• Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini aholiga birlamchi tibbiy – sanitariya yordamini tashkil qilish dasturini amalga oshirishda oilaviy meditsina hamshirasining roli
  • Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami
  • onalik va bolalikni muhofaza qilish




    Download 28,59 Kb.
    bet3/11
    Sana17.05.2024
    Hajmi28,59 Kb.
    #240523
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Nisbiy ko\'rsatkichlar

    onalik va bolalikni muhofaza qilish. Onalar va bolalar salomatligini himoya qilish – butun mamlakat aholisining salomatligini saqlash va mustahkamlash garovidir. Salomatlikni tiklash va muhofaza qilish bolalikdan boshlanadi. Bolalar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash uchun sog‘liqni saqlash tizimida maxsus tashkil etilgan onalik va bolalikni himoya qilish tizimi katta rol o‘ynaydi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimining asosiy vazifalaridan biri ona va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam masalasi. Tib biy yordam maxsus ambulatoriya – poli klinika va kasalxonalar sharoitida ayollar salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning oldini olish, ayniqsa, homiladorlik va tug‘ruq davri asoratlari soni ning kamayishiga, bolaning sog‘lom rivojlanishi va tug‘ilishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu xizmatlar poliklinika, QVP, akusher-ginekologik majmualarda, ayollar maslahatxonalarida amalga oshiriladi.

    Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini aholiga birlamchi tibbiy – sanitariya yordamini tashkil qilish dasturini amalga oshirishda oilaviy meditsina hamshirasining roli
    Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (BJSST) konseptsiyasiga binoan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning ikki asosiy turi ajratiladi: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, maxsus yordam. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami maxsus bo‘limga ega bo‘lmagan oilaviy poli klinikalar, QVPlar, rayon, shahar shifoxonalari, ambulatoriyalar ko‘rsatadi.
    Patsientlarga maxsus tibbiy yordam turlari neyroxirurgik, endokrinologik travmatologik, shoshilinch yordam va boshqa markazlar, institut qoshidagi klinikalar, maxsus dispanserlar (psixiatrik, silga qarshi, kardiologik va boshqalar) da ko‘rsatiladi. BJSST ekspertlar komitetining aniqlashicha (1975-yil) birlamchi tibbiy-sanitariya yordam bu – uzluksiz jarayon bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy xizmati tomonidan ma’lum bir aholi guruhi sog‘ligiga ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’sir ko‘rsatishdir, bu aholi orasida paydo bo‘ladigan muammolarni oila shifokori va hamshirasi yordamida uzluksiz va doimiy hal qilish jarayonidir.
    BJSST ekspertlari tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya tizimining 7 ta asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan:

    1. Birlamchi Tibbiy-Sanitariya Yordami (BTSYo) aholining hayot tarzi, e’tiqodiga mos kelib, ularning tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish kerak.

    2. BTSYo milliy sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismi bo‘lishi kerak va uning boshqa sferalari shunday tashkil etilishi lozimki, u mahalliy zvenolar ishini texnik yordam jihatdan qo‘llabquvvatlab, tor mutaxassislar bo‘yicha maslahatlar olishga imkoniyat yaratsin.

    3. BTSYo faoliyati boshqa tarmoqlar faoliyati bilan birlashib, aholi ehtiyojini qondirish ishlariga qaratilgan bo‘lishi lozim.

    4. BTSYo jarayonini shakllantirishga va joriy etishga mahalliy aholini jalb qilish. Mahalliy aholining ehtiyojlarini aniqlash, ular bilan doimiy muloqot o‘rnatish.

    5. Aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni ularning moddiy imko niyati va davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ni hisobga olingan holda amalga oshirish.

    6. BTSYo o‘zining profilaktik davolash va reabilitatsion yordam usulini har bir patsientga alohida, shu bilan bir vaqtda butun oilaga, butun aholi guruhiga kompleks qo‘llashi.

    7. Har qanday tibbiy yordam kasallikning boshlang‘ich bosqichida ko‘rsatilishi va bu yordamni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tibbiy xodimlar amalga oshirishi (bemor qiynalmasligi uchun) lozim.

    Aholini tashxislash ma’lum guruhdagi aholining ehtiyoj va imkoniyatlarini belgilaydi. Vrach bemorga tashxis qo‘yganidek, birl amchi tibbiy sanitariya guruhi bir butun aholi guruhiga tashxis qo‘yadi. Tashxis qo‘yilgandan so‘ng eng katta muammo aniqlanadi. Bunda quyi dagi me’zonlarga asoslanadi: kasallanish, o‘lim ko‘rsatkichi, tibbiy yordamning effektivligi, bajarilishi, aholining bandligi, qiymati, moliya manbalari va boshqalar. Bosh muammo aniqlangandan so‘ng to‘liq baholanadi, ya’ni aholi yoshiga, jinsiga qarab guruhlarga ajratiladi, xavfli omillar, ma’lumot yig‘ish usullari va axborotlar ro‘yxatga olinadi.

    Download 28,59 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 28,59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    onalik va bolalikni muhofaza qilish

    Download 28,59 Kb.