Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/45
Sana25.06.2024
Hajmi4,14 Mb.
#265675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
 
 
 
Uch oʻlchamli koʻrinishda tasvirlash
. GAT kartalarini yaratishdan yana 
bir maqsad bu joyning haqiqiy modelini yaratishdir. Yer sathining barcha 
tafsilotlarini tahlil qilish uchun biz uch oʻlchamli modellardan foydalanamiz (5.9-
rasm). Uch oʻlchamli tasvir ikki oʻlchamli tasvirdan koʻra axborotni koʻproq va 
keng koʻlamda yetkazadi. Uch oʻlchamli tasvirlashning ahamiyati shundaki, biz 
u orqali axborotni koʻramiz. Uch oʻlchamli tasvir orqali inson miyasi koʻproq 
narsani eslab qoladi. Ma’lumotni uch oʻlchamli qilib tasvirlash GATda 
qoʻllanilgani bois hozirda uning ajralmas qismi boʻlib qoldi. Bunday tasvirlash 
usuli bizga geofazoviy tahlil jarayonida katta yordam berib, yer yuzasidagi relyef 
oʻzgarishlarini koʻrishimiz mumkin. 
Geoaxborot tizimi ma’lumotini yaratish va tasvirlash bir nechta 
bosqichlarni oʻz ichiga oladi. 
5.8-rasm.
Sxemaga misol 
(Manba:
Bxatta, 2008

 


Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
145 
5.9-rasm.
Berilgan oʻlchamlarni qoʻllash orqali hosil qilingan uch oʻlchamli 
tasvir
(Manba: Internet) 
Uch oʻlchamli GATni yaratish va ishlatish uchun zarur boʻladigan 
ma’lumot va axborot turkumiga ortogonal tasvirlar, DTM (
Digital Terrain 
Model
), uch oʻlchamli (
3 Dimensional
) xususiyatlar (vektor chiziqlar) va fazoviy 
xususiyatlar (balandlik axboroti bino uchun) bilan bogʻlangan fazoviy boʻlmagan 
atribut axborotlar kiradi. Turli xil qayta ishlash bosqichlaridan foydalanib, uch 
oʻlchamli ma’lumot avtomatik ravishda tasvirdan yigʻilishi yoki ajratib olinishi 
mumkin. Raqamli fotogrammetrik vositalar cheklanmagan tarzda va uch 
oʻlchamli ma’lumotni tartibli ravishda yigʻish uchun turli fotografiya va 
tasvirlarga yoʻl ochib beradi. 
5.10-rasm.
Maxsus dasturlar (
MATLAB
) yordamida hosil qilingan uch oʻlchamli 
tasvirlar (
Manba: Internet) 

Download 4,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari

Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish