|
Fotoelektrik qurilmalarning butlovchi jixozlarini tanlash
|
bet | 5/6 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 8,83 Mb. | | #121234 |
Bog'liq 4-Mavzu Slayd Fotoelektrik qurilmalarning butlovchi jixozlarini tanlash QB va FES lar quvvatini hisoblash uchun va fotoelektrik qurilmalar tayyorlash uchun quyida keltirilgan punktlarni hisobga olish zarur:
- Fotoelektrik qurilma quvvatini hisoblash uchun avvaliga uni ishlatilishi ko‘zda tutilgan muhit bilan tanishish va shu muhit xususiyatlarini (o‘rtacha harorat, yorug‘lik nurlarining o‘rtacha quvvati, yorug‘lik tushish muddati, yil davomidagi yorug‘ kunlar va hokazo) o‘rganish zarur;
- Elektr energiyasi iste’molchilarining xarakterini (o‘zgarmas tok iste’molchilari xususiyatlari, o‘zgaruvchan tok iste’molchilari xususiyatlari), iste’molchilarning elektrik parametrlari (tok kuchi, kuchlanishi, o‘zgaruvchan tok chastotasi), kerakli umumiy elektr quvvatini hisoblash. Xar bir iste’molchiga bir kunda o‘rtacha ishlatish vaqtini aniqlash;
- Ortiqcha ishlab chiqilgan elektr energiyasini hisoblash va energiyani yig‘ish usulini tanlash;
- Yig‘uvchi akkumulyator elektr sig‘imini hisoblash;
- fotoelektrik qurilma yig‘ish uchun kerak bo‘ladigan standart va nostandart asbob uskunalarni aniqlash;
6) invertorlar parametrlarini, quvvatini va foydali ish koeffitsientini aniqlash;
7) kontrollerlarning parametrlarini va quvvatini aniqlash;
8) fotoelektrik qurilma konstruksiyasini tanlash, parametrlarini rejalash, tayyorlash texnologiyasini aniqlash;
9) fotoelektrik qurilmani tayyorlash;
10) fotoelektrik qurilma qismlarini sinash. Qurilmani butunlayicha sinash;
11) fotoelektrik qurilmani sinash natijalarini hisobga olgan holda uni parametrlarini optimal holga keltirish;
12) qurilmani tajribaviy sinash va hisob va rejaviy natijalar bilan taqqoslash;
13) otoelektrik qurilmaning o‘zini qoplash muddatini va samaradorligini aniqlash.
Misol sifatida O‘zbekiston respublikasining cho‘l sharoitida joylashgan, energiya markazlaridan uzoqda bo‘lgan fermer xo‘jalikni fotoelektrik qurilma bilan ta’minlashni ko‘rib o‘tamiz. Fermer xo‘jalikning asosiy kasbi chorvadorlik va dehqonchilik bo‘lsin:
- Bu zona uchun (Qashqadar’yo hududi) quyoshli kunlar 300 kun, tushayotgan yorug‘likning o‘rtacha quvvati 750 Vt/m2, o‘rtacha yorug‘lik tushish muddati kuniga 8 soat bo‘lsin;
- Eelektr energiyasining iste’molchilari, 6 kishidan iborat oila. YOritish uchun 4 yorug‘lik manba’i har biri LDS-40 lampa, yoritish muddati bir kunda 4 soat. Ruzg‘or buyumlari: televizor quvvati 60 Vt bir kunda ishlash muddati 3 soat, sug‘orish nasosi quvvati 20 Vt bir kunda ishlash muddati 2 soat, choy qaynatgich bir kunda ishlash muddati 2 soat, quvvati 20 Vt, ko‘tarma kam quvvatli 40 Vt li slesar-tokar dastgohi o‘rtacha ishlash muddati 0,5 soat;
3) keltirilgan iste’molchilarining umumiy bir kunlik iste’mol qilgan elektr quvvati 0,64 + 0,18 + 0,04 + 0,04 + 0,02 = 0,92 kVt soatni tashkil etadi. Bir yilda esa 360 x 0,92 = 336 kVt soat;
4) energiyani yig‘ish uchun kislotali akkumulyatorni tanlab olamiz, uning kuchlanishi 12 V bo‘lsin. U holda bir kunda 0,92 kVt elektr quvvatini yig‘ish uchun, agar invertorning f.i.k. 0,92 bo‘lsa, f.i.k. 10 % li QE laridan bir kunda 85 A x 12 V = 1000 Vt yig‘ish mumkin. Agar yorug‘likning o‘rtacha tushish vaqti 8 soat bo‘lsa har soatiga 125 Vt energiya jamlanishi yoki 20 % zahirali qilib fotoelektrik qurilma rejalashtirilsa 150 Vtli qurilma tayyorlanishi kerak;
5) akkumulyator elektr sig‘imini hisoblash uchun uning razryadlanish chegarasini 75 % olsak, uning elektr sig‘imi 300 A×soat bo‘ladi;
6) ikki xil invertor kerak bo‘ladi: a) LDS-40 yoritgichlar uchun chastotasi 20 kGs li, quvvati 150 Vt li invertor. b) CHastotasi 50 Gs li, quvvati 100 Vt li invertor;
7) boshqaruvchi kontrollerning quvvati 150 Vt. Fotoelektrik qurilmaning quvvati 150 Vt va uni statsionar yoki ko‘tarma konstruksiyali qilish maqsadga muvofiqdir.
|
| |