• GURUH: 060-20 TOPSHIRDI: SHOMURODOV UMIDJON TEKSHIRDI: RAHMANOVA G
  • 3.Elektr tokidan zarar ko’rmaslik uchun sharoit yaratish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
  • Mustaqil ish fan nomi: hayot faoliyati xavfsizligi guruh: 060-20 topshirdi: shomurodov umidjon tekshirdi: rahmanova g mavzu: Elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan zararlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish Reja




    Download 1,22 Mb.
    bet1/2
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,22 Mb.
    #131329
      1   2
    Bog'liq
    Hayot faoliyati 1

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI




    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Mustaqil ish

    FAN NOMI: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
    GURUH: 060-20
    TOPSHIRDI: SHOMURODOV UMIDJON
    TEKSHIRDI: RAHMANOVA G


    Mavzu: Elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan zararlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish
    Reja:
    1. Elektr toki yoki boshqa jarohatlar bilan zararlanganda birinchi yordam qoidalari haqida
    2.Birinchi tez yordam ko’rsatish tartiblari
    3.Elektr tokidan zarar ko’rmaslik uchun sharoit yaratish
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Elektr toki bilan zararlanganda birinchi yordam. Elektr tokidan jarohatlanish orqali baxtsiz hodisaga uchraganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: jarohatlangan shaxsni Elektr toki ta’siridan ozod qilish va birinchi vrach etib kelgunga qadar birinchi yordamni ko‘rsatish. Tok urgan odamni tok ta’siridan ozod qilish. Avvalo jarohat olgan kishini uskuna yoki qurilmaning u bilan bog‘lanib qolgan qismida tezda ajratib olish lozim. Agar qurilmani yoki uskunani tezda o‘chirib qo‘yish imkoniyati bo‘lmasa, u holda jarohatlanuvchi kishini tok boshqariluvchi qismdan ajratib olish kerak. 1000 V gacha kuchlanish mavjud bo‘lganda jarohatlangan kishini tokning boshqariluvchi qismidan ajratib olish uchun quruq taxta, doska, arqon, jarohatlanuvchining kiyimiyoki boshqa quruq buyumdan foydalaniladi. Jarohatlangan kishini oyog‘idan sudrash uchun yordam berayotgan kishining qo‘llari yaxshi izolyaysiyalangan bo‘lishi kerak. Qo‘lni izolyasiyalash uchun dielektrik qo‘lqoplardan, brezent engliklardan foydalanish yoki qo‘lni quruq latta bilan o‘rab olish mumkin. O‘z-o‘zini erdan izolyasiyalash uchun rezini kalishlar kiyish yoki quruq taxta ustiga yoki tok o‘tkazmaydigan to‘shak ustiga chiqib olish kerak. Jarohatlanuvchini erdan ko‘tarish orqali ham tokni uzish mumkin. Bu vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash zarur. Zarurat bo‘lgan vaqtda tok o‘tadigan simlarni (har birini alohida) yog‘och sopli quruq bolta yoki dastaklari izolyasiyalangan asboblar bilan uzib tashlash zarur.



    Birinchi yordam ko‘rsatish usullari. Jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning qanday holatda ekanligiga bog‘liq. Bu holatni aniqlash uchun zudlik bilan: jarohatlanuvchi kishini qattiq yuzaga orqasi bilan yotqizish; uning nafas olayotganligini va tomiri urayotganligini aniqlash; ko‘z qorachig‘ining holatini – tor yoki kengayib ketganligini (kengayib ketgan ko‘z qorachig‘i bosh miya qon aylanishi yomonlashganligidan dalolat beradi) aniqlash zarur. Elektr toki bilan jarohatlanish sodir bo‘lgan har qanday sharoitda ham vrachni chaqirish zarur. Bu vaqtda jarohatlanuvchiga zudlik bilan birinchi kerakli yordani ko‘rsatish zarur: agar jarohatlanuvchi hushida bo‘lsa-yu, bunga qadar xushini yo‘qotgan yoki uzoq vaqt davomida tok ta’sirida bo‘lgan bo‘lsa, uni to‘shakka qulay qilib yotqizish, ustiga biron narsa (kiyim) yopish va vrach kelgunga qadar uni tinch holatda saqlab, vaqti-vaqti bilan nafas olishi va tomir urishini kuzatib turish lozim; agar hushidan ketib qolgan bo‘lsa-yu, tomir urishi sezilayotgan bo‘lsa va yaxshi nafas olayotgan bo‘lsa, uni avaylab to‘shakka tekis qilib yotqizish, belbog‘ va kiyimlarini bo‘shatish, toza havo oqimi kelishini ta’minlash va to‘liq tinch holatda saqlash lozim; unga nashatir spirti hidlatish va suv sepish lozim; agar jarohatlanuvchi qiyin nafas olayotgan bo‘lsa (tez-tez, to‘xtab-to‘xtab), unga sun’iy nafas oldirish, yurakka tashqi massaj qilish lozim; agar hayot belgilari (nafas olish, yurak urishi, tomir urish) ko‘rinmayotgan bo‘lsa, uni o‘lgan deb hisoblash joiz emas, chunki goho o‘lib qolgandek tuyilishi ham mumkin. Bu vaqtda ham sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massaj qilish kerak. Jarohatlanuvchining o‘limi haqida faqatgina vrach xulosa qilishi mumkin.

