• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/45
    Sana25.06.2024
    Hajmi4,14 Mb.
    #265675
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
    Koʻndalang kesmalar orqali
    .
     
    Bunda
     
    har bir koʻndalang kesma berilgan yoy 
    yoki toʻgʻri chiziq boʻylab perpendikular ravishda bir xil masofada joylashtirib 
    chiqiladi. Agar berilgan yuza toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlsa, unda grid 
    nuqtalar yordamida interpolatsiya usuli orqali balandliklar topiladi. Agar 
    berilgan yuza yoy chiziqlardan iborat boʻlsa, u holda TNT orqali balandliklar 
    topiladi (5.21-rasm).
    DTM orqali faqatgina joyning relyefini tushunish kerak emas. Boshqacha 
    aytadigan boʻlsak, buni yer sathining raqamli ifodalanishi deb ham atashimiz 
    mumkin. Bu model orqali joyning relyefidan tashqari qiyaliklari, burchaklari
    gorizontal chiziqlari, uzilgan chiziqlar, davomiy chiziqlar, choʻqqilari va boshqa 
    oʻziga xos nuqtalari ham ifodalangan boʻladi. DTMning toʻliq ifodalanishi uchun 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    170 
    unda tuzilmaviy axborot, davomiy vazifalar, axborot sifati, noaniq vazifalar tahlili 
    kabi komponentlar mavjud boʻlishi lozim.
    5.21-rasm.
    Raqamli modellarning hosil boʻlishi 
    (Manba: Internet)


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    171 
    Tuzilmaviy axborot modelga koʻmak sifatida tushunilishi mumkin. Bunday 
    axborot relyefni koordinata sistemasida nuqtalar, chiziqlar yoki maydonlar orqali 
    yaqqol tasvirlab beradi. Ma’lumot elementlari grid yoki TIN koʻrinishida 
    tasvirlanadi. Tuzilmaviy axborot aniq yoki noaniq boʻlishi mumkin. Bunday 
    axborot toʻgʻri topologik, morfologik, gidrologik axborotlarni oʻzida 
    mujassamlashtiradi. 
    Davomiy vazifalar joyning modellangan yuzasini taxminiy keltirish uchun 
    qoʻllaniladi. Bundan tashqari, tuzilmaviy axborot elementlarini interpolatsiyalash 
    kabi vazifalarni ham kiritish mumkin.
    Axborot sifati deganda haqiqiy yer sathining tuzilishini mavzuli jihatdan 
    qay darajada qabul qilishni tushunish zarur.
    Noaniq vazifalar tahlili uslullari yuqoridagi tuzilmaviy axborot 
    ma’lumotlariga qisman, geoaxborot tizimidagi tahlil jarayoniga esa koʻproq 
    bogʻliqdir.
    Shunday qilib, DEM va DTM oʻrtasidagi farqqa toʻxtaladigan boʻlsak, 
    DEM oʻzida joyning sathi deb qabul qilinmaydigan relyef ma’lumotlarini 
    saqlaydi. Koʻpchilik hollarda DEM geoaxborot tizimida rastr ma’lumotlarni 
    fazoviy tahlil qilishga qaratilgan relyef atributlariga ega boʻlgan grid
     
    ma’lumot 
    sifatida ham qaraladi. DTM tushunchasi DEMga nisbatan koʻproq umumiy 
    ma’lumotlarni, jumladan joyning yuqorida keltirilgan oʻziga xos nuqtalaridan 
    tashqari togʻ tizmalarining chiziqlari, eng yuqori choʻqqi nuqtalari va boshqa 
    ma’lumotlarni mujassamlashtiradi.

    Download 4,14 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari

    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish