|
II BOB Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi
|
bet | 6/11 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #260958 |
Bog'liq 33-Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi.pptxII BOB Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi.
2.1.Gulning tuzilishi.
Jon Reydan keyin,ya’ni 1682 yildan boshlab, to shu kungacha gulli o‘simliklarni 2 sinfga: ikki pallali yoki ikki urug‘lilar va bir pallalilar yoki bir urug‘lilarga bo‘lish qabul qilingan. Bir pallalilarning murtagi esa bir urug‘ bargli bo‘lib, bosh ildizi tezda nobud bo‘ladi. Uning o‘rniga qo‘shimcha popuk ildizlar taraqqiy etadi. Barglari paralel tomirlangan, guli ko‘pincha oddiy gul qo‘rg‘onli bo‘lib, gul qismlari doirada 3 tadan joylashgan bo‘ladi.
Bu 2 sinf orasidagi farqi tubandagi jadvaldan yanada yaqinroq ko‘rish mumkin.
N j Organlar
1. Murtagi
2. Urug‘i
3. Ildiz sis-si
4. Nay tolalari to‘plami
5. Kambiy
6. Barglari
7. Barg tomir-
2 pallalilarda
1 pallalilarda
Umuman olganda xar ikkala sinf ko‘zga yaqqol tashla-nadigan qator belgilarga ega. Bundan tashqari, bu sinf vakillari o‘zaro vegetativ yo‘l bilan ham jinsiy yo‘l bilan ham xech bir chatishmaydi. Gul qismlarining joylanish qonuniyati, diagrammalari va formulalari.
Gul o‘simliklarning turlariga,ularning biologiyasiga, gul a’zolarining joylashishiga qarab xilma xil shaklda bo‘ladi.
Ko‘pchilik o‘simliklarning gul qismlari doira yoki siklik, ba’zi bir ajdodlarda esa birin-ketin spiral yoki atsiklik shaklda joylashadi. Atsiklik gullar magno- liyadoshlar, ayiqtovondoshlar oilasining vakillarida uchraydi.
Gul qismlarining joylashishida atsiklik gullarning siklik gullarga o‘tish xollarini ham uchratish mumkin. Bunday gullar chala doirali yoki gemitsiklik gullar deb ataladi. Shu xildagi gul qismlarining ba’zi biri (kosachabarglar) doira, boshqalari esa (otalik va onaliklar ) spiral holda o‘rnashadi.
Gul qismlari qirrali nisbatlar va doiraning gallanish qonuniyati asosida joylashadi.
Qirrali nisbatlar qoidasi. Bu qoidaga muvofiq ikki pallali o‘simlik gul doiralari ko‘pincha 5, 4 va 2 qismli bo‘ladi. Mas. zig‘ir o‘simligining kosachabargi 5 ta, toj-bargi 5 ta, otaligi 10 ta, meva bargi 5 ta. Bir palla-lilarda 3 qismli, mas. lolada gultojbarglar 6 ta bo‘lib, 2 qator joylashgan 3+3. Otaligi 3+3 tadan, onalik uch meva bargdan iborat.
Diagramma va formulalar. Gulning sxematik tuzilishi, gul qismlarining bir-biriga bo‘lgan nisbati diagramma va formulalarda yaqqol ko‘rinadi. Gul tuzilishida gorizontal yuzaning sxematik proyeksiyasi diagramma deb ataladi.
Doiradagi gulning ayrim qismlari xar xil shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Diagramma ochilmagan gul g‘unchasining ko‘ndalang kesimiga qarab tuzilgan. Diagrammada gulqo‘rg‘on qismlari yoy shaklida ko‘rsatiladi. Kosachabarglar sirtidan o‘rtasiga tumorchasi bor yoylar bilan, tojibarglar tumorchasiz oddiy yoylar bilan ifodalanadi. Otaliklar ochilmagan changdonning ko‘ndalang kesimi shaklida, onaliklar tugunchaning ko‘ndalang kesimi shaklida
ko‘rsatiladi. Agar gul qismlari tutashgan bo‘lsa ular birlashtiriladi. Diagrammalar 2 xil bo‘ladi. 1. Emprik diagrammada to‘la ochilgan va voyaga yetgan gul tasvirlanadi. 2. Nazariy diagramma gulning tarixiy rivojlanishi xisobga olingan xolda tuziladi.
GUL-FLOS
Gul o‘simliklarning urchuvchi, ya’ni ko‘payuvchi generativ organidir. Gul qisqargan novdadan tashkil topgan. Gulning o‘rni va bandi qisqargan, novda,gulning boshqa qismlari esa qiyofasini o‘zgartirgan barg. Gulning hamma qismlari gul o‘rniga joylashgan. Gul qiyofasini o‘zgartirgan novda barg, ekanligini XVIII asrda nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Gul asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. Gul bandi
2. Gul o‘rni
3. Gul tevaragi(gul qo‘rg‘oni)
4. Kosacha
5. Gul tojisi
Demak, gul qismlari dastlab gul kurtagi ichida shakllanadi.
