Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
172
1.
Geometrik o’lchovlar orqali – geografik belgilar orasidagi masofani
hisoblash,
buferlar hosil qilish, maydon va perimetrlarni o’lchash va
boshqalar.
2.
Moslashtirish orqali – poligon overley usullari orqali.
3.
Qoshni belgilash orqali – joylashtirish va yangi hududlashtirish.
Jadvalli ma’lumotlar hisoblanadigan sxemaga muvofiq bir vaqtda turli
ma’lumotlar bazasini integratsiyalash va tahlil etishga qodir (shu bilan birga
kompyuter dasturi),
shuningdek, turli kartalarni bir-biri bilan vizual izohlashda
xalaqit beradi. Karta yaratish kabi fazoviy modellashtirish ham murakkab va koʻp
vaqtni oladigan jarayondir, ya’ni boshida qoʻyilgan
aniq bir maqsadsiz harakat
qilib boʻlmaydi.
Modellashtirish soʻzi «model qilish» ma’nosini anglatadi. Qisqa Oksford
lugʻatida «model» soʻzi uchun 7 xil ma’no berilgan boʻlib, ularning ichidan
geografik axborot faniga mosi ikkita aloqador soʻzlardir.
Fazoviy soʻzi «fazo»ni ifodalaydi, shuningdek, turli ma’nolari ham bor. Bu
vaziyatda «fazoviy» atamasi «geografik fazo» atamasiga bogʻliq, ya’ni
elementlar, mavzular yoki koʻrinishni bildiradi va yer yuzasiga bogʻliq
holda
qabul qilinadi va topiladi. Fazoviy, shuningdek, real dunyo fazosi ma’nosini
ifodalaydi.
Odatda, fazoviy geografik tasvirlashda kartaning belgi va xarakteristikalari
mavjud. Kartada grafik simvollar va modellar mavzuli model boʻlgan geografik
koʻrinish va uning xarakteristikalarining maxsus sinflarini tasvirlaydi. Holat,
belgi, oriyentirlash va oʻlcham kabi simvollar yer yuzasining ikki oʻlchamli
geometrik modelini ta’minlaydi va geografik yoki topografik koʻrinishga bogʻliq
boʻladi, shuningdek, geometrik-matematik fazoni ifodalaydi.
Geometrik model
geometrik tuzilmani, ya’ni koordinatalar sistemasi ma’nosi orqali matematik
yuzada qabul qilingan koʻrinishni tushuntiradi.
Uning ikki oʻlchamli
geometrik tabiatiga qaramasdan, karta modeli,
shuningdek, «vertikal oʻlcham»ni uning yuzasiga kiritadi,
ammo geometriklarni
emas, balki faqatgina grafiklarni kiritadi. Sonlar, belgilar, chiziq modellari va