|
Yopiq urug‘li o‘simliklarning sinflari
|
bet | 2/11 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #260958 |
Bog'liq 33-Yopiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillarining kelib chiqishi va zamonaviy tasnifi.pptx1.2 Yopiq urug‘li o‘simliklarning sinflari.
Ayiqtovondoshlar oilasi-Ranunculaceae.
Bu oila 1200 ga yaqin turni o‘z ichiga oladigan katta oila bo‘lib, ko‘pchilik vakillari bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ba’zan chala buta va lianasimon butalar ham uchraydi. Ularning barglari navbatlashib joylashgan, ko‘pincha panjasimon yoki patsimon qirqilgan yon barglari bo‘lmaydi. Bu oila vakillarining gullari xar xil tuzilgan:ba’zilarida aktinomorf, ba’zilarida zigomorf bo‘lsa, goho siklik, goho doirali bo‘ladi. Gullar ikki jinsli. Gulqo‘rg‘oni oddiy gultojisimon yoki kosabarg va tojbarglarga ajralgan.Gulkosa 5 ta,ba’zan 3-20 ta,gultoji ochiq rangli,tojbargi 2-20 ta,ba’zan mayda bo‘lib shiradonlarga aylangan.Onaligi ko‘p, erkin, changdoni esa gulning tashqarisiga yoki ichkarisiga qaragan bo‘ladi. Genitseyi ko‘p, ba’zan 1 ta, apokarp tipda tuzilgan, onaligi bir mevabargli. Tugunchasi ustki, bir uyali, 1 ta yoki bir nechta urug‘kurtakli.
Gul formulasi: * Sa5 So5 A U
Bu oila vakillarining xarakterli belgisi otaliklarining magnoliyadoshlar oilasining vakillaridagi singari cheksiz bo‘lib,ko‘pincha spiral joylanishi,onaligining qariyib hamma vaqt erkin bo‘lishidir. Ayiqtovondoshlarning to‘qimasida efir moyi bezlari bo‘lmasa ham, lekin tarkibida chorva mollari uchun zaxarli bo‘lgan alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo‘ladi. Shuning uchun bu oila vakillarini mollar xush ko‘rib yemaydi, ko‘plari zaharli o‘tlar hisoblanadi.
Ayiqtovondoshlar oilasi ba’zi turlarining mevasi bargsimon bo‘lsa, ba’zilarining mevalari ochilmaydigan yong‘oqchalar holida bo‘ladi. Ba’zan rezavor va ko‘sakcha mevalilari ham uchraydi.Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) avlodidir. Bu avlod 600 turga ega. Bular orasida o‘rta mintaqada eng ko‘p uchraydigan-laridan zaxarli ayiqtovon (R.Sceleratus), o‘rmalovchi ayiqtovon (R.repens), o‘yuvchi ayiqtovon (R.acer) ni aytib o‘tish mumkin.
O‘rmalovchi ayiqtovon (Ranunculus repens) - nam joylarda ko‘p uchraydigan o‘t bo‘lib,ildiz yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma barglari (rozetkasi)bor. Gullari qimoz tipda shoxlanadigan yoyiq to‘pgul bo‘lib turadi. Gulning qo‘sh gulqo‘rg‘oni bor.Bu gulqo‘rg‘on 5 ta gulqo‘rg‘on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta gultojbarglardan tashkil topgan. Har qaysi gulbarg tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor,bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz sonda bo‘lib spiral xolda joylashgan.Ulardan yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har kaysi onalik bitta meva bargchasidan iborat bo‘lib, ularda ko‘zga arang ilinadigan ustuncha bor. Bir uyali tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva-yong‘oqchadan iborat.
Bu oilaga: adonis yoki suvur o‘t-Adonis,sedana-Nigella, isparak (Delphnium), akonit-Aconitum, kabi avlodlar ham kiradi.
Akonit avlodi-(Aconitum). Bu avlod vakillari ildizlari tuganaksimon, bo‘rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari panjasimon qirqilgan yirik gulli o‘t o‘simliklar bo‘lib ularning gullari noto‘g‘ri, ko‘k, binafsha, sariq ba’zan oq ranglidir. Gulqo‘rg‘oni tojsimon. Mevasi ko‘p urug‘li, bargsimon bo‘ladi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi bor.Tanasining barcha qismi zaharlidir. Ko‘pincha dorivor va dekorativ o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Dori bo‘ladigan o‘simliklar orasida bahor suvur o‘ti (Adonis vernalis) hammadan ko‘proq ishlatiladi. Bularning yer ustki qismidan yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan adonizit va adonin brom nomli preparat tayyorlanadi. Pionlar, isparaklar manzarali o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi.
|
| |