|
2-ma’ruza mavzu: Mantiqiy elementlar Reja: Mantiqiy elementlar. Invertorlar. Takrorlovchilar va buferlar
|
bet | 1/11 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 123,04 Kb. | | #110631 |
Bog'liq 2-ma’ruza mavzu Mantiqiy elementlar Reja Mantiqiy elementlar.
2-MA’RUZA
Mavzu: Mantiqiy elementlar
Reja:
1. Mantiqiy elementlar.
2. Invertorlar.
3.Takrorlovchilar va buferlar.
4. VA, VA – YO‘Q, YoKI, YoKI – YO‘Q mantiqiy elementlari.
5. YoKI Inkor etish mantiqiy elementi.
6. Murakkab mantiqiy elementlar.
Tayanch iboralar: mantiqiy element, invertorlar, takrorlovchilar, chinlik jadval, impuls generatorlari, signalni ushlanishi, multipleksirlash, buferlar.
1. Mantiqiy elementlar.
Raqamli elektronikaning asos elementlarini о‘rganishni eng oddiy elementlardan boshlaymiz, sо‘ng murakkabroq va undan ham murakkablarini о‘rganb boramiz. Har bir keyingi elementni tadbiq qilinishiga misollar oldin о‘tilgan barcha elementlarga tayanadi. Shuning natijasida bosqichma – bosqich yetarli darajada murakkab bо‘lgan raqamli qurilmalarni qurish tamoyillari berilib boriladi.
Mantiqiy elementlar (yoki, yaʻna ularni ventellar ham deb ataydilar, gates) – bu eng oddiy raqamli mikrosxemalardir. Aynan ularning boshqa mikrosxemalardan farqi shu soddalikdadir. Odatda, bitta mikrosxema g‘ilofi ichida bitta bir xil mantiqiy elementdan to oltitagacha bо‘lishi mumkin. Ba’zida bitta g‘ilof ichida birnecha xil mantiqiy element joylashgan bо‘lishi mumkin.
Odatda har bir mantiqiy element bir nechta kirish (bittadan to о‘n ikkitagacha) va bitta chiqishga ega bо‘ladi. Shu bilan bir qatorda chiqish signali bilan kirish signalining bog‘liqligi (chinlik jadvali) juda ham oddiy. Elementning kirish signalining har bir kombinatsiyasiga uning chiqishida nol qiymat yoki bir qiymat mos keladi. Mantiqiy elementlarda hech qanday ichki xotira yо‘q, shuning uchun ular kombinatsion mikrosxemalar guruxiga kiradi. Ammo, keyingi bobda kо‘riladigan ancha murakkab kombinatsion mikrosxemalardan farqli, mantiqiy elementlarning kirishlarini bajaradigan vazifalariga qarab guruxlarga ajratib bо‘lmaydi.
Mantiqiy elementlarning boshqa raqamli mikrosxemalarga nisbattan asosiy afzalliklari bu ularning yuqori tezligi (ushlanish vaqtining kamligi) va shuningdek kam istemol quvvati (istemol toki kam). Shuning uchun bajarilishi talab etiladigan funksiyani faqat mantiqiy elementda amalga oshirish mumkin bо‘lgan holda, har doim bu variantni tahlil qilib kо‘rish foydalidir. Mantiqiy elementlarning kamchiligi quyidagidan iborat, ular asosida kam bо‘lsa ham murakkabroq funksiyani joriy etish ancha mushkul ish. Shuning uchun kо‘pincha mantiqiy elementlarni faqat ancha murakkab va ancha “aqilli” mikrosxemalarga qо‘shimcha sifatida ishlatiladi.
|
| |