|
sog‘liqni targ‘ibot qilish deganda nima tushuniladi?
|
bet | 8/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 28,59 Kb. | | #240523 |
Bog'liq Nisbiy ko\'rsatkichlarsog‘liqni targ‘ibot qilish deganda nima tushuniladi?
1986-yil Ottava xartiyasida «sog‘liqni targ‘ib qilish» quyidagicha berilgan: bu jarayon kishilar o‘z sog‘liqlarini mustaqil nazorat qilishlari va sog‘liqlarini yaxshilashlari, sanitar-oqartuv ishlarini olib borishlari va bunga kerakli shart-sharoitlarni yaratishlari kerak. Shunday qilib, salomatlik – bu yashash maqsadi emas, balki kundalik hayotga kerakli zahiradir. Bu konsepsiya bo‘yicha salomatlik jismoniy holat bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy va individual zahira bo‘lib hisob lanadi. Sog‘lom hayot tarzi targ‘iboti faqatgina majburiyat emas, balki keng ijtimoiy harakatdir. Bu konsepsiya bo‘yicha har bir inson o‘z sog‘lig‘i uchun javobgardir, shifokorlar va hamshiralar esa salomatlikni yaxshilash uchun ma’suldirlar.
ayollar hayoti davomida olib boriladigan sanitar-oqartuv ishlar.
1992-yildan boshlab bolalar ginekologi kabinetlarini ochilishi. Bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishda asosiy tadbirlar, reproduktiv faoliyatning buzilishi va ginekologik kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlarga – bolalar va o‘smirlarda uchraydigan jinsiy sistemasining funksional buzilishlari va kasalliklarini davolash, o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish kiradi. Bolalar va o‘smir lar ginekologiyasi muammolari o‘rganib chiqilganda, hamda ushbu sohada qilingan ilmiy tadqiqotlarni tadbiq qilish natijasida, ushbu soha bo‘yicha mutaxassis – shifokorlar tayyorlash ehtiyoji tug‘ild i. Bu mutaxassislar bolalarning jinsiy a’zolarida uchraydigan kasalliklar va buzilishlarni davolash va oldini olish uchun yordam ko‘rsatadilar. Bunday mutaxassislarni tayyorlash O‘zbekistonda 1992-yildan boshlangan.
Bolalar va o‘smirlar ginekologik kasalliklarini davolash va oldini olish uchun 3 bosqichli tizim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
bosqich – maktabgacha bo‘lgan muassasalarda, maktablarda va bolalar dam olish maskanlarida tibbiy yordam ko‘rsatish. Bunda asosiy masala o‘qituvchilar, ota-onalar va qizlar orasida sanitaroqartuv ishlarini olib borish, qizlar orasidan kasalliklarni aniqlab, mutaxassislarga yuborish.
bosqich – davolash va oldini olish ishlari oilaviy poliklinikalarning maxsus xonalarida olib boriladi. Bu bosqichning vazifasi – shifoxona sharoitida davolanishni talab qilmaydigan jinsiy a’zolardagi kasalliklarni tashxislash va davolashdan iborat.
bosqich – shifoxona sharoitida bemorlarni tashxislash va davolash. Shifokorning muntazam nazoratiga, murakkab tekshirish usullariga va davolashga muhtoj bemorlar shifoxonaga davolanish uchun yuboriladi. JSS Tashkiloti ekspertlari aytishicha, o‘smirlik davri nisbatan muammol ardan holi bo‘lishiga qaramay, kritik davr hisob lanadi, chunki bu davrdagi noto‘g‘ri ovqatlanish va turli xil kasalliklar keyinchalik reproduktiv davrida katta asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Sanitar-oqartuv ishlar oilaviy poliklinikalar, akusher-ginekologik muassasalar va perinatal markazlarning asosiy ish faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Sanitariya-oqartuv ishlarining vazifalari: ginekologik kasalliklarni oldini olish, ayolning hayoti davrlarida salomatligini mustah kamlash, ona va bola uchun homiladorlikni va tug‘ruqni ijobiy kechishini ta’minlash, abortga qarshi kurash va kontratsepsiya targ‘ibotini faol olib borish. Sanitar-oqartuv ishlari quyidagi reja ga asosan o‘tkaziladi: shifoxonada va konsultativ markazlarda, uchastkalarda, korxona, o‘quv muassasalarida, fermer xo‘jaliklarida.
Sanitar-oqartuv ishlari turli-xil shakllarda o‘tkazilishi mumkin: suh bat va ma’ruzalar o‘tkazish, ko‘rgazmalar tashkil etish, sanitaroqar tuv kitobchalar va sanbyulleten tayyorlash. Sanitar-oqartuv ishlarining mavzusini va turlarini akusher-ginekologlar aniqlaydilar va unda davo maskanlarining hozirgi vaqtdagi asosiy masalalarni inobatga olgan holda tashkil qiladilar.
Sog‘lom turmush tarzini o‘rgatishdan maqsad – inson salomatligini yaxshilash va saqlash, shuning uchun bir kishi kasal bo‘lgan taqdirda ham hamshira mutaxassislarni jalb qilishi kerak. Shundan keyingina har bir mutaxassis o‘z vazifasini va davolash rejasini tuzib, sog‘lom turmush tarzini amalga oshirishi kerak. Sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish uchun barcha aholini qamrab olinishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy yordamni yaxshilanishi, sog‘lom turmush tarzini yaxshilanishiga olib keladi, bunda hamshiraning ham roli katta ahamiyatga ega.
|
| |