|
Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari5.9.
Geofazoviy ma’lumotlarni tasvirlash usullari va vositalari
GATda yaratiladigan modellar turlicha boʻladi. Model tushunchasi GATda
tizim, obyekt tushunchalaridan keyin eng koʻp qoʻllaniladigan tushunchalardan
biridir. Model soʻzi koʻplab sohalarda qoʻllanilgani uchun GATdagi bu
tushunchaning vazifasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz.
GATda asosan ma’lumotlar bilan ishlangani uchun ma’lumotlar modeli
tushunchasi koʻp qoʻllaniladi. Ma’lumot modeli mavhum yoʻl orqali
ma’lumotlarning axborot yoki ma’lumotlar bazasi tizimida tasvirlanishini
bildiradi.
GATda fazoviy tahlil jarayoni ma’lumotlarning fazoviy bogʻliqligini
aniqlash va uni tuzishdan iboratdir. Geoaxborot dasturlaridan biri sanalgan
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
166
ArcView dasturida bunday jarayon qoʻshimcha Spatial Analyst degan dastur
yordamida amalga oshiriladi. Fazoviy tahlil jarayoni, oʻz navbatida, oddiy va
murakkab turlarga boʻlinadi. Oddiy turda ma’lumotlarning fazoviy bogʻliqligi
ma’lumotlarni oddiy usulda koʻrish yoki ma’lumotlar bazasidan talab qilib olish
bilan chegaralansa, murakkab usulda qoʻshimcha dasturlar ishlab chiqiladi.
Fazoviy tahlilning (
Spatial Analyst
) muhim qismlaridan biri bu
Grid
mavzusidir. Grid asosan mavzuning rastr koʻrinishidir. Bundan tashqari,
Spatial
Analyst
jarayoni orqali berilgan
grid va asosiy mavzular asosida joyning
umumlashgan modeli yaratiladi. Agar
ArcView dasturi doirasida oʻrganadigan
boʻlsak, bu dastur orqali fazoviy tahlil jarayonida quyidagi operatsiyalar amalga
oshiriladi:
masofani topish;
oʻxshashlikni aniqlash;
zichlikni aniqlash;
kvadratlarning statistik ma’lumotini aniqlash;
zonalarni umumlashtirish;
zonalarning gistogrammasini yaratish;
maydonlarni joylashtirish;
kartalarni olish;
kartalardagi maydonlarni hisoblash;
qoʻshni poligonlarni hisoblash;
qayta tasniflash.
|
| |