|
REPRODUKTIV SALOMATLIK KONSEPTSIYASI
|
bet | 9/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 28,59 Kb. | | #240523 |
Bog'liq Nisbiy ko\'rsatkichlarREPRODUKTIV SALOMATLIK KONSEPTSIYASI
Oxirgi yillarda «Reproduktiv salomatlik va huquq» konsepsiyasiga katta e’tibor berilmoqda. Bu konsepsiya onalikda hamshiralik par varishida katta ahamiyatga ega, chunki bu konsepsiya onalik va bolalikni muhofaza qilishga katta e’tibor beradi. Onalikda hamshiralik parvarishi mohiyati jadal ravishda rivojlanib kelmoqda. Shuning uchun reproduktiv salomatlik va huquqni tushungan holda onalikda hamshiralik parvarishida parvarish masalalarini qayta ko‘rib chiqish kerak.
Reproduktiv salomatlik konsepsiyasini rivojlanishi:
1990-yil – Fathalla tushunchasi (inson reproduksiyasi taraqqiyoti tekshirish maxsus dasturining rahbari). Reproduktiv salomatlik nafaqat reproduktiv davrida kasallik va patologiyalarni bo‘lmasligi, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatni to‘liqligidir.
1992-yil – Oilani rejalashtirish Xalqaro federatsiyasi faoliyati reproduktiv salomatlikni yaxshilashga qaratilgan.
1993-yil – Akusher-ginekologlarning Xalqaro kongressi reproduktiv salomatlikning 4 ta asosiy elementini belgiladi:
Homiladorlikdan saqlanishni nazorat qilish. Nafaqat homiladorlikdan saqlanish, balki bepushtlikni davolash ham zarur.
Har bir ayol bexatar homiladorlik va tug‘ish huquqiga ega.
Barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sog‘lom va baquvvat bo‘lishlari kerak.
Jinsiy infektsiyalardan xalos bo‘lish kerak.
1994-yil – BMTning uchinchi Xalqaro konferentsiyasida (Qohira, 1994-yil) aholishunoslik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha quyidagi ish rejasi tasdiqlandi: «Reproduktiv salomatlikni saqlab qolish maqsadida zamonaviy oilani rejalashtirish usullarini ommalashtirish».
1995-yil – To‘rtinchi ayollar Xalqaro konferentsiyasida quyidagi qonuniy proyekt qayta tasdiqlangan «Ayol va salomatlik», bunda reproduktiv salomatlik konsepsiyasi, huquq hamda jinsiy salomatlik masalalari kiritildi. Deklaratsiyada asosan, har bir ayol o‘zining jinsiy salomatligini saqlashi kerak va bunga o‘zi javobgarligini bilishi kerak, chunki bu ayolning insoniy huquqidir.
|
| |