Talab va taklifdan test Iqtisodiy resurslar to'liq ko'rsatilgan qatorni belgilang




Download 9.57 Kb.
Sana28.02.2024
Hajmi9.57 Kb.
#164263
Bog'liq
Talab va taklif-WPS Office
MelikuziyevD Hisobot magistr, 9m, I-bob Microsoft Excel elektron jadvali va unda ishlash, \'ruza matni 08.10.2020y pdf, мехмонхона терминлари, Solijonova Gulruxsor, 7-sinf adabiyot 4-chorak 1-test 2023, KRYUKOV, Mundarija, Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo\'naltirilganligi va uning O\'zbekistonga xos xususiyatlari, olimpiada Javoblar varaqasi

Talab va taklifdan test
1. Iqtisodiy resurslar to'liq ko'rsatilgan qatorni belgilang
A. xomashyo va materiallar, butlovchi qismlar, yoqilg'i va energiya resurslari;
B. binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, kapital, er, transport vositalari;
C. kapital, texnologiya, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko'p yillik daraxtzorlar
D. er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborot.
2. Bir-birini o'rnini bosuvchi ne'matlar:
A. cheklangan resurslar turlarini anglatadi;
B. shaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne'matlarni anglatadi
C. shaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne'matni anglatadi;
D. bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne'matlar majmuasini anglatadi.
3. Talab qonuniga ko'ra:
A. taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi bahoni tushushiga olib keladi
; B. iste'molchilarning daromadi oshsa, ular tovarlarni ko'proq sotib olaboshlaydilar;
C. talab egri chizig'i odatda manfiy qiyalikka ega bo'ladi;
D. mahsulotning narxi pasayganda, unga bo'lgan talab oshadi.
4. Qaysi holatda mahsulotga bo'lgan talab chizig'i o'ngga suriladi:
A. turli sabablarga ko'ra x mahsulotning taklifi kamayganda;
B. X mahsulotning narxi o'sganligi uchun iste'molchilar ushbu tovarni kamroq sotib olishga qaror qabul qilishganda;
C. iste'molchilar didlarining o'zgarganligi munosabati bilan ular x tovarni oldingisiga nisbatan ko'proq sotib olishni xohlashganda;
D. X tovarning narxi pasayganligi uchun iste'molchilar uni ko'proq sotib
5. Qaysi ibora insonlarning biror-bir tovarni sotib olish uchun imkoniyati va xohishi borligini anglatadi:
A. ehtiyoj;
B. talab;
C. zaruriyat
; D. xohish
6. Qaysi omilning o'zgarishi talab egri chizig'ining siljishiga olib kelmaydi?
A. moda va didlarning o'zgarishi.
B. iste'molchilar daromadning o'zgarishi;
C. mahsulotning narxi o'zgarishi;
D. iste'molchilarning soni.
7. Texnologiyaning takomillashuvi:
A. talab egri chizig'ini yuqoriga va o'ngga siljitadi
; B. talab egri chizig'ini chapga va pastga siljitadi;
C. taklif egri chizig'ini yuqoriga va o'ngga siljitadi;
D. taklif egri chizig'ini chapga va pastga siljitadi
8. Talabga quyidagi omillardan qaysi biri ta'sir ko'rsatmaydi?
A. iste'molchilarning daromadi;
B. to'ldiruvchi tovarlar narxining o'zgarishi;
C. resurslarning narxi;
D. iste'molchilar soni.
9. Tovar narxining pasayishiga quyidagi omillardan qaysi biri ta'sir ko'rsatgan?
A. soliqlarning oshirilganligi
B. ishlab chiqarish resurslari narxining pasayganligi;
C. iste'molchilar daromadining ko'tarilganligi;
D. to'ldiruvchi tovarlar narxining arzonlashuvi.
10. A mahsulot narxining ko'tarilishi nimaga olib keladi?
A. o'rinbosar b tovarga bo'lgan talabning oshishiga.
B. to'ldiruvchiv tovarga bo'lgan talabning oshishiga;
C. X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarga bo'lgan talabning qisqarishiga; D. X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslarga bo'lgan talabning o'sishiga. A 11. Talab egri chizig'i nimani anglatadi:
A. tovar narxi va taklif o'rtasidagi bog'liqlikni anglatadi;
B. iste'molchilarning turli baholar darajasida sotib olishi mumkin bo'lgan tovarlar miqdorini anglatadi;
C. turli baholar darajasida bozorda sotilishi mumkin bo'lgan tovarlar miqdorini anglatadi;
D. talabga turli omillarning ta'sirini ko'rsatadi.
12. Taklif qonuniga ko'ra:
A. tovar narxi va unga bo'lgan talab o'rtasida to'g'ri bog'liqlik mavjud;
B. tovar narxi va unga bo'lgan talab o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud;
C. tovar narxi va taklifi miqdori o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud;
D. tovar narxi va taklifi miqdori o'rtasida to'g'ri bog'liqlik mavjud olishga qaror qilganda.
13. Taklif qonuniga ko'ra, boshqa omillar o'zgarmas bo'lgan sharoitda tovar narxining ko'tarilishi
A. Taklifning o'zgarishiga olib keladi;
B. Talabning o'zgarishiga olib keladi;.
C. Taklif xajmining oshishiga olib keladi;.
D. Taklif xajmining pasayishiga olib keladi.
14. Taklif egri chizig'i nimani anglatadi?
A. Tovar narxi va taklif o'rtasidagi bog'liqlikni anglatadi;
B. Ishlab chiqaruvchilarning turli baholar darajasida sotib olishi mumkin bo'lgan resurslar miqdorini anglatadi
C. Taklifga turli omillarning ta'sirini ko'rsatadi;
D. Turli baholar darajasida bozorda sotilishi mumkin bo'lgan tovarlar miqdorini anglatadi.
15. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar:
A. Talab va taklif chiziqlari kesishmasa
B. Narx xarajatlar qo'shilgan foydaga teng bo'lsa;
C. Texnologiya darajasi bosqichma - bosqich o'zgarib tursa;
D. Taklif hajmi talab hajmiga teng bo'lsa.
16. Agar bozor narxi muvozanat holatdan past bo'lsa:
A. Tovar ortiqchaligi yuzaga keladi;
B. Tovar taqchilligi paydo bo'ladi;
C. Taklif hajmi ko'payadi;
D. Talab hajmi kamayadi.
Tovarga bo'lgan talab va taklif bir xil nisbatda ko'paysa:
A. Baho ko'tariladi;
B. Tovarning umumiy hajmi oshadi;
C. Baho o'zgarmay qoladi;
D. Jamiyatning farovonligi oshadi.
Agar tovar narxi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan yuqorida bo'lsa:
A. Tovar ortiqchaligi paydo bo'ladi;
B. Taqchillik yuzaga keladi;
C. Ishsizlik ko'payadi;
D. Muvozanat holat ta'minlanadi.
Download 9.57 Kb.




Download 9.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talab va taklifdan test Iqtisodiy resurslar to'liq ko'rsatilgan qatorni belgilang

Download 9.57 Kb.