|
VA, VA – YО‘Q, YOKI, YOKI – YО‘Q mantiqiy elementlari
|
bet | 6/11 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 123,04 Kb. | | #110631 |
Bog'liq 2-ma’ruza mavzu Mantiqiy elementlar Reja Mantiqiy elementlar. 4. VA, VA – YО‘Q, YOKI, YOKI – YО‘Q mantiqiy elementlari
Raqamli elektronika komponentlarini murakkablashish yо‘lidagi keyingi mikrosxemalar guruxi – bu oddiy mantiqiy funksiyalarni bajaruvchi elementlardir. Bu elementlarning hammasining umumiy tomoni, ulardagi teng huquqli bir necha kirishlari (2 dan 12 gacha) va bitta chiqishining mavjutligi. Chiqishidagi signal kirishidagi signallarning kombinatsiyasi bilan aniqlanadi. Eng kо‘p tarqalgan mantiqiy funksiyalarni quyidagi elementlar tomonidan bajariladi, - bu VA (Rossiya mikrosxemalarni belgilash tizimida - ЛИ), VA-YО‘Q ( belgilanishi - ЛА ), YOKI (belgilanishi - ЛЛ) va YOKI-YО‘Q (belgilanishi - ЛЛ). Element nomida YО‘Q sо‘zining mavjudligi faqat mikrosxemaga signalni teskariga о‘zgartirish (invertlash) sxemasi joylashtirilganligini bildiradi. Xalqaro belgilash tizimida quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: АND – VA funksiyasi, NAND – VA-YО‘Q funksiyasi, OR – YOKI funksiyasi, NOR – YOKI-YО‘Q funksiyasi.
3.4 jadvalda yuqorida keltirilgan mantiqiy funksiyalarning chinlik jadvali berilgan. Shu bilan bir qatorda esda saqlash kerakki, bu holda gap faqat musbat mantiq, kirish va chiqishlardagi musbat bir signallari haqida yuritiladi.
VA elementining chiqishida bir signali hosil bо‘lishi uchun uning barcha kirishlarida (birinchisida xam, ikkinchisida ham, uchinchisida ham va hokazo) faqat bir signali bо‘lishi kerak. Agarda gap VA-YО‘Q elementi haqida bо‘lsa, chiqishida nol signal hosil bо‘ladi, qachonki barcha kirishlarida bir bо‘lsa. Funksiya oldidagi raqam elementning kirishlar sonini bildiradi. Masalan, 8 VA-YО‘Q – bu sakkiz kirishli teskari chiqishli VA elementi bо‘ladi.
|
| |