    Har bir korxona o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘limini yoki xavfsizlik texnikasi muhandisi lavozimidagi shtat birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi korxonada mehnat qilayotgan xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoidasi talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilish borasida bir qancha qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlar faqat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi qoidalarini nazorat qilib qolmay, balki mehnat muhofazasi qonunlari buzilmasligi uchun javobgardir. Portveyn tipidagi sharoblarni tayyorlashda ”Mehnatni muhofaza qilish” borasidagi tadbirlar ishlab chiqiladi, ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi uslubiy qo‘llanmalar, instruksiya ko‘rsatmalar, tavsiyalar kabi umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi 2009 y. 47-son 59 moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2009 y 16 noyabrda 2042 soni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2000 y 267- sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar to‘plami, 2000 y 7-son 39 modda bilan tasdiqlangan. Portveyn tipidagi sharoblarni tayyorlashda xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ularning tavsifi, yuzaga kelish ma’nbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavfli darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoning xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risida ma’lumotlar, ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilinishi bilan tasdiqlanadi.
    Korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar xisobga olingan. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarishdan oldin, mexnat muxofazasi bo‘yicha yo‘l - yo‘riq olish va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olganlar.



    Korxona chiqindi tashlash bo‘yicha SN-245-71 ga asosan V kategoriyaga kiradi. Sanitar ximoya zonasi SNiP-2.01.03-96 ga asosan 100 m. belgilangan. Korxona shamol yo‘nalishi bo‘yicha SNiP 2.01.01.83 ga asosan joylashgan. Bunda zaxarli gaz va changlarni chiqishi xisobga olinib korxona axoli punktiga teskari qilib joylashtirilgan. Bu esa zaxarli gaz va changlarni aholi punktiga etib kelmasligini ta’minlaydi. Texnologik jarayon uzlukli tarzda davom etadi. Ish bir smenada olib boriladi. GOST 12-2.03.91 KMK-3-05-98 ga asosan “Texnologik jarayonlarni tashkilashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigenik talablar” ga muvofiq tashkil qilingan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash texnologik uskunaning pasportida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Portveyn tipidagi sharoblarni tayyorlashda SaNPiN-0120-01, SaNPiN 122-01 ga asosan shovqin, tebranishdan ximoya choralari ko‘rilgan. Shovqin, tebranishdan ximoyalash maqsadida, desorbsiya sexini ishlab chiqarish maydonidan tashqariga joylashtirilgan. Sex, bo‘limlarni eshik, derazalari mahsus tovush o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlangan.
    Korxona bo‘limlarini yoritish asosan tabiiy va sun’iy ravishda amalga oshiriladi. Kunduz kuni asosan tabiiy yorug‘likdan foydalaniladi. Tabiiy yoritilish SNiP 2-01-05.98 ga asosan qabul qilingan. Kechki smenalarda esa, sun’iy yoritishdan foydalaniladi, yoritilish uchun lyumenissent lampalardan foydalaniladi. Shamollatish qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish SanPiN -0058-96 ga asosan amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish, uni to‘liq ishlaydigan holatda bo‘lishi uchun javobgarlik, mexanik zimmasiga, sexda esa sex boshlig‘i va mexanik yordamchisi zimmasiga yuklatilgan. Elektr uskunalarining nosozligi yoki ularning ishlatish qoida talablariga amal qilmaslik ishchi-xizmatchilarning shkastlanishiga olib keladi. Insonlarni elektr toki ta’sirida shkastlanishidan himoya qilish uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz tok usti qoplangan simlar, erga ulangan va neytrallovchi ximoya tizimlarilan foydalanilgan. Shuningdek, elektr uskunalarni tanlash, o‘rnatishda mavjud bo‘lgan qonun-qoidalar normalariga amal qilingan.
    Ishchilar va xizmatchilarni shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlash:
    Sharoblarni tayyorlashda ta’sir etuvchi zaxarli gaz va chang bilan ishlovchi sexlarda, ishchi va xizmatchilar ob’ekt fuqaro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlanganlar.
    Nafas olish organlarini muxofazalash maqsadida shaxsiy ximoya vositalaridan gazniqoblar nazarda tutilgan.
    Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi:
    Filtrlovchi gazniqoblar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2Sh);
    Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).
    Nafas olish organlarining eng oddiy himoya vositalari:
    Respirator;
    Changga qarshi matoli niqoblar;
    Paxta dokali bog‘gich.

