• Ayol hayotining turli davrlarida akusherlik yordami ko‘rsatish
  • Onalik va bolalikni himoya qilish tuzilmasida (strukturasi) parvarish faoliyati




    Download 28,59 Kb.
    bet4/11
    Sana17.05.2024
    Hajmi28,59 Kb.
    #240523
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Nisbiy ko\'rsatkichlar

    Tibbiy yordamni rejalashtirish. Uni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun maqsadni ifodalash, tibbiy aralashuv sferasini tanlash, aralashuv me’zonlarini aniqlash, komanda a’zolari orasida vazifalarini aniqlab olish, xususiy kuzatish va axborotni yozib borish sistemasini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi bo‘g‘in shahar va tumanlarda oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli tuman markaziy poliklinikalari, ayniqsa aholining asosiy qismini tashkil etadigan qishloq joylarda esa qishloq vrachlik punktlarida (QVP) xotin-qizlar va 0-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston QVP lar zamonaviy loyihalar asosida qurilgan, Jahon banki, Salomatlik-I, Salomatlik-II dasturlariga binoan tegishli diagnostik, davolash va profilaktika maqsadlari uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Aholi salomatligini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli Qaroriga ko‘ra namunali QVPlari modelini yaratish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Ya’ni QVPlarning moddiy texnik bazalarini yanada yaxshilash, ularni suv va elektr ta’minoti, asbob-uskunalarining uzluk siz ishlashi, xodimlar malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
    Birlamchi bo‘g‘inning profilaktik va davolash ishi: ona va bolaning salomatligini himoya qilish, homiladorlikdan oldin, homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda malakali ambulator akusher-ginekologik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
    Ayol hayotining turli davrlarida akusherlik yordami ko‘rsatish

    Ayollarga homiladorlik davrida, tug‘ruqdan keyingi davrda yordam ko‘rsatish, ayollarni homiladorlikka va tug‘ruqqa tayyorlash, ko‘krak suti bilan emizishga tayyorlash, ginekologik kasalliklari bor ayollarga ambulator yordam ko‘rsatish, oilani rejalashtirish bo‘yicha maslahatlar va yordam berish: abortning oldini olish, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olish, zamonaviy kontratsepsiya usullarini qo‘llashni tadbiq etish, kunduzgi statsionar sharoitida akusher-ginekologik yordam ko‘rsatish, qonunga mos ravishda ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, davolash – diagnostik jarayonning sifatini oshirish uchun izlanish, infektsiyani tarqalishini oldini olish, tibbiy xodimlar va bemorlarning xavfsizligini ta’minlash uchun sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazish, aholi orasida reproduktiv salomatlikni himoya qilishga qaratilgan bilimlarni oshirish uchun sanitar-oqartuv chora-tadbirlarini o‘tkazish, ginekologik kasalliklari bo‘lgan ayollarga dispanser kuzatuvini olib borish.



    Download 28,59 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 28,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Onalik va bolalikni himoya qilish tuzilmasida (strukturasi) parvarish faoliyati

    Download 28,59 Kb.