• Ko`p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae).
  • Magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li o’simliklar bo’limi (Angiospermae yoki Magnoliophyta)
  • Yopiq urug‘li o‘simliklarning xarakterli belgilari




    Download 0,71 Mb.
    bet3/11
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #260958
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    33-Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi.pptx

    1.3 Yopiq urug‘li o‘simliklarning xarakterli belgilari.
    Yopiq urug‘lilar shimoldan janubga tomon ko‘proq tarqala boradi. Mas: Frans Iosif Yerida gulli o‘simliklarning 37 turi, O‘rta Osiyoning tog‘li qismida 6000
    (tekislik va sahro qismida 600) turi o‘sadi. Xindistonda 21000 turi, Afrikada 13000,Braziliyada 40000 turi uchraydi. Tropik zonalarda hammasi bo‘lib, yopiq umg‘lilarning 120000, subtropikda esa 60000 ga yaqin tur o‘sadi.
    Ko`p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae).
    Ko`p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o`z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o`t o`simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir.
    Ko`p mevalilarning gullari xilma - xil bo`lgani bilan ularning sodda tipda tuzilgan. Guldan, ya`ni oddiy (vegetativ) novda belgilarini radial simmetriy, go`yo poyaga o`xshaydigan cho`ziq gul o`rni, spiral tartibda joy olgan va bir - biriga qo`shilmagan notayin sondagi barglarini saqlab qolgani guldan solib chiqqanligini ko`rish qiyin emas.
    Magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li o’simliklar bo’limi
    (Angiospermae yoki Magnoliophyta)
    Bu bo’lim 250000 dan 300000 gacha turga ega bo’lib, yuksak o’simliklarning 80 % ni tashkil etadi. Bo’limning ba’zibir vakillari juda katta, gigant daraxtlar bo’lib, bo’yi 100 metrdan ham baland bo’lib, tanasining aylanasi esa 20 metrgacha bo’ladi (gigant evkalipt). Shu bilan birga ba’zi vakillari juda ham mayda - kichkina, kattaligi 1 mm bo’lishi mumkin (suvda suzuvchi - ryaska o’simligi).
    Gulli o’simliklar bo’limi daraxt, buta, chalabuta ko’p yillik va bir yillik o’t o’simliklari bo’lishi bilan birga, tropik o’rmonlarda chirmashib o’suvchi lian va epifit o’simliklarga ega.
    Umuman olganda, bu bo’lim vakillari 100 mln. yildan ortiq yil mobaynida quruqlikda ustunlik, xukmronlik qilib kelmoqda.
    Bu bo’lim, oz bo’lsada, saprofit va parazit holda yashovchi vakllarga ham ega.
    Yopiq urug‘li o’simliklar urug‘i meva ichida bo’lishi, changchi va urug‘chiga ega bo’lgan gulning bo’lishi, ularning xilma - xil yo’llar bilan changlanishi, qo’sh urug‘lanishning kuzatilishi va shuningdek urug‘ kurtakning urug‘ga, tutunchaning esa mevaga aylanishi kabi o’ziga xos belgilarga egadir.
    Zamonaviy botaniklarning ko’pchiligi gulli o’simliklarkni monofiletik yo’l bilan kelib chiqqan deb, hisoblaydilar.
    Gul va yopiq urug‘li o’simliklarning kelib chiqishi haqida ikki nazariya mavjud. Bo’lar ichida qadimiy, XX asrda avstraliyalik botanik Rixard Vetteshteyin tomonidan taqdim etilgan psevdant - soxta gul nazariyasidir. Bu nazariyaga asosan gul efedranomalar, gnetnamolar qabilasiga mansub bo’lgan erkak va urg‘ochi g‘uddalaridan (to’pgulidan) vujudga kelgan (mayda, ko’rimsiz gullar).
    Ikkinchi nazariya esa - evant (haqiqiy gul) nazariya bo’lib, bunga asosan gul, bennetitsimonlarning shakli o’zgargan strobilidan iborat bo’lib, o’qning uchki qismining shakli, vazifasi o’zgarib gul kosachaga aylangan (gullari yirik, gul kosachalariga ega).

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yopiq urug‘li o‘simliklarning xarakterli belgilari

    Download 0,71 Mb.