|
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslariGeoaxborot tizimining ilmiy asoslari
159
Demak, qoʻl yordamida raqamlashtirish mavjud kartalardan vektor
ma’lumotlarni olishning hozirgacha eng oddiy, eng oson va eng arzon turidir
.
Vertikal aniqlovchi nuqtalar, chiziqlar va poligon obyektlarni qoʻl
yordamida yoki yoʻnalishli usullar yordamida raqamlashtirish mumkin. Qoʻl
yordamida raqamlashtirishda markaziy nuqta, ya’ni kursordagi ikki chiziqning
kesishgan nuqtasini har bir burilishda toʻxtatib, kursordagi kerakli nuqtani bosib,
burilishni qayd qilish ishi amalga oshiriladi.
Yoʻnalishli usulda jarayon qisman avtomatlashtiriladi, ya’ni raqamlovchi
qurilmaga burilishlarni berilgan masofa (0,5mm) yoki vaqt (0,25 sekund)
oraligʻida avtomatik qayd qilish buyrugʻi beriladi. Bu usul ishni tez bajaradigan
usul boʻlishiga qaramasdan, keraksiz koordinatali katta fayllarni hosil qiladi.
Bundan tashqari, qoʻl yordamida raqamlashtirishdan soʻng xatoliklar ham boʻlib
turadi va bu xatoliklar aniqlanib, bartaraf qilinishi zarur (5.17-rasm). Aks holda
poligon yopilmay qolsa, unda dastur poligonni avtomatik ravishda hisoblay
olmasligi mumkin. Shuning uchun mutaxassis tekshiruvi va albatta malakasi bu
ishda muhim sanaladi.
a
b
5.17-rasm.
Qoʻl yordamida raqamlashtiradigan planshet (
a
) va kursor (
b
)
(Manba: Longley, 2005)
Qoʻl yordamida raqamlashtirishning 5 ta bosqichi mavjud va ular quyidagilardir:
1.
Raqamlashtirish planshetiga oʻrnatilgan karta hujjati biror-bir yopishqoq
vosita yordamida mahkamlanib, markazlashtirilishi kerak (5.17,a-rasm).
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
160
2.
Raqamlovchi planshetda toʻgʻri burchakli koordinata sistemasi qoʻllanilgani
hamda karta va raqamlovchi qurilma haqiqiy koordinata sistemasida olinishi
uchun roʻyxatga olinishi kerak. Bu kartadagi eng yaxshi koʻringan 4–5 ta
nazorat nuqtalarini raqamlashtirish (referens nuqta ham deyiladi) va keyin
ularning haqiqiy qiymatlarini kiritish orqali amalga oshiriladi. Bundan soʻng
raqamlovchi qurilmadagi maxsus nazorat dasturi transformatsiya (bir
koordinata sistemasidan ikkinchi koordinata sistemasiga oʻzgartirish)ni
hisoblab, qolgan ma’lumotlarga avtomatik tarzda koordinatani beradi.
Qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, kartadagi tayanch nuqtalarning raqamlovchi
qurilmada hosil qilingan koordinata sistemasi yordamida ishlash kerak.
3.
Ma’lumot olish (vektor ma’lumot)dan oldin kartani diqqat bilan oʻrganib,
qaysi belgilar qaysi darajada generalizatsiya qilinishi va qonun-qoidalarini
koʻrib chiqish, ya’ni raqamlashtirish boshlanishidan oldin shu kartani
vektorlashga boʻlgan talab va qoidalarni oʻrganib chiqish zarur.
4.
Ma’lumot olish vektor obyektlar shaklini olish jarayonidir. Vektor chiziq
hosil qilish uchun oldin kursordagi 2 tugmasi bosiladi, 1 tugmasi esa
oraliqdagi uchraydigan burilishlarni hisobga oladi. Boshlangan chiziqni
tugatish uchun yana 2 tugmasi bosiladi (5.17,b-rasm).
5.
Barcha obyektlar raqamli koʻrinishga keltirilgandan soʻng xatoliklar bor yoki
yoʻqligini yana bir bor tekshirib olish kerak. Tekshirishning eng oson yoʻli bu
geometrik xatoliklarni aniqlovchi maxsus dasturdan foydalanish va hosil
qilingan natijani kartaning asl nusxasi ustiga yopib tekshirishdir.
Kartalarni skanerlashdan koʻzlangan maqsad bu vektorlash ishini
boshlashdir, ya’ni rastr turdagi ma’lumotlarni vektor formatdagi ma’lumotlarga
aylantirish jarayonidir. Rastr qatlamdan vektor ma’lumotlarni hosil qiishning eng
oddiy yoʻli bu vektor obyektlarni qoʻl yordamida kompyuter monitoridan
sichqoncha yoki maxsus kursorlar yordamida raqamlashtirishdir. Kartalar vertikal
ravishda turgani va hech qanaqa qayrilmasdan koʻringani uchun bu ustidan chizib
raqamlashtirish (
heads-up digitizing
) usuli deyiladi. Bu usul kartadagi tanlanib
|
| |