Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
141
Kartalar inson tarafidan vizual yoki kompyuter tomonidan raqamli tarzda
koʻrinishi mumkin. Inson tarafidan vizual taqqoslaganda
inson intuitsiyasiga
tayangan holda turli farq yoki oʻxshashliklarni topishi mumkin.
5.4-rasm.
Qayta tasniflashga misollar
(Manba: Bxatta, 2008
)
5.5-rasm.
Asl kartaning tasniflash va qayta tasniflashdan keyingi koʻrinishi
(Маnbа: Bxatta, 2008
)
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
142
Lekin farqni ajrata olish turli insonlarda turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun
ham bu usul orqali aniq oʻxshashlik yoki farqni topish qiyin.
Dastur orqali matematik tarzda kartani taqqoslash ba’zi oʻxshashlik
mezonlarini baholay olishi, lekin qolgan oʻxshashliklarni
aniqlay olmasligi ham
mumkin. Umuman olganda, dastur orqali taqqoslash oʻzi
mustaqil ish olib
bormay, balki berilgan mezonlar orqali ish bajaradi. Inson tarafidan kuzatish
orqali adashish mumkin (5.6-rasm), lekin dasturga mos mezonlar kiritilib qoʻyilsa
va ma’lum bir usul yaratilsa, u holda dastur kartani avtomatik tarzda taqqoslaydi
va bu usul eng ma’quli hisoblanadi.
5.6-rasm.
Yonma-yon qoʻyilgan ayni bir joining ikki xil kartasini vizual qiyoslash
(Manba: Bxatta, 2008)
Geoaxborot tizimida atribut ma’lumotni tasvirlash va statistik tahlil uchun
keng qoʻllaniladigan usullardan biri bu grafik orqali tasvirlashdir. Koʻpincha
statistik
grafiklar turli xil grafiklar, jumladan qator, ustun, boʻlaklar,
chiziqlar
orqali tasvirlanishi mumkin boʻlgan sinf va miqdorga bogʻliq boʻladi (5.7-rasm).
Agar ma’lumot oʻzida hozirgi prognoz qilingan qiymatlarni saqlasa,
radar
axborotni tasvirlash uchun grafik va diagrammalar qoʻllaniladi.