9-mavzu. Kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan sex tarmoqlarining sxemalari




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.12.2023
Hajmi0,51 Mb.
#112199
  1   2
Bog'liq
Ma\'ruza9 (3)



9-mavzu. Kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan sex tarmoqlarining sxemalari. 
 
Aloxida elektr ishlatuvchini ta’minlovchi tarmoqning uchastkasi 
tarmoqlanuvchi (otvetvlenie) deyiladi. EIlar guruxini yoki RPlar guruxini
ta’minlovchi liniya magistral deyiladi. Radial sxemada sex podstansiyasi (TP) ning 
tarqatish qurilmasidan bosh tarqatish punktlari (BTP) ga ta’minlovchi 
magistrallar, ikkilamchi tarqatish shkaflarining (TSH) ga bosh BTP dan ikkilamchi 
magistrallar, TSH dan dvigatellarga tarmoqlanuvchi liniyalar o‘tkaziladi. Sof 
magistral tarmoq “transformator-magistral” bloki sxemasida qo‘llaniladi. Bu 
sxemada TPda tarqatish qurilmasi o‘rnatilmaydi, magistral shinali o‘tkazgich KTP 
(komplekt transformator podstansiyasi) ning kirish shkafidagi “Elektron” turidagi 
avtomatga ulanib, to‘g‘ri sexga kiritiladi. Magistral shinali o‘tkazgich trassasi
bo‘yicha unga tarqatuvchi shinali o‘tkazgichlar ulanadi. Tarqatuvchi shinali 
o‘tkazgichlarga quvvati Rn

80

100 kVt li dvigatellar ulanadi. Quvvati 80

100 
kVtdan ortiq dvigatellar to‘g‘ri magistral shinali o‘tkazgichga ulanadi. 
Sex elektr ta’minoti sxemasini tanlash muxim masalalardan biridir. Bu sxemani 
tanlashda quyidagilar xisobga olinadi: 
1)Sex podstansiyasi transformatorlarning soni va quvvati; 
2)Sexdagi EI larning quvvatlari (toklari) va ularning sex rejasida joylashuvi va 
ishonchlilik bo‘yicha toifasi; 
3)Quvvati 80

100 kVt va undan ortiq bo‘lgan EI lar mavjudligi (ular TP ning 
RP siga bevosita ulanadilar); 
4) Sex xonasining muhit sharoiti. 
Bundan tashqari tanlangan sxema iqtisodiy afzal bo‘lishi kerak. Buni aniqlash 
uchun texnika-iqtisodiy xisoblar bajariladi. Bu xisoblar texnika talablariga javob 
beruvchi 2 va undan ortiq variantdagi sxemalar mavjud bo‘lsa bajariladi. 
Mashinasozlik va to‘qimachilik korxonalarida radial (kabellar va tarqatish punktlari 
bilan bajariladi) xamda magistral (komplekt shinali o‘tkazgichlar bilan
bajariladigan) 2 ta variantda ko‘rib chiqiladi. Bu yerda texnik - iqtisodiy xisoblar
qilinadi. Kimyo va neftni qayta ishlashda kabel va tarqatish punktlaridan tuzilgan 
radial sxema ishlatiladi, shuning uchun sxema tanlashda texnik iqtisodiy xisoblar 
qilinmaydi. Sex elektr tarmoqlarini qurish uchun kabellar va izolyasiyali simlar, 
tarqatish punktlari, komplekt shinali o‘tkazgichlar ishlatiladi.
Bitta liniyaga ketma-ket bir nechta dvigatel yoki tarqatuvchi shkaflar ulansa, 
”zanjir” sxemasi xosil bo‘ladi. Bunday har bir magistral liniyaga 3-4 ta EI ulanishi 
mumkin. Aralash tarqatish sxemasida tarqatuvchi shinali o‘tkazgichlar TPning RP 
siga kabellar yordamida ulanadi. Bu sxemaning boshqa variantida magistral shinali 
o‘tkazgichga tarqatuvchi punktlar. 
Podstansiyalarning va tarqatish punktlarining bosh rejada joylashuvi va ularni 
tok o‘tkazgichlar, kabellar va xavo liniyalari bilan o‘zaro ulanishi elektr 
yuklamalariga 
va 
EI 
larning 
ishonchlilik 
bo‘yicha 
toifalariga 
boliq. 
Yuklamalar markazi va aloxida sexlarning bosh rejada joylashuvi, podstansiyalarning 
soni va quvvati, katta quvvatli EI lar mavjudligi xam sxemaga ta’sir qiladi. Korxona 
tarmoqlari sxemasini tanlash ancha murakkab masala bo‘lib, bir nechta variantlarda 


echimga ega. Bu variantlardan texnik-iqtisodiy xisob-lar asosida eng yaxshi 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani tanlab olinadi. Bu variantlar tuzishning asosiy sharti - 
ulardagi sxemalar bir xil ishonchlilikka ega bo‘lishi kerak. 
Amalda elektr energiyasini tarqatishning 2 ta sxemasi-radial va magistral 
sxemalar ishlatiladi. Ko‘pincha ikkila sxema bir-birini to‘ldirib, bir vaqtda ishlatiladi. 
Buni aralash sxemasi deyiladi. 
Radial tarqatish sxemasida BPP dan yoki BTP dan ta’minlovchi 6-10 kV li 
liniyalar har bir EI ga, tarqatish punktiga yoki TP ga aloxida o‘tkaziladi. 

Download 0,51 Mb.
  1   2




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9-mavzu. Kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan sex tarmoqlarining sxemalari

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish