Faylarni arxivlash va uning ximoyalashdagi ahamiyati reja: Fayllarni arxivlash dasturlari




Download 31,36 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2024
Hajmi31,36 Kb.
#264014
  1   2   3
Bog'liq
Faylarni arxivlash va uning ximoyalashdagi ahamiyati


Faylarni arxivlash va uning ximoyalashdagi ahamiyati
REJA:
1.Fayllarni arxivlash dasturlari
2.Fayllarni arxivlash dasturlari va ularning ahamiyati
3. Fayllarni ximoyalash
XULOSA
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

1.Fayllarni arxivlash dasturlari
Kompyuterdan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko‘ra magnit disklardagi ma’lumotlar o‘chirilishi yoki zararlanishi mumkin. Bu magnit diskini ishdan chiqishi, fayllarning noto‘g‘ri tahriri yoki faylni ehtiyotsizlik oqibatida o‘chirilishi, yoki kompyuter virusining zarari natijasida yuz beradi. Shu sabab bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish uchun foydalanuvchi fayllarning arxiv nusxasini olib turish, hamda ularni kerak bo‘lganda yana tiklash mumkin bo‘ladi. Undan tashqari kompyuterga antivirus dasturlarini joylashtirib, kerak bo‘lganda xavf sezilgan papkalarni tekshirishdan o‘tkazib turish lozim bo‘ladi.
Kompyuter xotirasida foydalanuvchi ishlashi uchun kerak bo‘lgan ko‘plab fayllar saqlanadi. Bu fayllar ba’zan ehtiyotsizlik oqibatida yoki boshqa sabablar, masalan, kompyuter virusi zarari natijasida o‘chirilib ketilishi mumkin. Shuning uchun kerakli fayllarning nusxasini arxivli faylga joylab qo‘yish maqsadga muvofiq. Fayllarni arxivlash natijasida nafaqat fayllarning o‘chirilib ketilishi oldi olinadi, balki disklarda bo‘sh joy ko‘payadi. Fayllarni arxivlash natijasida disklarda matnli fayllar uchun 60–70 foiz, bajariluvchi fayllar uchun 20–30 foiz bo‘sh joy tejaladi.
Arxivlash deganda, fayl yoki fayllar guruhining siqilgan holda bitta faylga joylashishi tushuniladi. Arxivli fayllarda asosan kompyuter xotirasida uzoq muddatli saqlanuvchi va muhim bo‘lgan dasturlar saqlanadi.
Malumotlarni xajm jixatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, xatto kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi, arxiv faylni ochish natijasida ular o‘z holatiga qaytariladi.
Fayllarni arxivli nusxasini yaratish uchun maxsus arxivlovchi dasturlardan foydalaniladi. Bu dasturlar disketadagi joyni tejaydi va arxiv faylidan foydalanishda qulayliklar yaratadi. Arxivlovchi dasturlar fayl nusxasini diskda siqib joylashtiradi, fayllarni arxivdan olish va arxiv mundarajasini ko‘rish imkonini beradi.
Arxivlash dasturlari — diskda joyni tejash maksadida fayllar xajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar.
Ular turlicha kurinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllarda aynan takrorlanadigan o‘rinlar mavjud bo‘lib, ularni diskda to‘liq saqlash mazmunsizdir.
Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo‘laklarni topib, ularning o‘rniga boshqa biror ma’lumotni yozish hamda ularning ketma-ketligini aniq ko‘rsatishdan iboratdir. Bundan ko‘rinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo‘ladi. Masalan, 80-90%, grafik axborotlar 60-70%, rasm fayllar 20-30%, bajariluvchi fayllar esa 10-20% ga siqiladi. Dasturlar ifodalangan fayllar esa juda kam — 1% ga yakin siqiladi. O‘rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar xajmini 1,5 — 2 barobar qisqartirishga imkon beradi.
Arxivli fayl bir necha fayllarning siqilgan holda bir faylga joylashgan majmuidir. Arxiv fayl mundarijaga ega. Unda fayllar nomi, oxirgi o‘zgartirish vaqti va sanasi, faylning diskdagi va arxivdagi hajmi va tekshirish kodi haqidagi ma’lumot beriladi.
Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo‘llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, sikish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir.
Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan xoldagi kurinishi bo‘lib, undan kerakli xollarda fayllarni dastlabki ko‘rinishdan chiqarib olish mumkin. Arxiv fayl undagi fayllar nomlarini ko‘rsatuvchi mundarijaga ega bo‘ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma’lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo‘ladi:
— fayl nomi;
— fayl joylashgan katalog haqida ma’lumot;
— fayl o‘zgartirilganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt;
