• II BOB. Gulli o‘simliklarning kelib chiqishi
  • I BOB.
  • Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi Mundarija I bob. Yopiq urug’lilar




    Download 0,71 Mb.
    bet1/11
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #260958
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    33-Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi.pptx


    Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi


    Mundarija


    I BOB. YOPIQ URUG’LILAR
    1.1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi.
    1.2 Yopiq urug‘li o‘simliklarning sinflari.
    1.3 Yopiq urug‘li o‘simliklarning xarakterli belgilari.
    II BOB. Gulli o‘simliklarning kelib chiqishi
    2.1. Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi.
    2.2. Gulning tuzilishi.
    2.3. Gul qismlari.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Fanning maqsadi - o’simliklarning tuzilishi va atrof-muhit omillariga


    moslashishi, o’simliklarning dunyo bo’yicha tarqalishi, taksonomiyasi, hayotiy
    shakllari, kelib chiqishi, taksonomik birliklar, toksonlarga bo’linish qonuniyatlarini
    o’rganish talabalarni prokariot va eukariot organizmlar va evolyutsion rivojlanish
    natijasida kelib chiqqan tuban o’simlik guruhlari bilan tanishtirish (suvo’tlar,
    zamburug’lar va lishayniklar) O’simliklar organizmini, uning makro va mikro
    tuzilishini, moslashuvchan xususiyatlarini, ontogenezdagi o’zgarishlar, ko’payish
    usullari, sistematik tasnifi o’simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati
    haqida ta’lim berish, ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
    Mazkur fanni o‘zlashtirish natijasida talaba Davlat ta’lim standartlarida belgilangan
    bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
    Fanning vazifasi - talabalarga Botanika fanining ilmiy-nazariy asoslarini; ulardan
    foydalanish usullarini; zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash;
    mikropreparatlar tayyorlashni; o’quv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni; olingan
    natijalarni tahlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’rgatishdan
    iborat.
    I BOB. YOPIQ URUG’LILAR
    1.1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi.

    Yopiq urug’lilar bir qancha belgilari bilan o`simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi.