    Korxonada SNiP- 2.08.12.98 ga asosan ishchi-xizmatchilar uchun dam olish, ovqatlanish, uy va ish kiyimlarini saqlash xonasi, zararsizlantirish, yuvish-yuvinish va boshqa madaniy-sanitariya xizmatlari uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha binolar qurilgan. Korxonada yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish SNiP-2.01.02-04 ga asosan, “Yong‘in xavfsizligi” umumiy talablariga ONTP 24/86 ga asosan “Portlash xavfi” umumiy talablariga va ushbu qoidalarga muvofiq ta’minlangan. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan modda va materiallar qo‘llanilmaydi. Korxona binolarining yong‘in xavfsizligi ularning o‘tga chilamlilik darajasi bilan aniqlangan. SNiP 2.09.12-98 ga asosan qurilish materiallari bo‘yicha yonmaydigan, qiyin yonadigan xillari mavjud. Yong‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odmlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo‘llari binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga olingan. Yong‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuasiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2 ta chiqish evakuasiya yo‘llari mavjud. Barcha ishlab chiqarish sexlarida, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari ma’muriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan. Ventilyasiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizasiya bilan birlashtirilgan va (SNIP 2.04.02 84., GOST 12.2.2002.89, SNiP 2.04.09.07) bo‘yicha o‘rnatilgan. Bino va yong‘in suv manbalari yo‘lkalari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘lkalar doimo bo‘sh bo‘lishi ta’minlangan, binolar oralig‘idagi yong‘inga qarshi masofa uzulmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlar taxlashga ruxsat etilmaydi. Korxonada yong‘inga qarshi suv ta’minoti SNIP-2.04.02.86 ga asosan belgilangan. Katta miqdorda suv saqlaydigan suv havzasi mavjud. O‘tni o‘chirish birlamchi vositalaridan xarakatlanadigan, qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlar, gilropulpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, asbest yopgich, namat va boshqa yonmaydigan buyumlari mavjud.


    Karbonkislotali o‘t o‘chirgichlar:
    a) OU-2
    b) OU-5
    c) OU-8
    Yong‘in haqida tez xabar berish uchun yuqori havfli hisoblangan texnologik uskunalarda, ishlab chiqarish binolarida, omborlarda darakchi vositalari SNIP-2.04.02-84, GOST 12.2.2002.89 ga asosan o‘rnatilgan. Bu vositalar yonayotgan manba, joyini o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.

    Korxonada ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi tashkil qilinadi.
    Yashinning er ustidagi inshoot, qurilmalarga to‘g‘ri urilishi buzilishga, yonuvchi modda va materiallarni alangalanishiga olib keladi. Yashinni ikkilamchi ta’siri, ximoyalanuvchi bino va inshootlarni metall konturiga yashin urilish vaqtida, zaryadlarni elektrostatik va elektromagnitli induksiyalanishi bilan boradi. Natijada, uchqunlanish bilan bog‘liq xavfli vaziyat vujudga keladi. Shu sababli yashinda ximoya choralari
    SNIP 2 .01.03 96, SNIP 2.01.02.85 ga asosan ko‘rilgan.

    Download 1,22 Mb.
      1   2




    Download 1,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish fan nomi: hayot faoliyati xavfsizligi guruh: 060-20 topshirdi: shomurodov umidjon tekshirdi: rahmanova g mavzu: Elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan zararlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish Reja

    Download 1,22 Mb.