6-10 kV li liniyalarni ta’minlash sxemasi
Radial sxema manbadan turli yo‘nalishlarda joylashgan katta-katta to‘plangan
yuklamalar bo‘lganda ishlatiladi. Tez o‘zgaruvchan yuklamalar bo‘lganda radial
sxema ishlatilsa, ularning boshqa EI lar ishiga ta’siri kamayadi.
Oraliq TQ (RP) larni o‘z ichiga olgan radial tarqatish sxemasi.
Radial sxemaning afzalliklaridan - agar 1 ta liniya shikastlansa yoki ta’mirlashga
o‘chirilsa, faqat bitta EI uziladi.
Radial sxema ko‘pincha 2 pog‘onali bo‘ladi: 1-pog‘onaga BPP dan RP largacha va 2-
pog‘onaga RP dan YUK motorlarigacha va TP transformatorlarigacha bo‘lgan
qismlar kiradi.
Magistral sxemada 1 ta yoki 2 ta parallel liniyadan bir nechta iste’molchi
ta’minlanadi. Magistral sxemalar yakka, juft (qo‘sh) liniya-lardan iborat bo‘ladilar.
a) Yakka magistralli sxema eng arzon bo‘lib, to‘xtovsiz ishlaydigan texnologik
liniyalardagi EI larni ta’minlash uchun ishlatiladi. Bu magistral bir tomondan
ta’minlanishi kerak
Yakka magistral liniyadan ta’minlash sxemasi.
b) Qo‘sh magistrallar ishlatilgan sxemalar muxim axamiyatli va texnologik
jixatdan o‘zaro uncha bolanma-gan EI larni ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Bu sxema
yirik bir korxonaning bir nechta BPP sini xavo liniyalari bilan, BPP dan tarqatish
qurilmalarini tok o‘tkazgichlar yordamida, BPP dan yoki TQ dan bir nechta TP ni
kabellar bilan ta’minlashda ishlatiladi.
O‘tib ketuvchi ikkitalik magistrallar ishlatilgan magistral sxema.
Tok o‘tkazgichlar ishlatilgan magistral sxemalar 6-35 kV li tarqatish qurilmalari
tok o‘tkazgichlardan ta’minlanadi. Bu xolda BPP ning 6-10 kV li TQ sidagi oir
o‘chirgichlar o‘rnatilgan yacheykalar iqtisod qilinadi.
Tarqatish qurilmalarini tok o‘tkazgichlar bilan ta’minlashning magistral
sxemasi.
Ichki elektr ta’minotining aralash
tarqatish sxemasi.
v)Aralash (radial-magistral) sxemalar quvvati va yuklama grafiklari turlicha
bo‘lgan, ET dagi ishonchlilik toifasi har xil EI lar bo‘lgan yirik korxonalar uchun
ishlatiladi. Bunda yirik va masouliyatli iste’molchilar radial sxema bo‘yicha ulanadi.
O‘rtacha va kichik quvvatli iste’molchilar guruxlarga to‘planib, magistral sxema
bo‘yicha
ulanadi.
O‘zaro rezervlash prinsipi sxema tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. 1-toifaga kiruvchi
EI lar 2 ta mustaqil manbadan ta’minlanishi kerak.
Ikkinchi manba sifatida elektrostansiya va podstansiyaning yima shinalarigina
emas, balki past kuchlanishli “ko‘prik“lar (“peremыchka“) xam ishlatili-shi mumkin.
1-toifaning aloxida guruxiga kiritiluvchi juda muxim EI lar uchun 3 ta bir-
biridan mustaqil manbadan elektr ta’minoti bo‘lishi kerak. Bu manbalardan
iste’molchilargacha kabel liniyalari turli trassalar bo‘yicha o‘tkazilishi yoki 2 ta 1
zanjirli xavo liniyalari qo‘llanilishi kerak.
|