• Grafoqurilma (grekcha γράφω — chizaman, yozaman) yoki plotter
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/45
    Sana25.06.2024
    Hajmi4,14 Mb.
    #265675
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
    5.5.
     
    Plotter va kartani nashrga chiqarish 
    Plotter soʻzi xalqaro miqyosda qoʻllaniladi. Plotter katta formatdagi 
    tasvirlarni bosmaga chiqarish uchun qoʻllaniladigan katta printerdir. Uning 
    boshqa katta printerlardan farqi shundaki, u asosan kartadagi tafsilotlarni 
    bosmaga chiqarish uchun maxsus moʻljallanadi (5.12-rasm).
    Grafoqurilma
    (grekcha γράφω — chizaman, yozaman) yoki 
    plotter
    – katta aniqlikda tasvirlarni
    qiyin chizmalarni, kartalarni va boshqa grafik axborotlarni qogʻozda yoki kalkada 
    (A0 oʻlchamgacha) avtomatik ravishda chizishga moʻljallangan grafik qurilmadir. 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    150 
    5.12-rasm.
    Zamonaviy plotter 
    (Manba: Internet)
    Grafoqurilma tasvirni chizish bloki yordamida tasvirlaydi. Qurilma 
    kompyuterga USB, parallel yoki SCSI interfeysi orqali bogʻlanadi. Birinchi 
    plotterlarning ishlash tamoyili qogʻozni roliklar yordamida siljitib, maxsus pero 
    yordamida 
    X
    va 
    Y
    koordinata boʻylab chizish va yana bir tamoyili esa hisoblash 
    mashinasi orqali boshqariladigan sharli pero yordamida chizish boʻlgan. Bunday 
    plotterlarning kamchiligi shundan iborat ediki, bosma uchun katta oʻlchamda joy 
    kerak boʻlar edi. Afzalligi – kartaga tushiriladigan obyektlar koordinatalarining 
    aniqligi osonlikcha tushirilar edi. Keyinchalik bu qurilma maxsus har xil 
    qalinlikdagi va rangdagi chiziqlarni chizishga moʻljallangan perolar toʻplamiga 
    ega kasseta bilan jihozlandi.
    Qulay plotterlarni Hewlett Packard va Tektronix 1970- yillarning oxirlariga 
    kelib ishlab chiqara boshladi. 1980- yillarning oxirida XP 7470 modelida har 
    tomonlama ixcham va qulay plotterlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunda 
    eng koʻp foydalaniladigan plotterlar turkumiga lazerli va xotiraga ega boʻlgan 
    plotterlar kiradi.
    Grafoqurilmaning turlari: 

    rulonli yoki planshetli; 

    peroli, boʻyoqli va elektrostatik; 

    vektor va rastr. 



    Download 4,14 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari

    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish