutish rejimida iste’mol qilinadigan kichik quvvatni berish kerak. Agar u ko‘p hollarda yuklamani ta’minlaydigan bo‘lsa, unda maksimal FIK ga ega invertor tanlash kerak bo‘ladi. Quyosh paneli domiy tok ishlab chiqaradi, AB esa doimiy tok ko‘rinishida energiyani saqlaydi, lekin ko‘pchilik jihozlar 220 V yoki 380 V o‘zgaruvchan tok kuchlanishini talab qiladi. Invertor domiy tokdagi kichik kuchlanishlar 12, 24, 32, 36, 48, 96, 120 V ni yuqori kuchlanish 220 V ga o‘zgartirib beradi. O‘zgartirish vaqtida energiyaning bir qismi yo‘qoladi, ya’ni 5% dan – 20 % gacha, bu esa uning ish rejimi vaqtida sifatining darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Invertorlar har xil quvvatda bo‘lib ularning turi qo‘llash holatiga qarab tanlanadi. Kichik avtonom tizimlarda kamquvvatli invertorlar (100-1000Vt) televizor, radio, lampochkalar va boshqa jihozlarni ta’minlash uchun foydalaniladi.
Bu invertorlarda kirish kuchlanishi 12 V yoki 24 V chiqish kuchlanishi esa 220 V bo‘ladi. Katta quvvatli invertorlarda kirish kuchlanishi 24 V, 48 V yoki 96 V yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Arzon iinvertorlar generaatsiya vaqtida energiyani bosqichli yoki to‘g‘ri to‘rtburchakli shaklda yoki umumiy nom bilan kvazisinusoidal yoki modifikatsiyalashgan sinusoida signal shaklida o‘zgartiradi. Kuchlanishning bunday shakli har doim ham hamma jihozlarga to‘g‘ri kelmaydi. Sof sinusoidal invertorlar tarmoqdagi kabi sifatli tok kabi istalgan yuklamani muammosiz ta’minlay oladi.
Zamonaviy invertorlar funksiyasi quyidagilardan iborat:
- O‘lchash. Invertor displeyida kuchlanish, tok, chastota va quvvat tasvirlanadi;
- generatorni avtomatik qo‘shish imkoniyati. Invertorda AB kuchlanishga bog‘liq ravishda rezerv generatorni to‘xtatish yoki avtomatik qo‘shish uchun qo‘shimcha rele mavjud. Bu funksiya ko‘pchilik hollarda invertorga alohida blok ko‘rinishida biriktiriladi.
Zamonaviy invertorlar tarmoqdan AB aniq vaqtda zaryadlay olish mumkin, generatorni qo‘shish kunduzi bajarilishi maqsadga muvofiq (shovqin tufayli);
3) tarmoq bilan parallel ishlay olishi. Tarmoq invertorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh batareyasidan energiyani AB siz tarmoqqa o‘zgartirib yunaltiradi.
Bu anchagina tizimning tannarxini kamaytiradi, ya’ni elektr energiyasini arzonlashtiradi;
4) o‘rnatilgan zaryad qurilmasi. Bunday invertorlar generatordan yoki tarmoqdan foydalanib AB ni zaryadlashi mumkin. Bir vaqda ular energiyani bevosita iste’molchilarga ham uzatishi mumkin. Parallel ulash. Ba’zi invertorlar quvvatni oshirish uchun parallel ulanishi ham mumkin.
|
| |