• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 140 Qayta tasniflash
  • Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/45
    Sana25.06.2024
    Hajmi4,14 Mb.
    #265675
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    5.2.
     
    Tasniflash 
    Ma’lumot va karta xususiyatlar (belgilar)ni tasniflash va tasnif raqamlarini 
    berish orqali toʻplanadi. Mavzuli kartalar koʻpincha karta xususiyatlarini 
    tasniflash orqali hosil qilinadi (5.1 va 5.2-rasmlar). Masalan, biz shahar ichidagi 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    139 
    barcha koʻchalarni kengligiga qarab tasniflashimiz va mavzuli karta hosil 
    qilishimiz mumkin. Bunda turli tasniflar turli ranglar, tuslar, matnlar orqali 
    tasvirlanadi. Tasniflash quyidagicha bajarilishi mumkin: 
    Generalizatsiya
    (umumlashtirish) – karta xususiyatlari (belgilari)ni maxsus 
    tasniflarga koʻra tasvirlashdir. Generalizatsiya natijasida tafsilotlar masshtabi 
    kamayadi, chunki bunda mayda tafsilotlar umumlashtirishga qaratiladi. 
    Darajalash (ranking)
    – 
    karta xususiyatlarini atribut yoki jadval ma’lumotlarini 
    baholash 
    orqali 
    tasvirlash. 
    Belgilash
    – 
    belgilangan 
    xususiyatlarni 
    yorqinlashtirishdir.
    5.1-rasm.
    Yoʻl kengligi asosida tasniflash (
    Manba: Bxatta, 2008) 
    Ushbu rasmda yuqorida ta’kidlab oʻtilgan uch tasniflash usuliga misollar 
    keltirilgan. 
     
    5.2-rasm.
    Bir ma’lumotga qoʻllanilgan turli xil tasniflash 
    (Manba: Bxatta, 2008)


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    140 
    Qayta tasniflash – 
    bu tasniflangan mavzuli kartalarni qayta tasniflash 
    deganidir. Bu usul atribut yoki boshqa turdagi ma’lumot kiritilganda va 
    foydalanuvchining soʻrovi koʻpayganda qoʻllaniladi (5.3-rasm). Qayta tasniflash 
    ham yuqoridagi tasniflash kabi 3 usul orqali amalga oshiriladi va ular ham 
    generalizatsiya, darajalash va qayta belgilash
    lardan iborat
    .
    Bu 3 usul oldingi 
    usullarni yana bir marta bajarishga qaratilgan. 
    5.3-rasm.
    Tuman kartasini qayta tasniflash orqali viloyat kartasini hosil qilish 
    (Manba: Bxatta, 2008

    Tasniflash va qayta tasniflash orasidagi farq shundan iboratki, tasniflashda 
    kartadagi xususiyatlar ularning tasnifiga qarab tasvirlansa, qayta tasniflashda esa 
    yangi ma’lumot qatlami karta xususiyatlari tasnifiga asoslangan holda yaratiladi. 
    Bunda yangi qatlamda bir xil sinfdagi maydonlar chegaralari birlashtiriladi (5.4-
    rasm). Bizga berilgan asl kartaning tasniflash va qayta tasniflashdan keyingi 
    koʻrinishiga nazar soladigan boʻlsak, u holda asl kartaning umumiylashib 
    borishini kuzatishimiz mumkin bo’ladi (5.5- rasm).


    Download 4,14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geotasvirlash qoidalari va raqamli karta ishlab chiqarish asoslari

    Download 4,14 Mb.
    Pdf ko'rish