Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/45
Sana25.06.2024
Hajmi4,14 Mb.
#265675
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
176 
mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik 
joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisida, 
shuningdek, ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar haqida axborot taqdim etishlari 
shart. 
Davlat kadastrlariga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga 
taqdim etiladi. Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan 
foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. DKYT ga ma’lumotlar 
ArcGIS loyihasiga asoslangan elektron karta koʻrinishida 1:200 000 masshtabda 
taqdim etiladi. Bunda karta raqamli topografik asosga ega boʻlishi va atribut baza 
ma’lumotlari bogʻlangan boʻlishi talab etiladi. DKYT ni yuritish milliy geografik 
axborot tizimini yuritishda juda muhim boʻlib, davlat kadastrlari milliy geografik 
axborot tizimini ma’lumotlar bilan ta’minlash va uni yuritishda katta ahamiyatga 
ega. 
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi: 
1.
Davlat yer kadastri. 
2.
Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar davlat kadastri. 
3.
Davlat suv kadastri. 
4.
Davlat oʻrmon kadastri. 
5.
Oʻsimliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri. 
6.
Hayvonot dunyosi davlat kadastri. 
7.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri. 
8.
Binolar va inshootlar davlat kadastri. 
9.
Davlat shaharsozlik kadastri. 
10.
Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri. 
11.
Tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat kadastri. 
12.
Avtomobil yoʻllari davlat kadastri. 
13.
Temiryoʻllar davlat kadastri. 
14.
Transport quvurlari davlat kadastri. 
15.
Aloqa obyektlari davlat kadastri. 



Download 4,14 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish