• Murakkab to’pgullar.
  • Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi Mundarija I bob. Yopiq urug’lilar




    Download 0,71 Mb.
    bet9/11
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #260958
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    33-Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi.pptx

    To’pgullar va ularning turlari. Aksariyat o’simlik-larda gullar to’p-to’p bo’lib joylashadi va ular to’pgullar deyiladi. To’pgullarning shakli, o’lchami va undagi gullar soni turlicha bo’ladi.
    To’pgullarda gullar uning birinchi tartib o’qida joylashgan bo’lsa oddiy to’pgul, ikkinchi yoki uchinchi tartibdagi o’qiga o’rnashgan bo’lsa murakkab to’pgul deyiladi.





    2.2.5-rasm. Oddiy to’pgullar.
    A- boshoq, B- so’ta, V- shingil, G- kuchala, D- soyabon,
    YE- boshcha, J- savatcha (uzum shingili).
    Oddiy to’pgullar. Bu to’pgullarning quyidagi tiplari mavjud.
    Boshoq. Bunday to’pgulning asosiy o’qida bandsiz yoki bandli gullar zich joylashadi (zubturum, tizimgul
    va boshqalar).
    Shingil yoki shoda. Bunda asosiy gul o’qida gulbandiga ega bo’lgan gullar yakka-yakka joylashadi
    Oddiy qalqon. Asosiy gul o’qining pastida joylashgan gul bandlari uzunroq bo’lib, gulning hammasi bir tekis joylashadi (olma, nok va do’lana).
    So’ta. Bitta etdor yo’g’on o’qda boshoqdagi singari bir necha gullar joylashadi (makkajo’xori).
    Soyabon. To’pgulning asosiy o’qi qisqa, barcha gullarning gulbandlari shu o’q ichidan chiqqan kabi joylashadi (gilos, nok, piyoz, primula).
    Boshcha. Asosiy o’q biroz kengaygan, gullar bandsiz yoki qisqa bandli bo’ladi (o’barga).
    Savatcha. Asosiy o’q «savatchaga» o’xshash kengaygan bo’lib, mayda o’troq gullar zich joylashadi. Bular kungaboqar, bo’tako’z, qoqida uchraydi (19- rasm).
    Murakkab to’pgullar.
    Gul o’qining o’sishiga qarab murakkab to’pgullar simpodial yoki aniq va monopodial yoki noaniq to’pgullarga bo’linadi. Simpodial to’pgulning o’qi gul bilan tugaydi, gullarning ochilishi uchidan yon novdalarga tomon, gullar bir tekislikda joylashganda gullash markazdan chetga tomon boradi.
    Monopodial tupgulning o’qi uzoq o’sib, gullarning ochilishi asosidan uchiga tomon, gullar bir tekislikda joylashganda esa markazga tomon boradi.
    Simpodial gullar o’z navbatida quyidagi tiplarga bo’linadi (20- rasm):
    Monoxaziy. Bu to’pgul ikki xil bo’ladi: gajak va ilonizi to’pgul. Gajak to’pgulning o’qi bir tomonlama o’rnashib buralgan bo’ladi (kampirchopon). Ilonizida o’qi ikki tomonlama birin-ketin o’rnashgan bo’lib, iloniziga o’xshaydi (mingdevona).
    Dixaziy (ayri to’pgul). Uning asosiy o’qi gul bilan tugaydi. Yonidagi o’zaro qarama-qarshi o’qlar o’sib, ular ham gul bilan tugaydi (chinnigullilar va meliyada).
    Pleyoxaziy (soxta soyabon to’pgul). To’pgulning asosiy o’qi qisqargan, atrofda doira holida o’rnashgan bir qancha o’qlardan tashkil topgan to’pgullar joylashadi (sutlamadoshlarda).
    Tirs. To’pgulning markaziy o’qida bir necha oddiy to’pgullar joylashadi (labguldoshlar, kapalakguldoshlar, sigirquyruqdoshlar).
    Monopodial tupgullarning esa quyidagi tiplari mavjud (21- rasm):
    Murakkab shingil yoki shoda. Gulning asosiy monopodial o’qi uzoq muddat o’sadi va undan bir nechta shoxchalar, bu shoxchalardan ikkinchi tartibli shoxchalar rivojlanadi va ularda gullar hosil bo’ladi (qashqarbeda).
    Murakkab soyabon to’pgullar. Asosiy gul o’qi qisqarib,


    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi Mundarija I bob. Yopiq urug’lilar

    Download 0,71 Mb.