|
Onalik va bolalikni himoya qilish tuzilmasida (strukturasi) parvarish faoliyati
|
bet | 2/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 28,59 Kb. | | #240523 |
Bog'liq Nisbiy ko\'rsatkichlar224-moddasida. «Homilador ayollarni va bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va uning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etilishining sabablarni ularga yozma ravishda ma’lum qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin».
225-moddasida. Ayollar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadigan ishlar. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo‘llash taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar bundan mustasnodir. Ayollarning salomatligi uchun normadan ortiq mumkin bo‘lmagan yuk ko‘tarish va tashishlari ma’n etiladi.
226-moddasida. Homilador ayollarni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarning ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazish. Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishdagi o‘rtacha oyligi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkaziladi.
233-moddasida. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili. Ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kuni va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda 70 kalendar kuni) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
234-moddasida. Bola 2 va 3 yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagandan keyin ayolning xohishiga ko‘ra unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
236-moddasida. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar. 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga dam olish va tushlik uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha oylik ish haqi hisobi bo‘yicha ham to‘lanadi.
237-moddasida. Homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar. Homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shatnomasini ish beruv chining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.
|
| |