|
I karimov nomidagi toshkent davlat texnika unversiteti yakuniy savollarga javoblari
|
bet | 1/2 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 177,02 Kb. | | #125891 |
Bog'liq Geografiya savolga javoblar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
I.KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNVERSITETI
YAKUNIY SAVOLLARGA JAVOBLARI
Bajardi: 5 SB -22 guruh talabasi Kenjayeva Sabina Ulug'bek qizi
Fan:_________________________________
1-Savol: Orentlash burchaklarini tariflang misollar keltiring?
Orientirlash burchaklari: To‘g‘ri va teskari azimutlar
Rumb va azimut. Raqamlar bilan chiziq yo‘nalishlari va oralig‘ida bog‘lanish burchaklari
Azimutlar rumblar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir – biriga o‘tishda tenglamalardan foydalaniladi. Yer yuzasidagi nuqtada geografik meridian bilan magnit millari yo‘nalishlari orasidagi gorizontal burchak δ – magnit og‘ish burchagi deyiladi. Agar magnit burchagi sharqiy bo‘lsa, ishorasi musbat va g‘arbiyda manfiy bo‘ladi. Yer yuzasining turli yerlarida uning miqdori turli qiymatga ega.
Orientirlash burchaklari: To‘g‘ri va teskari azimutlar
Meridianlar yaqinlashish burchagi γ – nuqtadan o‘tgan meridian va chiziqlar orasidagi, absissa yoki o‘q meridianiga parallel bo‘lgan burchakka aytiladi.
Ekvatorda meridianlar yaqinlashish burchagi 0 ga teng bo‘lib, qutblarga qarab oshib boradi
Geodezik hisoblash ishlarida orienterlash burchaklarini o‘zaro bog‘lanishlarini bilish talab etiladi. Bu bog‘lanishlar meridianlarning bir biriga nisbatan joylanishi va magnit og‘ish miqdori hamda meridianlar yaqinlashuviga bog‘liq va tenglamalari quyidagi ko‘rinishga ega:
A=α–γ; α=Am+δ+γ; Am=A–δ; α=A+
Topografik xarita xaqida umumiy ma’lumotlar;
Predmetning aniq shakli va o‘lchamlarini to‘liq ifodalaydigan va mazkur shakl xamda o‘lchamlarni nazorat qila oladigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi.
Joyni tasvirini kichraytirib ko‘rsatilgan chizmasiga xarita yoki plan deb yuritiladi. Yer yuzasini qisqartirib, umumlashtirilib kartografik proeksiyalarida tuzilgan, re’lef va tafsilotlar ko‘rsatilgan tasvirini xarita deb yuritiladi. Yer yuzasini kichik xududlari kichraytirib gorizontal proeksiyalari faqat tafsilotlar bilan tasvirlangan, relefi tasvirlanmagan chizma plan deb ataladi.
Topografik xarita – bu joyning yuqori axamiyatda to‘liq ko‘lsatilgan chizmasi ya’ni xaritasidir. Yuqori axamiyatda deganda joydagi barcha tafsilotlar: avtomobil va temir yo‘llar, daryolar, o‘simlik olami, xayvonot olami, axolini joylashuvi, chegaralar, davlat boshqaruvidagi va boshqa bino inshootlar, joyning relefi va xokozolar ko‘rsatilgan xaritadir.
Topografik xarita va plan masshtablari;
Amaliyotda ba’zi predmetlarni chizmada xaqiqiy kattaligida chizib bo‘lmaydi. Chizma qog‘oziga sig‘dirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni esa kattalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun chizma masshtabidan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik (kattalik) o‘lchamlari bilan predmetning mos uzunlik o‘lchamlari orasidagi nisbat chizma masshtabi deb ataladi. Topografik xarita va planlar masshtablari joyidagi chiziq uzunligining gorizontal proeksiyasini xarita va planlarda qisqartirib tasvirlash darajasini ko‘rsatuvchi miqdor masshtab deb ataladi.
Xarita va planlarning masshtablari sonli yoki chizma ko‘rinishida ko‘rsatiladi. Sonli masshtab – maxraj surat shaklida yozilib, suratda bir raqami ko‘rsatiladi.
1 smda -1000 metr yoki 1 km; 1 smda – 500 metr yoki 0,5 km; 1 smda – 250 metr; Chizma shaklidagi masshtablar chiziqli va ko‘ndalang masshtablarga ajratiladi. Sonli va chiziqli masshtablar xarita varag‘ini janubiy ramka tagida beriladi. Ko‘ndalang masshtab – nomogramma shaklidagi chizma masshtab turi bo‘lib, bo‘laklari paralel chiziqlarning proporsionalligiga asoslangan. Ko‘ndalang masshtabdan foydalanishdan avval berilgan xaritadagi sonli masshtabga ko‘ra, joyidagi uzunlikka mos ravishda asoslar raqamlanadi.
Yer yuzasida bajarilayotgan barcha geodezik o‘lchashlardan asosiy maqsad nuqtalarning o‘zaro holatini aniqlash. Joyda o‘rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan planli koordinatasi yoki absolut balandligi aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti (GTP) deyiladi. Bunday nuqtalar yig‘indisi geodezik tayanch to‘rini tashkil etadi. Planli koordinatasi malum bo‘lgan tayanch punktga planli tayanch punkti (PTP), absolut balandligi malum bo‘lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti (BTP) deyiladi, shunga qarab geodezik tayanch to‘rlari planli va balandlik tayanch to‘rlariga bo‘linadi. Geodezik tayanch to‘rlarini (GTT) barpo etish “umumiylikdan xususiylikka” qarab barpo etiladi. Siyrak joylashgan tayanch nuqtalar yuqori aniqlikda o‘lchanib, bazaviy to‘r hosil qilinib, so‘ngra shu to‘r asosida aniqlik jihatidan bazaviy to‘rdan kichik bo‘lgan to‘rlar hosil qilinadi. Shuni takidlash joizki aniqligi teng yoki undan past bo‘lgan tayanch punktlariga tayanib unga teng yoki undan yuqori aniqlikdagi to‘r hosil qilinmaydi. Tayanch punktlarining zichligi talab etilayotgan geodezik ishlarga bog‘liq. Davlat geodezik to‘ri (DGT) X, Y, N koordinatalari ma’lum bo‘lgan punktlar majmuasidan iborat bo‘lib, punktlar mamlakat hududida bir tekislikda joylashgan bo‘lishi zarur. DGT topografik geodezik ishlarni bajarishda bazaviy to‘r hisoblanadi. Planli davlat geodezik to‘ri astronomik yoki geodezik o‘lchash yordamida barpo etilishi mumkin. Astronomik usulda har bir punkt koordinatasi astronomik kuzatishlardan foydalanib, bir-biri bilan bog‘lanmagan holda alohida-alohida aniqlanadi. Geodezik usulda bir nechta boshlang‘ich tayanch punktlarning koordinatalari astronomik kuzatishlar orqali aniqlanadi, qolgan punktlarning koordinatalari joyda bajarilgan geodezik o‘lchashlar asosida hisoblab chiqariladi. Balandlik geodezik to‘r geometrik nivelirlash usulida barpo etiladi.
Planli davlat geodezik to‘rlari (PDGT) triangulyatsiya, trilateratsiya, poligonometriya va ularning kombinatsiyalari usulida barpo etiladi. Triangulyatsiya uchburchaklar qatori yoki to‘ri shaklida barpo etiladi. Uchburchaklarning barcha burchaklari va uchburchak qatorining boshi va oxiridagi tomon uzunliklari aniqlanadi. Bu tomonlar uzunligi ikki xil usulda aniqlanishi mumkin: bazis to‘ridan yoki bevosita o‘lchash bilan. Bazis to‘ri Aa Bb rumb shaklida bo‘lib uning qisqa dioganali ab bazisi va barcha burchaklari o‘lchanadi. O‘lchash natijalaridan foydalanib AV dioganali hisoblab topiladi, bu tomonga
triangulyatsiyaning chiqish tomoni deyiladi. Chiqish tomonidan va o‘lchangan burchaklardan foydalanib (sinuslar teoremasini qo‘llab) qolgan tomonlarning uzunliklari hisoblab topiladi. Astronomik kuzatishlar orqali A punktning geografik koordinatalari AV tomonning azimuti aniqlangan bo‘lsa, qolgan punktlarning koordinatalarini hisoblab topish mumkin
Xulosa
Xulosa qilib aytkanda Meridianlar yaqinlashish burchagi – nuqtadan o‘tgan meridian va chiziqlar orasidagi, absissa yoki o‘q meridianiga parallel bo‘lgan burchakka aytiladi. Amaliyotda ba’zi predmetlarni chizmada xaqiqiy kattaligida chizib bo‘lmaydi. Chizma qog‘oziga sig‘dirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni esa kattalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun chizma masshtabidan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik (kattalik) o‘lchamlari bilan predmetning mos uzunlik o‘lchamlari orasidagi nisbat chizma masshtabi deb ataladi. Topografik xarita va planlar masshtablari joyidagi chiziq uzunligining gorizontal proeksiyasini xarita va planlarda qisqartirib tasvirlash darajasini ko‘rsatuvchi miqdor masshtab deb ataladi.
|
| |