Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
157
5.15-rasm.
А1 formatli kartalarni skanerlovchi qurilma
(
Manba:Longley, 2005)
Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (200 – 2400 dpi) boʻladi. Dpi
(ingl.
dot per inch
) bu 1 dyuym (2,54 sm) kvadratga toʻgʻri keladigan nuqtalar
soni. Masalan, 200 dpi da 1 mm ga 8 nuqta toʻgʻri kelsa, 2400 dpi da 96 nuqta
toʻgʻri keladi. Koʻpchilik GAT loyihalarida skanerlash 400 – 900 dpi (16 – 40
nuqta 1 mm da) orasida bajariladi. Skaner turi va talab qilingan sifat tiniqligiga
qarab kartani skanerlash jarayoni 30 sekunddan to 30
minutgacha davom etishi
mumkin.
Maxsus skanerlar turli oʻlchamdagi kartalarni skanerlashga moʻljallangan
va hozirda bu sohada A1 formatli kartalarni skanerlab, raqamli koʻrinishga
keltiruvchi maxsus skanerlar keng qoʻllanilmoqda (5.15-rasm). Skanerlar
planshetli (
flatbed scanner
), barabanli (
drum scanner
), gʻildirakli (
sheetfeed
scanner
) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (
handheld scanner
)
turlariga
boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan. Shu
bilan birga skanerlar aero - va kosmik apparatlarda oʻrnatilib, yerning ustki
qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.
Vektorlash
. Yordamchi manbalar yordamida vektor ma’lumot olishga
karta va boshqa geografik ma’lumotlar manbalaridan
vektor obyektlarni
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
158
raqamlashtirish kiradi. Qoʻl yordamida raqamlashtirish, ustidan chizib
raqamlashtirish va vektorlash hamda fotogrammetriya eng koʻp qoʻllaniladigan
usullar hisoblanadi.
5.16-rasm.
Qoʻl yordamida
raqamlashtirish xatoliklari
(Manba: Longley, 2005)
Qoʻl yordamida boshqariladigan raqamlovchi qurilmalar eng oddiy, arzon
va eng koʻp qoʻllanilib, ular vektor obyektlarni qogʻoz koʻrinishidan oladigan
vositalardir. Raqamlovchi qurilmalar turli xil koʻrinishda, kattalikda va shaklda
boʻladi. Ularning ishlash tamoyili qurilmada joylashgan
shayba yoki doira
koʻrinishidagi oynali kursor ichiga oʻrnatilgan chiziq yoki simlarning
kesishuvidan hosil boʻlgan markaziy nuqtani planshet ustida turgan kartadagi
chegara va chiziqlarning ustidan yurgizib chiqishga asoslangan.
Raqamlovchi qurilma planshet yoki doskasining aniqligi 0,01 mm dan 0,25
mm gacha boʻladi. Kichik raqamlovchi planshetlar 30x60 sm boʻlib,
kichik
masalalarni hal qilishga, kattaroqlari (112x152 sm) esa kattaroq vazifalarni
bajarishga moʻljallangan. Ikkala qurilmada ham
kursorning oynasi ichiga
oʻrnatilgan ikki kesishadigan simlar yoki chiziqlar hamda raqamlash jarayonida
boshqarish tugmalari mavjud.