Onalik va bolalikni himoya qilish tuzilmasida (strukturasi) parvarish faoliyati




Download 28,59 Kb.
bet1/11
Sana17.05.2024
Hajmi28,59 Kb.
#240523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nisbiy ko\'rsatkichlar


Onalik va bolalikni himoya qilish tuzilmasida (strukturasi) parvarish faoliyati

Reja:



  • Ayol hayotining turli davrlarida akusherlik yordami ko‘rsatish

  • Homilador ayollarda dispanser kuzatuvini olib borish

  • Fertil yoshidagi ayollarning reproduktiv salomatligini himoya qilish va abortning oldini olish

  • Onalikda hamshiralik parvarishining faoliyati

  • Salomatligini saqlash va himoya qilishdan iborat.

  • Onalik va bolalikni himoya qilishda hamshiraning roli

  • Sog‘liqni targ‘ibot qilish konseptsiyasi

  • Reproduktiv salomatlik konseptsiyasi

Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumatin ing diqqat markaz ida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Respublikada onalik va bolalikni himoya qilish masalalari bo‘yicha bir qancha qonunlarni qabul qilingan va maxsus qonun hujjatlari to‘plami chop etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi», «Fuqarolar sog‘li g‘ini saqlash to‘g‘risida» gi 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XIIson Qonuni, 1995-yil 21-dekabrdagi 161-1-son Qonuni bilan tasdiqlangan «Mehnat kodeksi», «Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida» gi 1999-yil 14-apreldagi 700-1-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida» gi PF-1657-son Farmoni, «Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida» gi 1999-yil 17-martdagi PF-2246-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yosh avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini kompleks hal etish to‘g‘risida»gi 1993-yil 3-dekabrdagi 589-son qarori, «Bolali onalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son Qarori, «Bolalikdan nogiron tug‘ilishning oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patologiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha «Ona va bola skriningi davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1998-yil 1-apreldagi 140-son qarori, «Sog‘lom avlod» davlat dasturi to‘g‘risida»gi 2000-yil 15-fevraldagi 46-son qarori, «Ona va bola» davlat dasturi to‘g‘risida»gi 2001-yil 5-fevraldagi 68son qarori, «Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2002-yil 25-yanvardagi 32-son qarori, «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 2002-yil 242-son Qarori va boshqa me’yoriy hujjatlarda Respublikada onalik va bolalikni himoya qilish, onalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun shartsharoitlar yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-aprel dagi «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodn i shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1096-sonli Qarorida mamlakatimizdagi tug‘ish yoshidagi ayollarni chuqurl ashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ular orasidagi homi ladorlik va tug‘ruq uchun nisbiy va mutloq moneliklari bo‘lgan ayol larni dispan ser nazoratiga olish, kasalliklarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni ambulatoriya, statsionar, viloyat yoki marka ziy ixtisoslashgan shifoxo nalarda davlat sog‘lomlashtirish, kontratsepsiyaga muhtoj bo‘lgan ayollarga kontratsepsiyaning turli vositalarini qo‘llash masalalari ko‘zda tutilgan. Shuningdek 0–14 yoshdagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasallik aniqlangan bemorlarni sog‘lomlashtirish masalasi ham qarorning eng muhim jihatlaridan hisoblanadi.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009-yil 16-apreldagi 115-sonli hamda 2009-yil 30-apreldagi 130-sonli, 2010-yil 4-yanvardagi 1-sonli buyruqlari e’lon qilinib, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari qoshi dagi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarida, ya’ni sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inlaridan boshlab to ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga qadar tug‘ish yoshidagi ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan.
Xotin-qizlarning mehnat faoliyat hamda ona va bola salomatligini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlar tegishli moddalarida belgilangan ayrim me’yorlar haqida qisqacha ma’lumot keltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi II bo‘lim 37- va 46-modda larida inson va fuqaroning asosiy huquqlari, majburiyatlari va erkinliklari, har bir kishi mehnat qilishga, ishni erkin tanlashga, qoniqarli mehnat sharoitiga va qonunda ko‘rsatilgandek ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega, ayol va erkak teng huquqli ekanliklari o‘z aksini topgan.
Homilador ayollarning mehnat muhofazasi, ayrim toifadagi ho milad orlarga beriladigan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi «Mehnat kodeksi» da belgilab qo‘yilgan. Kodeksning:

Download 28,59 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 28,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Onalik va bolalikni himoya qilish tuzilmasida (strukturasi) parvarish faoliyati

Download 28,59 Kb.