Gul kurtagi tashqi tomondan qiyofasini o‘zgartirgan barglar bilan qoplangan. Gul kurtagining 2 ta tipi mavjud bo‘lib, biri haqiqiy, ikkinchini aralashdir. Haqiqiy gul kurtagida hosil qismi bilan kurtak qoplamasi bo‘lsa, aralash kurtakda hosil qismi bilan boshlang‘ich vegetativ novda mavjud bo‘ladi.
Gul yon bargi bilan gul orasidagi novda gul bandi deb ataladi. Gul bandining uchki qismi kengayib, gul o‘rni - torus hosil qiladi. Gul o‘rni turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Gul o‘rni ayrim xollarda gul qo‘rg‘onning pastki qismi, changchi va urug‘chilar bilan birga o‘sib, o‘ziga xos shakliga kirish, gipantiya deyiladi. Gipantiy atirgullar va ayrim dukkaklilarga xosdir. Gipantiy meva hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Gul - steril va fertil (xosildor) qismlardan iborat. Steril qismiga - gulqo‘rg‘oni (kosacha va tojbarg) fertil qismiga (changchi va urug‘chi) kiradi
Ba’zan gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘ladi. Gul o‘rnida faqat kosacha yoki tojbarg joylashgan oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Gul kosachasimonlarga otquloq, lavlagi
misol bo‘ladi. Gul tojsimonlarga lola, gulsapsar, marvaridgul kiradi. Kosacha bo‘lsa, tojisi bo‘lmaydi va aksincha (okolotsvetnik prostoy). Gulning asosiy qismlari otalik va onaliklardir.
6. Otalik
Otalik 3 qismdan tashkil topgan.
a) otalik ipi
b) changdon
v) chang
7. Onaligi
1. Onalik og‘izchasi
2. Onalik ustunchasi
3. Onalik tugunchasi
Gul qo‘rg‘oni faqat kosachadan tashkil topgan bo‘lsa, kosachasimon gul (nasha, lavlagi, krapiva) bo‘ladi.
Gul qo‘rg‘onida faqat gul tojisi bo‘lsa, tojsimon gul (lola, gulsafsar, liliya) deyiladi.
Oddiy gul qo‘rg‘onida kosacha yoki toj bargi bo‘ladi. Murakkab gul qo‘rg‘onida ikkalasi ham bo‘ladi. Kosacha Calex - bu kosacha barglardan tashkil topgan (chashelis-tiki). Kosacha barglar bir-biri bilan birlashgan, gulhayrisimonlilar, dukkaklilar, labsimongullilarda birlashgan. Ba’zi o‘simliklarda kosacha barglar yaxshi rivojlanmaydi. mas. uzumda, soyabongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarda esa, kosacha barg tukka aylanib ketgan bo‘ladi. Kosacha barglar odatda bir qator doira bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarda esa kosachabarg 2-3 qator joylashgan. Mas. atirgullilar oilasi, gulxayrisimonlar oilasi.
Kosachaning 2 va 3 chi qatoridagi barglari kosacha tagi bargi deb ataladi. (podchaщiye). Kosacha barglar odatda yashil rangli bo‘ladi, ya’ni kosacha bargda xlorofil donachalari bor. Kosacha bargda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Shuningdek kosachabarg gulning ichki qismini tashqi sharoitdan saqlab turadi. Ba’zi o‘simliklarda kosacha barg gul ochilgandan so‘ng tushib ketadi (lolaqizg‘aldoq, ko‘knori) ba’zi o‘simliklarda barg uzoq saqlanadi. (olma,nok).
2.2 Gulli o’simliklar
Gulli o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ organ (a’zo) hisoblanib, u o’sishi cheklangan, shakli o’zgaran novdadir hamda maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan. Gul rivojlanishining turli bosqichlarida mikro- va megasporonez, changlanish, urug’lanish va murtakning shakllanishi, nihoyat mevaning hosil bo’lishi kabi murakkab jarayonlar o’tadi.
