Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana25.06.2024
Hajmi4,14 Mb.
#265675
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
163 
chiziqlarning davomiyligini notoʻgʻri bajarib qoʻyishi ham mumkin. Chiziqning 
chiqib ketishi yoki bogʻlanmay qolishi, poligonlarning toʻliq boʻlmasligi yoki 
ortiqcha keraksiz poligonlarning hosil boʻlishi shular jumlasidandir.
Koʻpgina geoaxborot tizimlarida qoʻpol va koʻrinarli xatoliklarni bartaraf 
qiluvchi maxsus dasturlar mavjud. Bunday dasturlar yordamidagi ishlar 
raqamlashtirishdan soʻng darhol amalga oshirilishi kerak, chunki asl nusxa bilan 
solishtirish osonroq kechadi. Maxsus dasturda ishlayotganda insonning mantiqiy 
jihatdan fikrlashi va mutaxassis sifatida yondashuvi muhim rol oʻynaydi, chunki 
ba’zi buyruqlar kartadagi ayrim chiziqlarga toʻgʻri kelsa, ayrim chiziqlarning 
kerakli joylarini yoʻqotib yuborishi ham mumkin.
5.8.
 
Kartografik ma’lumotlarni generalizatsiyalash 
GATda turli xil geografik ma’lumotlar boʻlishi turli toifadagi 
foydalanuvchilar boʻlishiga olib keldi. Bu foydalanuvchilar foydalanish 
maqsadiga koʻra ma’lumotlarni turli xil koʻrinish, format va umumlashgan yoki 
yanada batafsilroq tarzda olishni istashadi. Generalizatsiya tushunchasi mana shu 
maqsadlarni amalga oshirish uchun paydo boʻlgan. Bu soʻzni oʻzbekchaga tarjima 
qiladigan boʻlsak, 
umumlashtirish
degan ma’no kelib chiqadi. Foydalanuvchilar 
maqsadlariga misol keltiradigan boʻlsak, masalan, sayyohlar odatda kartada 
tarixiy joylar, aniq manzillar, turli xizmat koʻrsatish joylari kabi belgilarni 
izlashadi. Ular uchun batafsil ma’lumot yoki yoʻlning aniq koʻrinishi, bino va 
inshootning aniq arxitekturasi mutlaqo qiziq emas. Shuning uchun GATda 
raqamli kartalar ustidan generalizatsiya operatsiyasi amalga oshiriladi va bunda 
talab qilinayotgan ma’lumot foydalanuvchi hamda uning talabi hisobga olinib 
bajariladi. Yanada soddaroq tushuntiradigan boʻlsak, masalan, biror-bir manzilga 
olib boruvchi yoʻl toʻgʻri boʻlmasdan, har xil burilishlar va egri chiziq 
koʻrinishida boʻlishi mumkin. Lekin haydovchilarni kartada bu yoʻlning batafsil 
shakli emas, balki qaysi yoʻl eng qisqaligi va yetkazib borish imkoniyati 
qiziqtiradi. Shunday paytlarda bunday egri chiziqlar toʻgʻri chiziqlar shakliga 
keltirilib soddalashtiriladi. Bu soddalashtirish foydalanuvchi uchun muhim 
ahamiyatga ega boʻlmaydi (5.19-rasm). Sizda: “Demak, raqamli kartada barcha 



Download 4,14 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish