• Generalizatsiya
  • Fazoviy ma’lumotlar generalizatsiyasi
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/45
    Sana25.06.2024
    Hajmi4,14 Mb.
    #265675
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    164 
    chiziqli, nuqtali va maydonli shakllarni shu yoʻl bilan soddalashtirish kerak ekan-
    da”, degan haqli savol paydo boʻlishi mumkin. Bu faraz toʻgʻri emas, agar yoʻl 
    qurilishi tashkilotlari uchun oʻsha joyning kartasi kerak boʻlsa (masalan, yangi 
    yoʻlni loyihalash maqsadlari uchun), u holda yoʻlning batafsil, ya’ni barcha 
    tafsilotlari kiritilgan boʻlishi lozim. Demak, yuqoridagilardan shuni xulosa 
    qilishimiz kerakki, generalizatsiya operatsiyasi barcha GAT jarayonlarida ham 
    qoʻllanilmaydi, balki foydalanuvchi talabiga mos holda bajariladi.
    5.19-rasm.
    Generalizatsiyalangan tasvir 
    (Manba: Internet)
    Generalizatsiya 
    (
    generalization
    ) bu kichik masshtabdagi geotasvirlarning 
    oʻrganilganligi va kattaroq masshtabga oʻtkazib umumlashtirish operatsiyasidir. 
    Kartografik generalizatsiya
    (c
    artographic generalization
    ) – bu kartograf 
    tomonidan me’yorlar va qoidalar asosida kartadagi obyektlarni umumlashtirish 
    yoki tanlash va shu bilan birga kartadagi mayda obyektlarni kattalashtirib 
    koʻrsatgan holda tasvirlanayotgan obyektlarni son va sifat jihatdan 
    umumlashtirish jarayonidir. Generalizatsiya jarayoni interaktiv, avtomatik yoki 
    mexanik jihatdan amalga oshirilishi mumkin. Interaktiv va avtomatik jarayonda 
    umumlashtirish jarayoni dastur xotirasiga kiritilgan maxsus algoritmlar asosida 
    amalga oshiriladi.
    Fazoviy ma’lumotlar generalizatsiyasi
    (
    spatial data generalization
    ) – bu 
    GATdagi fazoviy obyektlar toʻgʻrisidagi pozitsion yoki atribut ma’lumotlarni 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    165 
    interaktiv va avtomatik rejimda generalizatsiya operatorlarini qoʻllagan holda 
    umumlashtiradi.
    Yuqorida ta’kidlangan qonun-qoidalar bir necha turda boʻlishi mumkin va 
    ulardan 
    eng 
    koʻp 
    qoʻllaniladiganlari 
    quyidagilardir: 
    soddalashtirish 
    (
    simplification
    ), tekislash (s
    moothing
    ), chiziqlarni ingichkalashtirish (
    line 
    thinning
    ), agregatsiyalash (
    aggregation
    ), poligonli obyektlarni birlashtirish 
    (
    amalgation
    ), chiziqli obyektlarni birlashtirish (
    merging
    ), buzilish 
    (collapse),
    tozalash 
    (refinement),
    shakl yoki oʻlchamni kattalashtirsh (
    exaggeration
    ), 
    mukammallashtirish (
    enhancement
    ), qoʻshib olish (
    displacement
    ).
    Yuqoridagi qonun-qoidalar asosida umumlashtirish ishini olib borishda 
    interaktiv yoki avtomatik jarayondagi generalizatsiya ishlari talab etiladi. Chunki 
    amaliyotda umumlashtirish ishlarini amalga oshirish qiyin. Avtomatik rejimda 
    obyektlarning tasnifi, me’yoriy tanlovi, chiziqli, konturli, maydonli obyektlarning 
    umumlashtirilishi amalga oshiriladi. Interaktiv rejimda qoʻshimcha ma’lumotlarni 
    hamda avtomatik rejimda bajarilgan ishlarni toʻliq yetkazib berish va nazorat 
    qilish ishlari bajariladi. Interaktiv rejim bu yarim avtomatlashgan rejim 
    hisoblanadi. Hozirgi kunda kartografik tasvirlarni umumlashtirish ishlarining 
    kartografik ekspert tizimlari orqali amalga oshirilishi keng ravishda 
    qoʻllanilmoqda. 

    Download 4,14 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish