Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
138
5-bob.
GEOTASVIRLASH QOIDALARI VA RAQAMLI KARTA ISHLAB
CHIQARISH ASOSLARI
5.1.
Geotasvirlash asoslari
Geotasvirlash – geografik tasvirlash (
geografic visualization
) soʻzlarining
jamlanmasidir. Geotasvirlash deb fazoviy birlikni tasvirlashga moʻljallangan
texnik vosita va dasturlarga aytiladi. Kartografiya va geotasvirlash bir-biriga
oʻxshasa-da, geotasvirlashda interaktiv tasvirlash boʻlgan
multimedia vositalari
orqali tasvirlash amalga oshiriladi.
Geotasvirlashda geoaxborot tizimi ma’lumotlari aks ettiriladi. Tasvirlash
karta,
raqamli tasvir, vektor ma’lumot, raqamli relyef modeli (DEM), jadval
ma’lumotlar,
virtual haqiqat, ikki yoki uch oʻlchamli tasvirlash,
statik yoki
animatsion, dastur yoki qogʻoz koʻrinishda bajariladi. Geoaxborot tizimi oʻzida
interaktiv karta va boshqa geografik ma’lumotlar toʻplamini boshqaruvchi
tasvirlarni saqlaydi.
Kartalar kishilarning geografik axborotdan
qanchalik darajada
foydalanayotganligini aniqlovchi kuchli metafora bilan ta’minlaydi. Interaktiv
kartalar oʻzida koʻplab geoaxborot tizimi vositalari
uchun asosiy foydalanuvchi
interfeysini mujassamlashtiradi.
Bunday interfeyslar qoʻlda olib yuriladigan mobil qurilmalar,
veb-karta,
yuqori darajali geoaxborot tizimi dasturlarida mavjud boʻladi. Kartalar geografik
axborotni yetkazib berishdan tashqari bir qancha boshqa vazifalar,
jumladan
mukammallashgan ma’lumot toʻplash, kartografiya, tahlil, ma’lumot soʻrovi va
dala ma’lumotlarini toʻplash ishlarini ham oʻz ichiga oladi. Yuqoridagi fikrlarni
jamlab, «
geotasvirlash
» kartalarni vizual axborot qayta
ishlovi uchun tuzishda
qoʻllaniladi, deb ayta olamiz. Keyinchalik bu qayta ishlov savollar yoki gipoteza
uchun, bu esa, oʻz navbatida, geofazoviy tahlil uchun ham muhimdir.