    1. Yopiq urug`lilarning urug`i meva ichida bo`ladi, shuning uchun ham bu o`simliklar "Yopiq urug`lilar" deb ataladi.
    2. Bularning changchi va urug`chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shakli bilan bir-biridan farq qiladi.
    3. Changlanishi hamda urug` va mevalarning tarqalishi turli usullar: shamol, hashoratlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi.
    4. Bulardan qo`sh urug`lanish sodir bo`ladi va natijada faqat murtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi.
    5. Yopiq urug`lilarning urug`kurtagi uruqqa, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug`i mevabarglar ichida yetiladi.
    6. Yopiq urug`lilar boshqa o`simliklar guruhlariga nisbatan juda murakkab morfologik va anatomik tuzilishga ega. Yopiq urug`lilar urug`kurtagining meva qobig`i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o`ziga xos belgilari ularning o`zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan unga takomillashmagan o`simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o`simlik ekanligini ifodalaydi.
    Yopiq urug`li o`simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo`linadi. Bu sinflarning har birining o`ziga xos belgi xususiyatlari yig`indisi bilan xarakterlanadi.
    Ikki pallali o`simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug` pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo`lganligidan tanasi ikkilamchi yo`g`onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to`dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o`yiqli, barg tomirlari to`r shaklida bo`ladi. Gullari 5 bo`lakli tipda.
    Gul qo`rg`oni ko`pincha, qo`sh bo`ladi.
    Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o`simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o`simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi.
    Xozirgi yopiq urug`lilardan ko`p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba`zi boshqa o`simliklar eng oddiy o`simlik hisoblanadi. Ko`p mevalilarning juda ko`p oddiy belgilari xos bo`lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o`rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko`p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va urug`-chilarining ko`pligi bu o`simliklar uchun ayniqsa xarakterli.
    Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruxi bo‘lib xozirgi geologik davrining xukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan.
    Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu davrning xukumron o‘simliklar guruxiga aylandi.
    Yopiq urug‘lilar gurnxiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanli-gini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug‘doy, sholi, jo‘xori, kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillaridir.
    Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida metamorfozalar ham mavjud.
    Yopiq urug‘lilar anatomik tuzilishi ham yalang‘och o‘sim-liklardan ustun turadi. Ular poyasida traxeyalar va suv naylari bo‘ladi. Bu o‘simliklar ildizdan suvni onsonroq so‘rishga va bug‘latishga yordam beradi. Bulardan tashqari yopiq urug‘lilar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
    1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham ular "Yopiq urug‘li o‘simliklar"deb ataladi.
    2. Ularda otalik xamda mevacha (onalik)dan iborat gul bo‘ladi. Ba’zi istisno e’tiborga olinmaganda, ularda gulqo‘rg‘on bor. Gullari juda xilma-xil shaklda bo‘ladi.
    3. Gullarning changlanishini va urug‘ hamda mevalarning tarqalishi har xil yo‘llar bilan boradi, ya’ni shamol, xashoratlar, qushlar va suv yordamida changlanadi. Yopiq urug‘lilarning qariyib 900/о xashoratlar yordamida changlanadi.
    4. Bu o‘simliklar ikkilamchi urug‘lanadi, buning natijasida faqat murtak emas, balki endosperm xam hosil qila-di.
    5. Yopiq urug‘lilarning urug‘ kurtagi urug‘ga, tuguncha mevaga aylanadi va mevalar mevacha barglarining himoyasida yetiladi.
    6. Yopiq urug‘li o‘simliklarning morfologik va anatomik jihatdan boshqa tipdagi o‘simliklarga nisbatan juda ham murakkab tuzilgan.
    Yopiq urug‘lilarning nasllari changlanishda, yuqori o‘simliklarning boshqalari singari, sporofit nasl hukmronlik qiladi. Ammo sporofit nasl yopiq urug‘lilarda juda yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib qariyib individning hamma qismini tashkil etadi. Gametofit nasl nihoyatda reduksiyalangan bo‘lib,
    sporofitdan ajralmagan holda gulda uning hisobiga taraqqiy etadi. Gametofit ayrimjinsli bo‘ladi. Erkak gametofit changining o‘sishdan h-sil bo‘lgan chang naychasi va uning ichidagi bitta vegetativ, ikkita spermiy deb yuritiladigan xivchinsiz generativ yadrodan, urg‘ochi gametofit esa urug‘kurtakda joylashgan 8 ta yadroli murtak xaltasidan iborat. Yopiq urug‘lilarda arxegoniy taraqqiy etmaydi.
    Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi
    Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi hali juda aniq hal etilmagan. Lekin bu haqda turli xildagi fikrlar ma’lum. Masalan, ayrim olimlar yopiq urug‘li o‘simliklar urug‘li paporotniklardan, boshqalar bennetit yoki gnetumlardan kelib chiqqan deb taxmin qiladilar. Biroq yalang‘och urug‘lilar bilan yopiq o‘rtasidagi oraliq shakllar noma’lum.
    Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi masalasini xal etishda gulning kelib chiqishini hal etish kerak.
    Gulni kelib chiqishi xaqida asosan 2 ta nazariya mav-jud.
    1. Avstraliyalik olim Vetshteyn nazariyasi.
    2. Nemis olimi G.Galir va ingliz olimlari A.N.Arber va D.Parken nazariyalaridir.
    Vetshteyn nazarisiga ko‘ra gul aslida efedraga o‘xshash yalang‘och urug‘lilarning o‘zgargan va soddalashgan to‘pguldan iborat. To‘pguldagi har bir otalik va onalik ayrim gul hisoblanadi. Bu nazariya psevdant yoki soxtagul nazariya deb ataladi. Bu nazariyaga muvofiq sodda tuzilgan gullar ayrim jinsli, oddiy gulqo‘rg‘onli yoki gulqo‘rg‘onsiz bo‘ladi.
    Ikkinchi nazariya benettitlar topilib, fanga ma’lum bo‘lgandan keyin, ya’ni 1905 yilda yaratiladi. Bu nazariyaga ko‘ra yopiq urug‘lilarni guli yalang‘och urug‘lilarga qarashli bo‘lgan benettitlar ajdodining ikki jinsli va o‘zgargan qubbasi strobildan iborat. Biroq benettitlar strobil-gullarida chin onalikni yo‘qligini va mikrosprofilining shoxlangan bo‘lishi bilan chin guldan farq qiladi. Ikkinchi tomonidan, bennettitlarning strobili o‘zining umumiy tuzilishi jihatidan yopiq urug‘lilarning eng ibtidoiy vakili bo‘lgan magnoliyaning guliga o‘xshab ketadi. Arbor va Parkinlar bennettitlar strobilining yuqorida tasvirlangan tuzilishini hisobga olgan holda, bennettitlar strobili guli bilan yopiq urug‘lilar guli oralig‘idagi taxminiy, ya’ni gipotetik gulning tasviriy
    sxemasini yaratadilar.

    Download 0,71 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi Mundarija I bob. Yopiq urug’lilar

    Download 0,71 Mb.