— faylning diskdagi, arxivdagi o‘lchami va parametrlari.
Arxivlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlari
MS DOS tizimida ko‘p ishlatiladigan arxivatorlarga quyidagi arxivlash dasturlari kiradi:
Buyruq – dastur bajarilishi lozim bo‘lgan vazifa turini anglatadi.
Masalan, a- fayllarni arxivga qo‘shish, ye-fayllarni arxivdan tiklash. Agar fayllar nomi berilmasa katologdagi barcha fayllarni bitta arxivga kiritadi.
Masalan:arj a test, arj a doc.
Fayllarni tiklashga misol: arj e test.arj; arj e pe2.arj.
Pkzip va Pkunzip dasturi. Bu dastur formati quyidagicha:
Pkzip
Fayllar nomi – arxivga kiruvchi fayllar ro‘yxati bo‘lib ular vergul bilan ajratiladi.
Rejim «-» yoki «/» belgisi bilan boshlanib quyidagi vazifalarni aniqlaydi:
-A- arxivga barcha fayllarni kiritadi.
-U- arxivga yangi faylni kiritadi;
-M- fayllarni arxivga ko‘chiradi;
-D- arxivdagi faylni o‘chiradi.
Agar rejim ko‘rsatilmasa «A»- rejim tushuniladi.
Misollar:
Pkzip -a test – bu buyruq barcha joriy katologdagi fayllarni arxivga joylaydi.
Pkzip -a doc *.doc – bu buyruq joriy katologdagi barcha doc kengaytmaga ega fayllarni arxivga joylaydi.
Pkunzip dasturi formati quyidagicha:
Pkunzip
Parametrlari:
Arxiv nomi- fayllarni qayta tiklanayotgan arxiv nomi ko‘rsatiladi.
Fayllar nomi- tiklanishi kerak fayllar nomi.
Rejimlar:
-x- fayllarni arxivdan olish;
-v- arxivdagi fayllar tarkibini ko‘rish.
Misollar:Pkunzip -x- test.zip; Pkunzip -v- test.zip.
Agar rejim qo‘yilmasa -x- rejim ishlaydi.
Kompyuterda fayllarni arxivlash uchun maxsus arxivlovchi dasturlar mavjud. Windows operatsion tizimida fayllarni arxivlash uchun quyidagi dasturlardan foydalaniladi: WinRar, WinZip, WinArj va hokazo. Bu arxivlovchi dasturlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, umuman olganda imkoniyatlari bilan farqlanadi. Keng tarqalgan arxivlovchi dasturlar deyarli bir xil imkoniyatga ega, ya’ni biri ikkinchisidan barcha parametrlari bo‘yicha ustunlik qilolmaydi. Bir dastur tez ishlasa, boshqasi fayllarni yaxshi siqish darajasini ta’minlaydi. Arxivli fayllarni nomlash ham xuddi oddiy fayllar kabi amalga oshiriladi va qaysi arxivlovchi dastur ishlatilganiga qarab, maxsus kengaytmaga ega bo‘ladi.
Arxivli fayl mundarijaga ega, unda qanday fayllar saqlanayotganligi ko‘rsatiladi. Arxiv mundarijasida quyidagi ma’lumotlar saqlanadi:
– fayl nomi;
– fayl saqlanuvchi katalog to‘g‘risida ma’lumot;
– faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;
– faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami;
– arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik tekshirish kodi.
Windows tizimida ko‘p ishlatiladigan arxivatorga WinRar dasturi kiradi. Bu dastur Windows tizimiga o‘rnatiladigan dastur bo‘lib, u o‘rnatilganda kontekst menyusiga yangi buyruq bo‘lib qo‘shiladi. Biror papkani belgilab kontekst menyusidan Добавить в архив buyrug‘i berilsa papkadagi barcha fayllar siqilgan .rar kengaytmali bitta arxiv fayliga birlashadi. Agar muloqot darchasidan zip tanlanmasi belgilansa .zip kengaytmali arxiv fayli bo‘ladi.
Windows tizimida bu dasturlardan tashqari fayllarni qisilgan holda yozib saqlash uchun maxsus zip papka yaratish usuli ham mavjud. Bu papkani yaratish uchun kerakli fayllar ajratilib, kontekst menyusi chaqirilib “Отправить” buyrug‘iga kirish va zip papka buyrug‘ini berish yetarli.
Windows operatsion tizimida fayllarni arxivga nusxalash
Windows operatsion tizimida fayllarni arxivlash uchun quyidagi dasturlardan foydalaniladi: WinRar, Winzip, WinArj va hokazo.
Arxivlash dasturlaridan foydalanish uchun har bir shaxsiy kompyuterlarning sistemasiga arxivlash dasturlari o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Kompyuter sistemasiga dasturni o‘rnatish uchun dasturning distrubuti yoki paketli dasturidan foydalaniladi. Dastur tizimga o‘rnatilgandan keyin ixtiyoriy axborotni arxivlashimiz mumkin. WinRar dasturini ishga tushirish quyidagi buyru qlar orqali amalga oshiriladi: ПускПрограммыWinRar.
WinRar dasturi ishga tushgandan so‘ng, ekranda uning asosiy ishchi oynasi paydo bo‘ladi.

Download 31,36 Kb.
  1   2   3




Download 31,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Faylarni arxivlash va uning ximoyalashdagi ahamiyati reja: Fayllarni arxivlash dasturlari

Download 31,36 Kb.