3. Takrorlovchilar va buferlar
Takrorlovchilar va buferlar invertorlardan farqi avvalombor signalni teskarisiga о‘zgartirmaydi (tо‘g‘ri invertlovchi buferlar ham mavjud). U holda ular nima uchun kerak? Birinchidan, ular signalni yuklama xususiyatini oshirish vazifasini bajaradi, yani bitta signalni kо‘p kirishga berishga imkon yaratadi. Buning uchun chiqish toklari yuqori bо‘lgan buferlar va 2S chiqishligi bor, masalan, LP16 (oltita buferli takrorlovchilar ). Ikkinchidan, kо‘pchilik buferlar OK chiqishga ega yoki 3S, bu esa ularni ikki yо‘nalishli aloqa yо‘llarini xosil qilishga yoki signallarni multipleksirlash uchun ishlatishga imkon beradi. Bu atamalarni batafsil tushintiramiz.
Ikki yо‘nalishli aloqa yо‘li (simlar) deb, signallarni ikkita qarama- qarshi yо‘nalishga tarqala oladigan yо‘llariga aytiladi. Bir yо‘nalishli aloqa yо‘llaridagi bitta chiqishdan bitta yoki bir nechta kirishlarga boruvchi ulanishlarga qaraganda ikki yо‘nalishli aloqa yо‘llarining farqi, ikki yо‘nalishli aloqa yо‘llariga bir vaqtning о‘zida bir necha kirishlar va bir necha chiqishlar ulanadilar (3.6-chizma). Tushunarliki, ikki yо‘nalishli yо‘llar faqat OK chiqishlar yoki 3С chiqishlar asosida tashkillashtirilishi mumkin. Shuning uchun deyarli barcha buferlar aynan shunday chiqishlarga egadir.
3.6-chizma. Ikki yо‘nlishli aloqa yо‘li.
Multipleksirlash deb, vaqtning turli qismlarida turli signallar bitta yо‘ldan uzatilishiga aytiladi. Multiplesirlashning asosiy maqsadi ulanish yо‘llarining umumiy sonini qisqartirishdan iborat. Ikki yо‘nalishli aloqa yо‘li albatta multiplesirlangan bо‘ladi, yо‘llarni multiplesirlash bir taraflama va shuningdek ikki taraflama bо‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham unga bir necha chiqishlar ulanib ulardan faqat bittasi har bir vaqt momentida faol holatda bо‘ladi. Qolgan chiqishlar bu vaqtda о‘chiq holatga о‘tadi (passiv holatga о‘tadi). Ikki yо‘nalishli aloq yо‘lidan farqli о‘laroq , buferlar asosida qurilgan multpleksirlangan yо‘llarga faqat bitta kirish ulanishi mumkin, lekin albatta bir nechta OK li yoki 3S li chiqishlar ulanadi (3.7-chizma). Multpleksirlangan yо‘llar na faqat buferlarda qurilishi mumkin, multipleksor mikrosxemalarida ham quriladi, ularni 3 bobda kо‘rib chiqiladi.
OK chiqishli buferga misol tariqasida ЛП17 mikrosxemasi xizmat qilishi mumkin (OK li oltita buferlar). Xuddi OK li invertor holidagi kabi (3.5-chizmaga qaralsin), OK li bir necha buferlarning chiqishlari “montajli VA” funksiyasini hosil qilish uchun ulanishi mumkin, yaʻni chiqishida mantiqiy bir bо‘ladi, faqat barcha kirishlarda bir bо‘lgan holdagina (3.8-chizma). Yaʻni kо‘p kirishli VA elementi joriy etiladi (3.3 bо‘limga qaralsin).
3.7-chizma. Buferlar asosidagi bir yо‘nalishli multipleksirlangan aloqa yо‘li.
3.8-chizma. OK chiqishli buferlarni birlashtirish.
3S chiqishli buferlar ancha kо‘p sonli mikrosxemalar orqali berilgan, masalan: ЛП8, ЛП11, AП5, AП6, AП14. Bu buferlar albatta boshqarish kirishga EZ (yoki OYE) ega bо‘ladilar, u chiqishlarni uchinchi holat passiv holatga о‘tqazuvchidir. Odatda, bu kirishda uchinchi holatga bir mos keladi, chiqishlarining faol holatiga esa - nol tо‘g‘ri keladi, yani EZ signali manfiy qutbga ega bо‘ladi.
Buferlar bir yо‘nalishli yoki ikki yо‘nalishli, signallarni inversiyasi bilan yoki inversiyasiz, barcha kirishlarini bir vaqtda boshqarishli yoki guruxli chiqishlarni boshqarishli bо‘ladilar. Buning hammasi bufer mikrosxemalarining kо‘p turdaligini kо‘rsatadi. Sodda bir yо‘nalishli inversiyasiz buferga ЛП8 mikrosxemasi misol bо‘la oladi (chiqishlari 3S turidagi tо‘rtta bufer va alohida boshqarishli ). Tо‘rtta buferlarning har biri о‘zining EZ ruxsat kirishiga ega. Buferning chinlik jadvali juda oddiydir (3.2 jadval): boshqarish kirishida nol signali bо‘lganda chiqish kirishni qaytaradi, bir bо‘lgan holda esa – chiqish о‘chirilgan holatda bо‘ladi. Bu mikrosxemani bittali signallarga ishlov berish uchun tatbiq etish qulay, yaʻni chiqishni о‘chirish imkoniyati bо‘lgan holda kirish signalini takrorlash uchun.
|