Pako va uning onasi bozorda edi




Download 14.27 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi14.27 Kb.
#83691
Bog'liq
Pako va uning onasi bozorda edi
Dunyodagi eng yirik tillar katalogi, Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti, Raimova.B, Untitl 1, mus ish ro\'yxat, 10.1.1.420.4775, numbers, 12 1PowerPoint, Ergashev Behruz [Arab tili], Kamilova Shahlo Mustaqil ish (2), ffffff, Global ta\'lim. Maqolalar to\'plami.05.05. 2023, 1-jadval (1), MD va BMI mavzulari

Pako va uning onasi bozorda edi. Pako sinfidagi ilgor va zamonaviy bolalar
kiyayotgan jemperga o’xshash yangi jinsi jemper sotib olishni xohladi. U onasidan
o’sha jemperni sotib olishni so’radi. Onasi unga hozir bunga qurbi yetmasligini,
chunki, u o’zi uchun yangi kostum sotib olishi kerkaligini aytdi. U yangi kasb
uchun bo’ladigan uchrashuvda chiroyli kastum kiyishni xohladi.
Pako onasiga do’stlarining barchasida jinsi jemperi borligini aytdi. U agar unda
ham bitta shunday jemper bo’lmasa, uni hech kim yoqtirmasligi mumkinligini
aytdi. Onasi uni tingladi, lekin rozi bo’lmadi. U uchrashuv uchun kostum sotib
oldi. Pako onasiga “Siz yangi kasbiz uchun mendan ko’ra ko’proq qayg’urasiz”
dedi.
17. Pako va onasi, ikkisi ham nimaga ishonadi?
a. Agar siz noto’g’ri kiyinsangiz Sizni odamlar yoqtirmasligi mumkin.
b. Yaxshi ko’rinish bolalardan ko’ra kattalar uchun muhimroq.
c. Kiygan kiyimingiz boshqalarni siz haqidagi fikriga ta’sir qiladi.
d. Ayollar kastumi bolalar jemperidan qimmatroq turadi.
18. Hikoyaga ko’ra Pakoning onasi fikri qanday edi.
a. O’zining uchrashuvi Pakodan ko’ra muhimroq edi
b. Unga yangi kastum Pakoning jemperga bo’lgan ehtiyojidan ko’proq kerak edi.
c. Pakoga arzonroq jemper ham mos tushadi.
d. Pakoning do’stlari kiyimdan ko’ra Pakoning o’ziga e’tibor qaratishi kerak.
19. Agar Pakoning sinfidagi ilgor va zamonaviy bolalarning barchasi bir xil turdagi
jinsi jemper kiyishsa, quyidagilarning qaysi biri to’g’ri?
a. Ular kiyayotgan jemper jinsi jemperlarning eng yaxshi turi.
b. Zamonaviy bolalar jinsi jemperni yoqtirishadi.
c. Jinsi shim kiyish bolalarni zamonaviy va ilg’or ekanligini bildiradi.
d. Pakoda jinsi jemper bo’lmasa, u zamonaviy va ilg’or bola bo’lmay
qoladi. (Mavjud internet manbalaridan olindi 20-32)
20. Dunyoda ichishga toza suvi yoʻq boʻlgan odamlar juda koʻp. + Iflos suvni
ichish insonning sogʻligiga zarar yetkazishi mumkin. + Oʻz aholisining sogʻligi
haqida qaygʻurish hukumatlarning vazifasidir. = –––––––––––––––––––––––––––
–––––––––––––––––––––
Yuqoridagi chiziq oʻrnida quyidagi jumlalardan qaysi biri boʻlishi
kerak? A Odamlar iflos suv ichmasligi kerak.
B Hamma soʻglom boʻlishga harakat qilishi kerak.
C Koʻp odamlar toza suv topish uchun uzoq yoʻl bosishiga toʻgʻri keladi.
D Hukumatlar hech qachon oʻz vaziflarini bajarmaydilar.
E Hukumatlar oʻz aholisi toza suv bilan taʻminlashi kerak.
21. Maktabimiz o’quvchilari bilan suhbatda mashhur tadqiqotchi: “Yoshlar
sarguzashtsevar bo’lishi kerak. Bu ularning o’zlari uchun foydali” - dedi. Quyidagi
faktlardan qaysi biri tadqiqotchining gapini toʻldirib, eng yaxshi isbot bo’la oladi?
A Ba’zi yoshlar tabiiy ravishda boshqalaridan jasurroq bo’ladi.
B Hayotda hech qachon tavakkal qilmaydigan odamlar xavfli vaziyatlarda qanday
harakat qilishni bilmaydilar.
C Baxtsiz hodisalardan butunlay qutilish mumkin emas, lekin ehtiyotkor odamlar
ularga kamroq duch keladilar.
D Kerak bo’lmagan vaziyatlarda ham tavakkal qiladigan odamlar o’zlarini ham,
boshqalarni ham xavfga duchor qiladilar.
E Sayohatsevar bo’lish hamisha ham xavfli tavakkal qilish degani emas
Download 14.27 Kb.




Download 14.27 Kb.