Gulda – gul bandi yoki gul o’rni, gulqo’rg’on barglari, changchilar va bir yoki bir necha sondagi mevabarglardan hosil bo’lgan urug’chilar bo’ladi.Gul o’rni ko’pincha yassi, ba’zisi qabariq (ayiqtovon, malina, magnoliya) yoki biroz botiq shakllarda bo’ladi. Gulyonbarg bilan gul orasidagi masofa gulband deyiladi. Gulning o’rama barglari kosachabarglari gulkosani, tojbarglari esa gultojni tashkil etadi. Ba’zan g’uza o’simligigulidagidek qo’sh qavat gulkosa uchraydi. Bunday hollarda tashqi gulkosa ost kosacha deb ataladi. Kosachabarglar ko’pincha yashil rangda, kamdan – kam hollardagina rangdor bo’lishi mumkin. Tojbarglar esa odatda qizil, pushti, havo rang va boshqa ranglarda bo’yalgan bo’ladi. Gulkosa ham, gultoj ham erkin yoki qo’shilgan bo’ladi. Olma, anor gullarida gulkosa qo’shilgan, tojbarglar erkin. Erkin gulkosa va gultoji gullar juda kam uchraydi. Qo’ng’iroqgulda gulkosa va gultojlar qo’shilgan. Odatda qo’shilmagan tojbarglarning uchki tomoni kengayib tashqariga bukilgan, asosi esa toraygan (chinniguldoshlarda) bo’ladi. Bunday tojbargda toraygan qismi oyokcha, kengaygantomoni esa qaytaqa deb ataladi. Qo’shilgan tojbarglarda gultoj uch qismdan, ya’ni naycha, tojbo’g’iz (naychadan qaytaqaga o’tish chegarasi) va qaytaqadan tashkil topadi. Ba’zi o’simliklarda chinniguldagi kabi oyokcha bilan qaytaqa chegarasida har xil o’simtalar hosil bo’lib, ularni yontoj deyoiladi. O’rama barglar gulda birgalikda gulqo’rg’on hosil qiladi. Gulqo’rg’onni bo’lish yoki bo’lmasligi hamda uning tuzilishiga ko’ra gullar quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Gomoxlamid gullar. Gulqo’rg’oni oddiy, ya’ni gulbargchalar ko’p sonda bo’lib, spiral joylashadi. Ular kosachasimon yoki tojsimon. Bunday gullar yopiq urug’lilarning qadimgi oilalari (liliya, lola, magnoliya) uchun xosdir. 2. Geteroxlamid gullar. Qo’sh gulqo’rg’onli, ya’ni kosacha va gultojlarga ajralgan gullar. Gulli o’simliklarning ko’pchiligi qo’sh gulqo’rg’onli, masalan g’o’za, olma, o’rik, beda va boshoqlar. 3. Gaploxlamid yoki monoxlamid gullar. Bitta doiradagi gulqo’rg’on barglariga ega bo’lib, odatda kosachasimon (lavlagi, oq sho’ra, qayrag’och, qichitki). 4. Apoxlamid gullar. Gulqo’rg’onlarga ega emas (tollar, shumtol va boshqalar).
2.2. 1-rasm. Gul qismlari. 1- gul o’rni; 2- gulkosabarglar; 3- gultojibarglar; 4- changchi; 5- urug’chi.
To’g’ri (aktinomorf), qiyshiq (zigomorf) va nosimmetrik gullar. Ko’pchilik gulli o’simliklarning gullari to’g’ri, ya’ni gulning o’qiga risbatan tik tekislik o’tkazganda kamida ikki yo’nalishda bir necha teng bo’laklarga ajratishi mumkin. Gulli o’simliklarning evolyusiyasi to’g’ri gullardan qiyo’iq gularni keltirib chiqargan. Qiyshiqq gullar to’g’ri gullardan farq qilib, gul o’qiga nisbatan tik teksilik o’tkazilganda, faqat yo’nalishda teng ikki bo’lakka bo’linadi. (Masalan, beda, rayhon va itog’izlarning gullari.) To’g’ri va qiyshiq gullardan tashqari nosimmetrik gullar ham uchrab turadi. Bunday gullarni teng ikki bo’lakka bo’lish mumkin emas. Shoyigul, valeriana, soxta kashtan va salablarning gullari nosimmetrik gullardir.
Gultoji changchidan kelib chiqqan. Buni nilufar o’simligidagi gultoji va changchilar o’rtasida gultojisifat oraliq organning mavjudligi isbotlaydi. Gultoji tomondagi changchilar ham ichkaridagilardan kichik. Gultojining changchilardan kelib chiqqanligini anatomik tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.
Gul a’zolaridan tashqari gulda nektardonlar ham mavjud. Nektardonlar ko’pincha disk shaklida bo’ladi va tugunchaning asosida joylashadi. Shu shakldagi nektarnik-lar normushkdoshlar, zarangdoshlar, toshbaqatoldoshlar, uzumdoshlar va yalpizdoshlarga xos.
Ziradoshlarda nektar beruvchi disk tugunchaning ustida, ochiq holda joylashgan. Shu sababli bu o’simlik-larni changlatishga moslashmagan oddiy changlatuvchilar, asosan pashsha va qo’ng’izlar changlatadi.
Nektarda turli xil qand (25-75%) va kam miqdorda boshqa organik va noorganik birikmalar bo’ladi. Guldagi nektarning miqdorini quyidagi raqam-lardan ko’rish mumkin. 1 g asal yig’ish uchun ari oq akatsiya-ning 1500 ta guliga yoki 1 kg asal yig’ish uchun taxminan o’barganing 6 mln ta guliga qo’nishi kerak.
2.2. 2- rasm. Gulning turli - tumanligi.
|
| |