Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
168
katakchalar orqali joyning modeli hosil qilinadi. Kvadrat katakchalar qanchalik
kichik oʻlchamda boʻlsa, yaratilayotgan modelning past-balandliklari shunchalik
aniq hosil boʻladi. Bu boshqacha nom bilan joyning
relyef modeli deb ham
ataladi. Joyning relyef balandligidan tashqari, GATda yuza sathlari, meteorologik
kuzatuvlar natijasi, aholi zichligi va boshqa koʻrsatkichlar
ham modellanishi
mumkin.
Joyning modelini yaratishda uch oʻlchamli koordinata sistemasidan
foydalaniladi. Ushbu qoʻllanmaning boshlangʻich boblarida DEM (
Digital
Elevation Model
) yoki relyefning raqamli modeli degan tushunchaga duch keldik.
Bu ba’zi joylarda DTM yoki yuzaning raqamli modeli (
Digital Terrain Model
)
deb ham yuritiladi. DTM bu joy past-balandliklari (relyef, qiyalik, burchaklar,
kanallar va boshqa past-balandliklar) xususiyatlarining
raqamli namoyandasi
hisoblanadi. Ushbu modelni yaratishda toʻrt xil nuqtali tizimlardan foydalaniladi
(5.21-rasm). Grid yoki kvadrat toʻrlar orqali, tasodifiy yoki oʻzgaruvchan nuqtalar
orqali, kontur chiziqlar va koʻndalang kesmalar orqali yaratish bunga misol boʻla
oladi.
1.