Magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li o’simliklar klassifikatsiyasi




Download 0,71 Mb.
bet4/11
Sana06.06.2024
Hajmi0,71 Mb.
#260958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
33-Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi.pptx

Magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li o’simliklar klassifikatsiyasi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan oshla, shu kungacha juda ko’p filogenetik sistemalar tuzilgan. Lyokin, yopiq urug‘li yoki gulli o’simliklarga (magnoliyatoifa) doir barcha botanik olimlar tomonidan ma’qullangan yagona filogenetik sistema mavjud emas.
XIX asrda tuzilgan sistemalar orasida nemis botanigi A.Engler tomonidan tuzilgan sistemani ko’pchilik mutaxasisslar muxim amaliy ahamiyatga ega, deb hisoblaydilar. «O’zbyokiston florasi» ham shu sstema asosida yozilgan (1-6 t.t). Bu sistemaning afzalligi, unda turkum, kenja turkum, ayrim hollarda turlar ham aniqlashtirilgan.
1901 yilda Avstriya botanigi R.Vettshteyn tomonidan tayyorlangan filogenetik sistema A.Engler sistemasiga yaqin turadi. Bu olimlar filogenetik sistemani tuzishda mayda gulli, bargsimon, to’pgulli va shamol vositasida changlanadigan o’simliklarni dastlabki yopiq urug‘lilarga mansub, deb hisoblagan.
G.Galler va A.Taxtadjyanlar esa bu belgilarni ikkilamchi belgi, deb hisoblaydilar.
Filogenetik sistemalarning ko’pchiligida yopiq urug‘li yoki gulli o’simliklar (magnoliyatoifa) ikki sinfga: Ikki urug‘pallalilar yoki magnoliyasimonlar (Magnoliopsida); Bir urug‘pallalilar yoki lolasimonlarga (Liliopsida) bo’linadi.
1987 yilda A.Taxtadjyan tomonidan yaratilgan eng so’nggi filogenetik sistemada, ikki urug‘palalilar yoki magnoliyasimonlar sinfi 7 ta sinfcha, 128 ta qabilaga, 325 ta oila va 10.000 ta turkumga mansub bo’lgan 207.000 turga ega. Bir urug‘pallalilar yoki lolasimonlar sinfi esa, 3 ta sinfchaga, 37 qabilaga, 122 oila, 3010 turkumga mansub bo’lgan 63.000 turga ega.
Bu ikki sinf vakillari o’ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bir farqlar esa nisbiy bo’lganligi uchun ham ayrim botaniklar yopiq urug‘lilar yoki gulli o’simliklarni bir pallalilar va ikki urug‘pallali o’simliklarga bo’lish tarafdori emaslar, bir urug‘pallalilarni o’xshashlik belgilariga qarab ikki urug‘pallalilar orasiga joylashtirishni ma’qul, deb hisoblaydilar.
Magnoliyatoifa yoki gulli o’simliklar bo’limi ikki sinfga bo’linadi:
1. Ikki urug‘pallalilar yoki magnoliyasimonlar (Magnoliopsida).
2. Bir urug‘pallalilar yoki lolasimonl ar (Li1iopsida).



Download 0,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li o’simliklar klassifikatsiyasi

Download 0,71 Mb.