|
Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi Mundarija I bob. Yopiq urug’lilar
|
bet | 11/11 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #260958 |
Bog'liq 33-Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi.pptxApomiksis. Jinsiy hujayralar qo’shilishida urug’lanmagan tuxumhujayradan yangi organizm rivoj-lanishi apomiksis deyiladi (yunon. ano-inkor, miksis-qorishish). Bu hodisa ko’pincha qoqidoshlar, ra’nogul-doshlar va g’alladoshlar singari evolyusion jihatdan taraqqiy etgan oilalarda kuzatilganligi sababli, apomiksis kelgusida jinsiy ko’payish o’rnini egallaydi, natijada yangi o’simliklar guruhi paydo bo’ladi, degan fikrlar bildirilmoqda.
Ayrim o’simliklarda urug’murtagi tuxumhujayra urug’lanmasdan rivojlanadi. Bu hodisa partenogenez deyiladi. Urug’lanmasdan meva ham hosil bo’lishi mumkin, lekin uning urug’i puch bo’ladi. Bu hodisa esa partenokarpiya deyiladi.
Xulosa
YOPIQ URUG‘LILAR (Angiospermae) gulli o‘simliklar — yuksak o‘simliklar bo‘limi (tipi). Urugchisining bo‘lishi, qo‘sh urug‘lanishi Yo. u.ning o‘ziga xos belgisidir. Urug‘chisi gulning markazida joylashib, tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat. Urug‘chi tugunchasidagi kovakda urug‘kurtak rivojlanadi. Urug‘langan tuguncha mevaga aylanib, uning ichidagi urug‘kurtakdan bitta yoki bir nechta urug‘ hosil bo‘ladi (nomi ham shundan kelib chiqqan). 200 mingga yaqin turi bo‘lib, 300 oilaga mansub 10 mingdan ortiq turkumi bor. Tasnifi 16-asrdan boshlangan bo‘lsa ham fan tomonidan qabul qilingan tizimi hali ishlab chiqilgan emas. O‘nlab tizimi taklif qilingan, shulardan ikkitasi — ikki pallalilar va bir pallalilar sinfi ko‘proq qabul qilingan. Odamlar uchun foydali ko‘pgina o‘simliklar, jumladan oziqovqat o‘simliklari (zig‘ir, g‘o‘za, bug‘doy va boshqalar), yemxashak o‘simliklari (suli, beda va boshqalar), xushbo‘y, dorivor, mevali va kauchukli o‘simliklar Yo. u.ga kiradi. Ba’zi turlaridan qurilish materiallari olinadi.
A D A B I YO T L A R
1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom Vbisshaya shkola 1982.
2. Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I, Razdorskiy V.F,Uranova.A "Botanika" II tom, O‘simliklar sistemati-kasi", Toshkent 1963g
3.Jebrak A.R. "Kurs botaniki", M. Med, izd. ,1949.
4.Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949.
5. Komilova F, Jongurazov F."Botanikadan amaliy mashg‘ulotlar",Toshkent,"Mexnat" 1986.
6. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombbitko.Botanika.M.Iz-vo «Vbisshaya shkola" 1990 god.
7. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika. T. «O‘qituvchi» 1995 yil
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi Mundarija I bob. Yopiq urug’lilar
|